16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:35
Iqtisodiyot 👁 465

TADBIRKORLIK SUBʼEKTLARINI IXTIYoRIY TUGATISh TARTIBI SODDALAShTIRILDI

TADBIRKORLIK SUBʼEKTLARINI IXTIYoRIY TUGATISh TARTIBI SODDALAShTIRILDI

Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subʼektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, oʻzi tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.

Tadbirkorlik faoliyati subʼektlari (tadbirkorlik subʼektlari) belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan shaxslar tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazib ish faoliyatini boshlaganidan keyin oʻz ixtiyori bilan tadbirkorlik faoliyatini tugatishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyatini yuritish qonun xujjatlari bilan  tartibga solingan boʻlib, tadbirkorlik subektlari faoliyatini tugatish tartibi ham qonun xujjatlari bilan tartibga solingan.

Bu kabi tadbirlarni yanada soddalashtirish, tadbirkorlik subektlari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyun kungi PF-5739-soni “Tadbirkorlik subektlarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilingan.

Tadbirkorlik subʼektlarini tugatish tartibini soddalashtirish, tugatish jarayonini amalga oshirishda tadbirkorlik subʼektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha maʼmuriy cheklovlarni bekor qilish, biznesni yuritish boʻyicha xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yanada yaxshilash maqsadida 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab quyidagilar bekor qilindi:

moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish boʻyicha doimiy ishlovchi maxsus hududiy komissiyalarni tugatish;

davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida ustav fondi taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmaganligi uchun tadbirkorlik subʼektlarini tugatish tartibini bekor qilish;

davlat organlari oʻrtasida elektron axborot almashinuvini joriy etish orqali tadbirkorlik subʼektlarini tugatish jarayonidagi ortiqcha hujjatlar va tartib-taomillarni qisqartiriladi.

2020-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq

Tadbirkorlik subʼektlari — yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda:

bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlonlar berish talab etilmaydi, bunda tegishli maʼlumotlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy saytiga joylashtiriladi;

davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud boʻlmagan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati tekshirilmaydi;

davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻtkaziladigan, tugatiladigan korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishning eng uzoq davriyligi 3-yilni tashkil etadi;

Moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun vakolatli davlat organlaridan korxona toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlarni olish Tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi;

korxonani ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak.

Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatishda:

korxonani moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb hisoblash uchun asos boʻladigan muddat toʻqqiz oyni tashkil etadi;

moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar davlat soliq xizmati organining taqdimnomasiga asosan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan 3-yil muddatga harakatsiz rejimga oʻtkaziladi;

harakatsiz rejimga oʻtkazilgan korxonalar faoliyati 3-yil davomida tiklanmagan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ularni Tadbirkorlik subʼektlarining Yagona davlat reyestridan chiqaradi.

Tadbirkorlik subʼektlarini ixtiyoriy tugatish jarayoni tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ va vakolatli tashkilotlarning aloqa kanallari orqali elektron axborot almashuvini taʼminlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Tizimga ulangan davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan tegishli axborotlarning oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli tarzda kiritilishini taʼminlamaslik davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibini buzish deb hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Tizimga ulangan davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan tegishli axborotlar oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli tarzda kiritilishi ustidan, shu jumladan Tizim orqali doimiy nazorat oʻrnatadi.

Mansur Sadikov, tuman Davlat xizmatlari markazi direktori

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019