16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:12
Qishloq xoʻjaligi 👁 365

MARRADAN OʻZGAN VA MARRAGA YeTAYoTGAN FERMERLAR

MARRADAN OʻZGAN VA MARRAGA YeTAYoTGAN FERMERLAR

Paxta – milliy boyligimiz, iftixorimiz. Mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi. Shu bois, agrar tizimni, ayniqsa, paxtachilikni jadal rivojlantirish, jahon andozalari darajasidagi sifatli paxta hosilini yetishtirish, buning uchun paxtachilik fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi ekishlik yer maydonlaridan samarali  foydalanish, paxta hosildorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni va ushbu Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan 2020-yil 6-martdagi “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori paxtachilik fermer xoʻjaliklari faoliyatida muhim yangiliklar joriy etilishiga imkon yaratdi. Unga koʻra, 2020-yil hosilidan boshlab, paxta xom ashyosining xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladigan boʻldi. Shuningdek, paxta xom ashyosini yetishtiruvchilarga rayonlashtirilgan gʻoʻza navlarini erkin joylashtirish huquqi berilib, ularni sifatli urugʻlik bilan taʼminlash maqsadida sertifikatlangan urugʻlik yetkazib berish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish choralari koʻrildi.
Yuqoridagi Prezident Farmoni va Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimizdagi paxtachilikka ixtisoslashgan 362 ta fermer xoʻjaliklarining yer holatlari mutaxassislar tomonidan jiddiy oʻrganilib, tumanimiz iqlim va tuproq sharoitiga mos serhosil, ertapishar paxta navlari tanlandi va erta bahorda jami 15250 gektar paxta maydonining asosiy qismiga  F-47-27 va “Sulton” navli chigit ekildi. Fermer xoʻjaliklari va “Amudaryotex” paxtachilik klaster korxonasi oʻrtasida 34900 tonna paxta xom ashyosi yetishtirib berish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalari tuzildi.
Ayni kunlarda esa tumanimizdagi barcha paxtachilik fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yigʻishtirib olish ishlari uyushqoqlik bilan boshlab yuborildi. Shunisi quvonchliki, paxtachilikda namunali tajriba maktabini yaratgan, vegetatsiya davrida barcha agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida, samarali amalga oshirgan fermer xoʻjaliklarida paxta yigʻim-terimi yuqori surʼatlarda olib borilmoqda.
Oʻrta qalʼa ovuli hududidagi “Yerlapas” fermer xoʻjaligini nafaqat tumanimizda, balki Respublikamizda yuqori hosilli, ilgʻor xoʻjalik sifatida yaxshi bilishadi. Xoʻjalik paxtakorlari atigi bir necha ish kunida tumanda birinchi boʻlib shartnomaviy rejasini bajardilar. Ishning koʻzini biladigan tajribali dehqon, fermer xoʻjaligi rahbari Azimboy Yerlapasov erta bahordanoq dala ishlarini shaxsiy nazorati ostida amalga oshirdi. 15 gektar paxta maydonini 12 nafar pudratchiga teng taqsimlab berdi. Yerni ekishga tayyorlashdan tortib, barcha agrotexnik tadbirlarga oʻzi bosh-qosh boʻldi. Gʻoʻzani tunda, sharbat usulida sugʻorishga alohida ahamiyat qaratdi. Natija esa  kutilganidan ziyoda boʻldi. Bugun mana bu dalalarda qiygʻos ochilgan har bir chanoq paxta moʻl hosildan dalolat berib turibdi. Xoʻjalik paxtakorlari shartnomaviy rejadagi 35 tonna oʻrniga 40 tonna yuqori sifatli paxta xom ashyosi yetishtirishdi. Reja bajarilgan kuni “Amudaryotex” xususiy klaster korxonasi direktori oʻrinbosari Rahimboy Jumaboyev xoʻjalik dalalarida boʻlib, fermer xoʻjaligi rahbari Azimboy  Yerlapasov va ilgʻor terimchilarni erishilgan yutuq bilan tabrikladi va ularga klaster korxona tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovgʻalarni topshirdi.
Bugun tumanimizning qaysi  hududiga bormang, qizgʻin mehnat pallasiga guvoh boʻlasiz. Koʻzlarni quvontirib, oppoq ochilgan paxtazorlar aro biri-biridan qolishmay paxta terayotgan pudratchi-terimchilar va koʻngilli hasharchilarning fidoyiliklariga tahsin aytmay ilojingiz yoʻq.
Qilichboy azal-azaldan usta paxtakorlar, mohir dehqonlar yurti. Qoramon mahallasi hududidagi “Ruslan Rahimov” fermer xoʻjaligi paxtakorlari esa Qilichboy mavzesida hamisha peshqadam. Asosan paxtachilikka ixtisoslashgan mazkur xoʻjalik bilan “Amudaryotex” xususiy klaster korxonasi oʻrtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomasiga koʻra, 78 gektar yerdan 182 tonna paxta xom ashyosi yetkazib berish rejalashtirilgan. Xoʻjalik dalalarida 70 nafar pudratchi mehnat qiladi. Ularning fidoyiliklari bois dalalarda rejaga yarasha moʻl hosil yetishtirildi. Yigʻim-terim surʼati esa yuqori. Ilgʻor terimchi Dilnoza Bekimbetova terimning birinchi haftasidayoq 1 tonnadan ziyod paxta terib, dugonalariga oʻrnak boʻlmoqda. U xoʻjalik xirmoniga kuniga 150-160 kilogrammdan paxta terib toʻkmoqda. Zamira Yeshchanova, Dilbar Yeshniyozova, Nilufar Yeshmurodovalar esa har biri kuniga oʻrtacha 120-140 kilogrammdan paxta terishib, xoʻjalik xirmonining yuksalishiga oʻz hissalarini qoʻshishmoqda.
Xoʻjalik dalalarida pudratchilardan tashqari, 182 nafar koʻngilli aholi guruhi ham hosilni yigʻib-terib olish ishlarida ishtirok etishmoqda. Oʻrta hisobda 170-180 nafar terimchilar yigʻim-terimda ishtirok etishib, ularning yordami bilan kuniga 20-25 tonna paxta hosili sifatli terib olinib, qabul punktlariga topshirilmoqda.
Yigʻim-terim jarayonining toʻgʻri tashkil etilgani, terimchilar va koʻngilli hasharchilar uchun yaratilgan namunali shart-sharoitlar tufayli terim surʼati kun sayin oʻsmoqda. Xoʻjalik paxtazorlaridan 16-sentyabr kunigacha 100 tonnadan ziyod yuqori navli paxta hosili terib olinib, tumanimizning umumiy xirmoniga armugʻon etildi. Fermer xoʻjaligi  rahbari Ruslan Rahimovning hisob-kitobiga koʻra, 19-20-sentyabr sanasiga shartnomaviy rejani uddalash imkoniyati bor. Yigʻim-terim jarayonidagi yuqori surʼat ham bundan dalolat bermoqda.
Ayni kunlarda tumanimiz fermer xoʻjaliklari dalalarida yetishtirilgan paxta hosilini yogʻin-sochinli kunlarga qoldirmasdan sifatli yigʻib-terib olish borasidagi mavsum ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Tumanimizning 34900 tonnalik yuksak “oq oltin” xirmonini bunyod etish ishtiyoqida mehnat qilayotgan fermerlar va pudratchi-dehqonlar hamda paxta-yigʻim terimida ishtirok etayotgan koʻngilli hasharchilarga:
- Gʻayrat-shijoatingizga balli, aziz paxtakorlar, qadrli yurtdoshlar! – deymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019