19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 11:58
Jamiyat 👁 156

TUMANDAGI 2-SEKTOR HUDUDI AHOLISI PANDEMIYa DAVRIDA KOʻRSATILGAN MODDIY YoRDAMDAN MAMNUN

TUMANDAGI 2-SEKTOR HUDUDI AHOLISI PANDEMIYa DAVRIDA KOʻRSATILGAN MODDIY YoRDAMDAN MAMNUN

Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida yoʻlga qoʻyilgan sektorlar faoliyati davlat organlarini aholi bilan yanada yaqinlashtirish, xalq bilan tizimli muloqotni yoʻlga qoʻyishda muhim omil boʻlmoqda. Sektorlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish ayni paytda aholining muammolarini joyida, tuman, viloyat va respublika darajasida hal yetishni taʼminlashga xizmat qilmoqda.
Hokimlik, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlari rahbarlari boshchilik qilayotgan sektorlar oʻz hududlarida barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muammolarni hal etish bilan bir qatorda, huquqbuzarliklar profilaktikasi, qonuniylikni mustahkamlash va huquq-tartibotni taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Shu xususdan, tumanimizdagi sektorlar ham hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini oʻrganish hamda joyida hal qilish, mamlakatimizda barcha sohalardagi islohotlar ijrosini taʼminlash borasida samarali faoliyat olib bormoqda. Jumladan, tuman prokurori Javlon Muftullayev rahbarligidagi 2-sektor hududida ham qator salmoqli ishlar qilinmoqda.
Maʼlumot tariqasida aytish kerakki, 2-sektor hududida 17 ta ovul hamda mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi 11484 ta xonadonda 64829 nafar aholi istiqomat qiladi. Pandemiya davrida sektor hududida yashovchi kam taʼminlangan, ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida keng qamrovli chora-tadbirlar olib borildi. Sektor hududida koronavirus pandemiyasi sababli daromad manbaidan ayrilgan yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar soni 324 tani tashkil qilib, shundan 193 tasi kam taʼminlangan va 131 ta pandemiya sababli daromadini yoʻqotgan oilalar hisoblanadi.
Sektor hududida “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish” markazi orqali yordamga muhtoj oilalarga har tomonlama koʻmak berish maqsadida homiylar biriktirilib, ular tomonidan oʻz vaqtida kerakli oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlarini berish hamda naqd pul koʻrinishida moddiy yordam koʻrsatilmoqda. Qolaversa, daromadsiz qolgan oilalarga ijaraga yer berilishida amaliy yordam koʻrsatilib kelinmoqda. Shu davrga qadar sektor hududidagi 324 ta yordamga muhtoj oilalarga jami 435 mln. 845 ming soʻmlik doimiy ravishda koʻmak berildi.
Qayd etish joizki, Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining 2020-yil 29-iyul kungi farmoyishiga asosan “Saxovat va koʻmak” fondi orqali himoyaga muhtoj oilalarga ajratilgan moddiy yordam pullaridan tumanning 2-sektor hududidagi 193 ta extiyojmand oilalarning har biriga 1 million soʻmdan jami 193 million soʻm moddiy yordam pullari tarqatilishi taʼminlandi.
Shuningdek, pandemiya sababli ishsiz qolgan mehnatga layoqatli fuqarolarning bandligini taʼminlash borasida ham bir qator ishlar qilindi. Xususan, shu davrga qadar sektor hududidagi 293 nafar ishsiz fuqarolarning 271 nafari ish bilan taʼminlandi. Ularning 61 nafari jamoat ishlariga, 3 nafari hunarmandchilikka, 1 nafari oilaviy tadbirkorlikka, 19 nafari sanoat loyihalariga, 51 nafari agrosanoat loyihalariga, 16 nafari kooperatsiya asosida, 11 nafari takroriy ekin ekish ishlariga, 2 nafari qurilish obʼektlariga jalb etildi. Qolaversa, Prezidentimizning “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosi yuzasidan 85 nafar, norasmiy bandlik boʻyicha 18 nafar, oʻzini oʻzi band qilish hamda boshqa sohalar boʻyicha fuqarolarning bandligi taʼminlandi.
Taʼkidlash kerakki, 2-sektor rahbari tuman prokurori Javlon Muftullayev tashabbusi bilan sektor hududida 4 ta qishloq xoʻjaligi kooperativi tashkil etilib, ularga jami 18,1 gektar yer maydoni ajratildi va shu orqali 36 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi. Jumladan, Amir Temur ovuli hududida “BAXTIYOR–AVEZOV” va “SHAXRIYAR-NORBAEV”, Yuqori qishloq mahallasi hududida “QURBANBAEV-PO’LAT” hamda Besh ovul mahallasi hududida “O’ROZBOYEV-XURSHID” ishlab chiqarish kooperativlari tashkil qilindi.

Muxtasar aytganda, tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan barcha sektorlardagi  kabi 2-sektorda ham aholiga qulay turmush sharoiti yaratish, ularning muammolarini oʻz joyida hal etish, fuqarolar bilan yanada yaqinroq boʻlib, ularning tinch-osuda, farovon hayot kechirishlariga koʻmak berish borasida barcha choralar amalga oshirilmoqda.  
Hudud aholisi pandemiya sabab qiyin sharoitda qolgan bir paytda oʻzlariga koʻrsatilayotgan bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan nihoyatda mamnun boʻlmoqda. Sektor masʼullari esa aholining yashash sharoitini yaxshilash, turmushida sezilarli ijobiy oʻzgarishlarga erishishini taʼminlash maqsadida fuqarolar bilan muloqotni kuchaytirib, oʻrganilgan muammolarni bartarf etish borasida izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026