16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:05
Madaniyat 👁 551

MADANIYaT VA SANʼAT SOHASIGA EʼTIBOP YaNADA OPTDI

MADANIYaT VA SANʼAT SOHASIGA EʼTIBOP YaNADA OPTDI

Davlatimiz rahbari deyarli har bir uchrashuvlari, maʼruzalarida madaniyatimiz va sanʼatimizni rivojlantirish, sohada yechimini kutayotgan dolzarb muammolarga alohida toʻxtalishi bejiz emas. Zero, madaniyati ravnaq topgan va uni qadrlaydigan xalq hamisha hurmatga sazovor boʻladi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi Oʻzbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targʻib etish, xalq ogʻzaki ijodiyoti va xavaskorlik sanʼatini yanada ommalashtirish, yoshlarni madaniyat va sanʼatga boʻlgan qiziqishlarini orttirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

    Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan joriy yil 26-may kuni “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Oʻzbekiston Pespublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori tasdiqlandi.

   Ushbu qaror barcha madaniyat xodimlariga dasturilamal desam mubolagʻa boʻlmaydi. Mazkur Farmon va Qarorni oʻqib, ochigʻi, juda xursand boʻldim. Ushbu hujjatlar orqali biz ijod ahliga juda katta gʻamxoʻrliklar va imkoniyatlar yaratilishi koʻzda tutilgan. Ayniqsa, biz uchun eng quvonarlisi, 15-aprel – “Oʻzbekiston Pespublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” deb belgilangani boʻldi. Shu kunga qadar madaniyat va sanʼat sohasi xodimlarining alohida kuni belgilanmagan edi. Bu esa biz kabi soha xodimlarining qaddini koʻtarib, maʼnaviy kuch bagʻishladi.

Taʼkidlash joizki, uzoq yillardan buyon madaniyat va sanʼat sohasida muammo va masalalar yigʻilib qolgan edi. Mazkur Farmon va Qaror bilan ushbu muammolar toʻliq yechilishi belgilab berildi.

   Madaniyat va sanʼat barcha davrlarda ham oʻz darajasini yoʻqotmagan. Iqtidorli quruvchi ajoyib imorat qursa, u xaqiqiy sanʼat asari hisoblanadi. Madaniyat va sanʼat arboblari, ijodkor ziyolilar millatning madaniy, maʼnaviy yuzidir. Aynan shu sabab madaniyat – millat oynasi, jamiyatning yuzi hisoblanadi. Har bir millat oʻz madaniyatini chuqur his qilmasa u qanotsiz qush kabidir.

Bizga sir emaski, bugungi kunda koʻplab yoshlarimiz gʻarb madaniyatining ayrim turlaridan andoza olayotgan bir paytda, ularni milliy qadriyatlarimizga mos boʻlgan holda tarbiyalash, oʻzligimizni anglatish, ular qalbida milliy meroslarimizga boʻlgan hurmat va ehtirom uygʻotish bosh vazifamizga kiradi.

  Oʻzbekiston iqtisodiy jihatdan qudratli boʻlishi betakror madaniyat va qadriyatlarimizni chuqur his qiluvchi jamiyatni shakllantirishga toʻxtovsiz harakatda boʻlish har bir soha xodimining burchidir. Ayniqsa,  bu borada madaniyat xodimlari yanada faol boʻlmogʻi kerak. Shunday sinovli kunlarda madaniyat sohasi xodimlarini ruxlantirgan mazkur Farmon va Qarorning qabul qilinishi barchamizning davlatimiz madaniyati va sanʼatini rivojlantirish yoʻlidagi maqsadimizga qanot boʻlib, oydin manzillar tomon shaxdam qadamlar qoʻyishga kuch bagʻishlaydi.

Mazkur hujjatlar bilan endilikda, 2020-yil 1-sentyabrdan davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat saroylari va boshqa muassasalarda toʻliq jonli ijro asosida oʻtkazilgan kontsert dasturlari uchun ijara toʻlovidan 50 foiz chegirma berish tartibi joriy etilishi haqiqiy sanʼat jonkuyarlari uchun yuksak moddiy va maʼnaviy ragʻbat boʻldi. Ayniqsa, sanʼatkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasini tashkil etish tashabbusi ahli sanʼat borki, orzularimizga qanot bagʻishladi. Har bir hududda  koʻchma tsirklar guruhlari, hayvonot bogʻlari tashkil etish, shuningdek, ommaviy tadbirlar oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarning rahbarlikka olinishi yanada quvonarlidir.

Ushbu Farmon orqali bizga berilgan keng imkoniyatlar va imtiyozlardan oqilona foydalanib, kasbimizni yanada sevib-ardoqlashga, kuch-gʻayrat bilan koʻproq mehnat qilishga, sanʼat va madaniyatimizning hali ochilmagan qirralarini ham namoyon etishga intilib mehnat qilaveramiz.             

                   
                                    
Shuhrat YuSUPOV,
tuman Madaniyat boʻlimi rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019