16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:57
Jamiyat 👁 3,493

XONADONLARNI OʻRGANISh DAFTARI: u qanday yuritiladi?

XONADONLARNI OʻRGANISh DAFTARI: u qanday yuritiladi?

Maʼlumki, tumandagi mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida ishchi guruh tashkil etilgan edi.

Tuman ishchi guruhi aʼzolari tomonidan "Xonadonlarni oʻrganish daftari” ishlab chiqildi va tumandagi 28234 ta xonadonlarga tarqatib berildi. Xoʻsh, ushbu daftar qanday yuritiladi?

Avvalo, aytish kerakki, jamoatchilik va davlat idoralarining hamkorlikdagi faoliyat tizimiga asosan ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida tashkil etilgan 5 ta yoʻnalish - oilaga kirish yoʻnalishi aʼzolari tomonidan daftarga oila aʼzolarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida oʻrganish davomida voyaga yetmagan maktabgacha, maktab va kollej yoshidagilar soni, nuroniylar soni, mehnatga layoqatli erkak va ayollar soni, ish bilan band boʻlganlar soni, 2-qismida oilaning ijtimoiy (ehtiyojmand, oʻrtacha, namunali) ahvoli, boquvchisini yoʻqotgan yoki kam taʼminlanganlik belgisi qoʻyiladi; 3-qismida oilaning iqtisodiy ahvoli: tomorqasi necha sotix, bogʻidagi mevali va manzarali daraxtlar soni; oilasida boqilayotgan chorva mollari va parrandalar soni yoziladi va issiqxona borligi haqida belgi qoʻyiladi: 4-qismda oilaning sanitariya ahvoli qanday darajadaligi namunali, qoniqarli, qoniqarsiz belgilanadi. Bundan tashqari hovli va fasadning koʻrinishi, uy ichi va oshxonasi tozaligi, hojatxonasi, chorva va parranda boqiladigan xonalar, ariq va koʻchalarning tozaligiga berilgan darajalar oilaga kirish yoʻnalishi rahbari yoki oilani oʻrgangan ishchi guruh aʼzosi tomonidan yoziladi.

Bulardan tashqari, obodonlashtirish, sanitariya-gigiyena qoidalari, oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish, farzand tarbiyasi, 12 yillik majburiy taʼlim toʻgʻrisida, toʻy-hashamlar va maʼrakalarni tartibli, ixcham oʻtkazish, odam savdosiga qarshi kurash, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, ov quroli saqlash, oilaviy nizolar, ajrimlar va boshqa salbiy holatlarning oldini olish, yurtimizdagi tinchlik, olib borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan keng imkoniyatlarning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushunchalar berganligi toʻgʻrisida daftarga yoziladi yoki yozma maʼlumot berilgan boʻlsa daftarning orqa tomoniga yopishtiriladi. Daftarga oilani oʻrganilgan sana, xonadonga kirgan oilaga kirish yoʻnalishi xodimi va xonadon egasining imzosi qoʻyiladi. Pastki qismiga oʻrganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar va ularni bartaraf qilish yuzasidan berilgan takliflar yozilishi kerak.

Salomatlik yoʻnalishi aʼzolari tomonidan xonadonlarni oʻrganish davomida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi. Xonadonning sanitariya ahvoli, uy ichining ozodaligi, oshxona, hojatxona, chorva va parranda boqiladigan xonalar tozaligi namunali, qoniqarli, qoniqarsiz darajalardaligi koʻrsatiladi. Xonadonda keksa nuroniylar, fertil yoshidagi ayollar, homiladar ayollar, voyaga yetmagan bolalar, jumladan qizlar, alohida, nogironlar soni, ularning yoshi va salomatligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoziladi. Bulardan tashqari tozalikning ahamiyati, tibbiy madaniyatni shakllantirish, erta tugʻruqlarning oldini olish, shaxsiy gigiyena qoidalari toʻgʻrisida tushunchalar ogʻzaki yoki yozma tarzda beriladi.

Salomatlik sektori aʼzolari haftaning dushanba kuni nuroniylar, seshanba kuni homiladorlar, chorshanba kuni bolalar va oʻsmirlar, juma kuni ayollar va qizlar, shanba kuni oʻquv muassasalari kunida maktab va kollej oʻquvchilari ahvolini oʻrganib chiqib, aniqlangan muammo va kamchiliklar boʻyicha oʻz takliflarini bermoqdalar.

Taʼlim-tarbiya yoʻnalishi aʼzolari tomonidan xonadondagi maktabgacha yoshdagi bolalar soni, maktab, akademik litsey yoki kollej oʻquvchilari soni, ularning oʻqishga qatnash davomati darajasi, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan talabalar soni, byudjet yoki kontrakt toʻlovi asosida oʻqiyotganligi haqida belgi qoʻyiladi.

