16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:36
Qishloq xoʻjaligi 👁 417

DAVLATGA PEJADAGI 208 TONNA OʻPNIGA 210,1 TONNA YuQOPI SIFATLI PILLA TOPShIPILDI

DAVLATGA PEJADAGI 208 TONNA OʻPNIGA 210,1 TONNA YuQOPI SIFATLI PILLA TOPShIPILDI

Pillachilik – serdaromad, shu bilan birga oʻta nozik soha. Shuning uchun pillakorlarimiz har yilgi ipak qurti boqish mavsumiga alohida tayyorgarlik koʻrishadi. Mavsum ishlarining eng muhimi, moʻl va sifatli ozuqa bazasini yaratishdir. Pillakorlarning ana shu tomondan koʻngli toʻq boʻlsa, moʻl va sifatli pilla yetishtirish borasidagi rejalarini amalga oshirishlarida hech qanday toʻsiq boʻlmaydi.

Joriy yilda “Jayxun Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 343 ming dona serhosil tut koʻchatlari yetkazib berilib, yangi tutzorlar bunyod etildi va fermer xoʻjaliklari hududlaridagi ariqlar boʻyicha, dala chetlariga sifatli qilib ekildi. Mavjud tutzorlarga agrotexnik ishlov berilib, oziqlantirildi. Avvalgi yillarda ekilgan tut koʻchatlari joriy yilgi mavsumda moʻl ozuqa bazasi vazifasini oʻtadi va ipak qurti parvarishida muammo boʻlmadi.

Yuqori sifatli pilla yetishtirishning birdan-bir omili ipak qurti urugʻini jonlantirish bilan bogʻliq ishlarni agrtexnika qoidalari asosida tashkil etishdir. Shuni inobatga olgan Amudaryo “Agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari “Jayxun Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan yetkazib berilgan 3768 quti ipak qurti urugʻini 16 ta inkubatoriylarda sifatli jonlantirib, pillakorlarga oʻz vaqtida tarqatdilar. Ipak qurti urugʻini jonlantirish maqsadida tanlangan 16 ta inkubatoriylarning barchasiga malakali mutaxassislar biriktirilib, tun-u kun navbatchiliklar tashkil etildi. Natijada sifatli jonlantirilgan ipak qurti urugʻi 1572 nafar kasanachiga, 266 ta fermer xoʻjaliklari qurtxonalariga tarqatildi. Mavsum davomida malakali mutaxassislar tomonidan ipak qurtini parvarishlash jarayonlari qatʼiy nazorat qilib borildi va jami 3768 quti ipak qurti urugʻi parvarish qilindi. Albatta, mavsum yumushlarini yuqori saviyada olib borish maqsadida ipak qurtini parvarishlovchi kasanachilar va fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi qurtxonalarda faoliyat yurituvchi pillakorlarning moddiy manfaatdorligiga alohida ahamiyat berildi.

Pillakorlarga har bir quti ipak qurti urugʻi uchun oldindan boʻnak pullari berildi. Natija esa kutilganidan ziyoda boʻldi. 5-iyun sanasidan boshlab Mangʻit va Xitoy pillani qabul qilish maskanlarida mavsumning ilk hosilini qabul qilish ishlari muvaffaqiyatli boshlab yuborildi. Peshma-pesh taroziga qoʻyilayotgan pilla hosilining choʻgʻi baland boʻldi. Shu barobarida, pillakorlarimizning ham oʻz mehnatlari mahsulidan quvonchlari cheksiz. Chunki pillani qabul qilish maskanining oʻzida rejadan ortiqcha yetishtirilgan har bir kilogramm pilla uchun qoʻshimcha toʻlov amalga oshirildi.

Mashaqqatli mehnatlar samarasi ayni kunda tumanimizning 208 tonnalik yuksak pilla xirmoni bunyod etilgan lahzalarda yanada yorqinroq namoyon boʻldi. Koʻzlangan marra sharaf bilan ado etildi. Davlatga rejadagi 208 tonna oʻrniga 210,1 tonna yuqori sifatli sanoat xom ashyosi topshirildi va bu boradagi shartnomaviy reja 101 foizga uddallandi. Pillakorlarimiz tomonidan “Mangʻit” pilla qabul qilish maskanida 142,8 tonna, “Xitoy” pilla qabul qilish maskanida 67,5 tonna pilla qabul qilib olindi.

Tumanimizning yuksak pilla xirmoniga Kuyuk koʻpir ovulidan kasanachi Jamila Ataboyeva shartnomadagi 102 kilogramm oʻrniga 167 kilogramm, Oʻrta qalʼa ovulidan Ikrom Qoʻchqorov 88 kilogramm oʻrniga 117 kilogramm, Manzura Qoʻshboyeva 112 kilogramm oʻrniga 127 kilogramm pilla topshirishib, zimmalaridagi shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan ado etdilar.

“Oq oltin”lik Tozagul Qalmenova 146, Doʻrman ovulidan Sobir Tojimov 173, Toʻlqin ovulidan Dildor Shomurodova 147 kilogramm pilla topshirib, shartnomaviy rejalarini 130-150 foizga ado etdilar. Ilgʻor pillakor Nafisa Murodova esa barchaga ibrat boʻldi. U shartnomaviy rejasini 216,4 foizga ado etib, tuman pillakorlari orasida eng yuqori natijaga erishdi.

Ayni kunda pilla qabul qilish maskanlarida yetishtirilgan hosilni qabul qilish va qayta ishlash korxonalariga sifatli tarzda yetkazib berish borasidagi ishlar davom  ettirilmoqda. Qurtxonalarda esa pilla terish ishlari jadal olib borilmoqda.

P.NAPIMBETOV, "Amudaryo Agropilla” MChJ raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019