16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:50
Qishloq xoʻjaligi 👁 360

GʻOʻZANI BIRINChI OZIQLANTIRISh, KULTIVATsIYa IShLARI DAVOM ETMOQDA

GʻOʻZANI BIRINChI OZIQLANTIRISh, KULTIVATsIYa IShLARI DAVOM ETMOQDA

Gʻoʻza nihollari unib chiqqanidan keyin birinchi kultivatsiya ishlari boshlanadi. Kultivatsiya tuproqdagi namlikni kamaytirib, unib chiqmagan nihollar tezlik bilan unib chiqishini, tuproq orasida havo yaxshi aylanishini, oʻsimlik ildizi yaxshi rivojlanishini taʼminlaydi. Buning natijasida nihollar oʻsishi jadallashadi.

Shu bilan birga gʻoʻzani oʻsish davrida oʻgʻitlash, ozuqa moddalar bilan yetarli darajada taʼminlash,  mineral oʻgʻitni nihollar yaxshi oʻzlashtirilishi uchun oziq moddalar ildiz oʻsish qatlamiga yaqin solinishi zarur. Bunda kultivatsiya jarayoniga alohida eʼtibor qaratish muhim ahamiyatga ega. Yerga oʻz muddatida baraka urugʻini qadagan tumanimizdagi barcha fermer xoʻjaliklari ayni kunlarda chigit unib chiqqan maydonlarda gʻoʻzani birinchi oziqlantirish, gʻoʻza qator oralarini kultivatsiya qilish ishlarini boshlab yubordilar.

Tumandagi Yoʻldosh Oʻrozboyev nomli muqobil mashina traktor parki xizmat koʻrsatuvchi fermer xoʻjaliklari paxta maydonlarida ham koʻchatlar tekis unib chiqishiga erishildi. Ayni paytda kultivatsiya ishlari qizgʻin olib borilmoqda. Xoʻjalik ishchilari mavjud va yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, ish unumini oshirishmoqda.

Shu oʻrinda aytish kerakki, tumanda 2020-yil hosili uchun 362 ta fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 15 ming 250 gektar maydondan 34 ming 900 tonna paxta xom-ashyosi yetishtirib berish boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Amudaryoteks” xorijiy korxonasi klasteri oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzildi. Bu yilgi hosil uchun chigit ekiladigan maydonlarning 3 ming 350 gektariga paxtaning “S-47-27” navi, 8 ming 985 gektariga “Sulton” navi, 2 ming 915 gektariga yangi navdagi urugʻlik chigit ekildi.

Mazkur maydonlarning 9 ming 650 gektarida qator orasi 60 santimetr boʻlgan sxemada, 5 ming 600 gektarida esa qoʻshqator usulida ekildi. Chigit ekish ishlarini optimal muddatlarda amalga oshirish maqsadida tumanda 65 ta otryad tashkil etildi. Ushbu otryadlarga tajribali mutaxassislardan boshchilar tayinlanib, zarur texnika va mexanizmlar biriktirildi.

Unib chiqqan gʻoʻza maydonlarida agrotexnik tadbirlarni sifatli oʻtkazish maqsadida 90 ta otryad tashkil etilib, tumandagi mavjud 365 ta kultivatorlar jalb qilindi. Birinchi kultivatsiya bilan birga har bir gektar maydonga 150 kilogramm ammiyakli selitra mineral oʻgʻiti sarflanib, oziqlantirila boshlandi. Mexanizatorlarning uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida dala boshlarida 16 ta koʻchma mexanizatorlar uylari tashkil etilib, barcha shart-sharoitlar yaratildi. Mavsum davomida kultivatorlarning faqat “otryad” va “naryad” usulida ishlashi taʼminlanadi va shu bilan birga har bitta otryadga yonilgʻi moylash mahsulotlarini yetkazib beruvchi texnikalar, koʻchma ustaxonalar tashkil qilindi.

Dalalardagi kultivatsiya jarayonida har bir kultivatorga oʻrtacha 42 gektardan yer maydoni toʻgʻri kelayotganligi sababli mazkur tadbirlarni 10-12 kunda sifatli yakunlash reja qilingan.  Mazkur yilgi hosil uchun gʻoʻza maydonlarida oʻtkaziladigan agrotexnik tadbirlardan biri boʻlgan birinchi kultivatsiyani sifatli qilib oʻtkazish maqsadida fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalari, otryadlarga 365 nafar mexanizatorlar, 18 nafar fermerlarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari xodimlari, 18 nafar “Agrokimyohimoya” aktsiyadorlik jamiyati xodimlari, 18 nafar tijorat banklari xodimlari jalb etildi.

Fermerlarimiz mana shu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, hosilga hosil qoʻshish harakatida mehnat qilishmoqda. Zero, agrotexnik tadbirlar samaradorligini oshirish, gʻoʻza qator oralariga keraklicha ishlov berish kabi muhim vazifalar oʻz vaqtida amalga oshirilsa, moʻl hosil toʻplanib, baland xirmon yaratiladi. Buning natijasida davlatimizning iqtisodiy qudrati yanada yuksaladi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019