Taʼlim-tarbiya yoʻnalishi inspektori tomonidan 12 yillik taʼlimning majburiyligi va unda ota-onaning javobgarligi, farzandlarining axborot oluvchi manbalardan qanday foydalanayotganligini nazorat qilishi, "Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 7-moddasi, oilada qiz farzand tarbiyasi va unda onaning oʻrni toʻgʻrisida ogʻzaki yoki yozma tarzda maʼlumot beradilar hamda xonadonni oʻrgangan taʼlim-tarbiya yoʻnalishi noziri va xonadon egasi oʻz imzolari bilan tasdiqlaydilar.

Aniqlangan muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf qilish yuzasidan takliflar daftarning pastki qismiga yoziladi.

Bandlik yoʻnalishi aʼzolari tomonidan xonadonni oʻrganish davomida aniqlangan mehnatga layoqatli shaxslar, ish bilan band boʻlmagan shaxslar, shundan ayollar, kollej bitiruvchisi va oʻz tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish istagini bildirganlar soni, yoshi, maʼlumoti, mutaxassisligi yoziladi.

Chet davlatga ishga yoki oʻqishga ketgan fuqarolar soni, yoshi, qaysi davlatga ketganligi, qachon ketganligi, uyidagilar bilan muloqotda ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoziladi.

Xonadonga kirgan bandlik inspektori mavjud boʻsh ish oʻrinlari, rejalashtirilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari, oilaviy korxona tashkil qilish, xususiy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha qonun-qoidalar bilan tanishtirishi hamda biznes loyihalar tuzishni oʻrgatishi, tomorqalardan unumli foydalanish va oila daromadini oshirishning boshqa manbalarini izlashni tushuntiradi yoki yozma maʼlumot beradi va oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.

Jinoyatchilik profilaktikasi yoʻnalishi aʼzolari tomonidan xonadonni oʻrganish daftariga oilada noqonuniy yashovchilar mavjudligiga, maktab va kollej mashgʻulotlariga qatnashmayotgan oʻquvchilar boʻlsa sababini aniqlash va oʻqishini taʼminlash, jinoyat sodir etib jazoni oʻtash joylaridan ozod boʻlib kelgan shaxslar va ularni ish bilan taʼminlash, xonadonda chetdan qaytib kelgan fuqarolar aniqlanadi. Bulardan tashqari oila aʼzolari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning sodir etilishi hamda ularning farzandlarining diniy ekstremistik gʻoyalarga berilib ketishlarining oldini olish maqsadida yakka tartibda profilaktik suhbatlar oʻtkaziladi, farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ota-ona yoki farzandlari muntazam oʻqishga bormay yurgan oila boʻlsa, mahalla faollaridan murabbiy biriktiriladi va prorfilaktik tushuntirish ishlari olib boriladi. Ichkilikbozlikka ruju qoʻygan, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka moyilligi boʻlgan shaxslar aniqlansa, ularga koʻcha boshchilardan murabbiy biriktiriladi va profilaktik suhbatlar oʻtkaziladi, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, odam savdosi, jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, tinchlik va xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida ogʻzaki va yozma maʼlumotlar berib boriladi. Shuningdek xonadonda yashovchilarning fuqarolik hujjatlari, muddati oʻtgan yoki oʻtmaganligi ham koʻzdan kechiriladi. Xonadonni oʻrganish davomida muammo va kamchiliklar aniqlansa, ularni bartaraf qilish boʻyicha oʻz takliflarini daftarga yozadilar va oʻrganilgan sana, nozirning imzosi va xonadon egasining imzosi qoʻyiladi.

Ushbu daftar 5 ta yoʻnalish aʼzolari tomonidan ikki marta toʻldiriladi.

Bundan tashqari daftarda tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi kod raqamlari, oylar kesimida koʻrsatkichlari, oldindan toʻlami, qarzdorligi koʻrsatiladi va nazoratchining imzosi qoʻyiladi.

Joriy yilning shu davrigacha oilaga kirish yoʻnalishi tomonidan 10782 ta, salomatlik yoʻnalishi tomonidan 8488 ta, taʼlim-tarbiya yoʻnalishi tomonidan 7880 ta, bandlik yoʻnalishi tomonidan 6018 ta, jinoyatchilik profilaktikasi yoʻnalishi aʼzolari tomonidan 6094 ta xonadonlar oʻrganilgan.

Gavhar Chimbaychiyeva,

"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi bosh mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019