16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:55
Qishloq xoʻjaligi 👁 248

KUZNING SARBALAND “OQ OLTIN” XIRMONLARI KOʻZNI QUVONTIRMOQDA

KUZNING SARBALAND “OQ OLTIN” XIRMONLARI KOʻZNI QUVONTIRMOQDA

Kuz – gʻalvir suvdan koʻtariladigan, dehqonlarning yil mobaynida dalalarda qilgan mashaqqatli mehnatlari sarhisob qilinadigan  fasl. Ayni kunlarda yigʻim-terim ishlari davom etmoqda. Dalalarda yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay, yigʻishtirib olishga intilish tobora qizgʻin tus olmoqda. Boisi soʻnggi kunlar ob-havosi kuzakning quyoshli kunlari gʻanimat ekanligidan dalolat berayotir.
Shunisi eʼtiborliki, joriy yilning koʻklami ancha injiq kelganligiga qaramay, koʻp yillik tajribalariga tayangan dehqonlarimiz paxta dalalarida moʻl hosil yetishtirishga erishdilar. Yigʻim-terim ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilganligi bois, yillik marradan oshgan fermer xoʻjaliklari soni kun sayin koʻpaymoqda.
Qangli ovulida faoliyat yuritayotgan “Aytimbetov Qurbonboy” fermer xoʻjaligida  bu yil 51 gektar maydonga chigit ekilgan edi. Bir tekis unib chiqqan nihollarni 22 nafar ijarachi oʻz vaqtida sifatli parvarish qilganligi, agrotexnik qoidalar asosida oziqlantirib, sugʻorganligi natijasida yuqori hosil yetishtirildi. Shu kungacha xoʻjalik dalalaridan 120 tonna hosil yigʻishtirib olinib, yillik reja ortigʻi bilan uddalandi.
Xoʻjalik paxtachilikdan tashqari 3 gektar bogʻ, 8 gektar bugʻdoy, 70 sotixlik baliqchilik koʻliga ega. Ushbu tarmoqlardan ham moʻl daromad olinayotganligi xoʻjalik ishchilari turmushi farovonlashuviga xizmat qilmoqda.
Qipchoq ovulidagi “Oʻrozboyev Dostonbek” fermer xoʻjaligida esa koʻklamda 25 gektar yerga “Sulton” hosildor paxta navi ekilgan edi. Shu kungacha xoʻjalik dalalaridan 70 tonnadan ziyod hosil yigʻishtirib olindi va yillik reja ortigʻi bilan uddalandi. Ayni kunlarda xoʻjalikning 15 nafar ijarachilari halol mehnatlari evaziga yetishtirilgan hosilni terib olishda davom etishmoqda.
Hali paxtalari oppoq chamanday boʻlib ochilib turgan dalalarda hosil juda moʻl.
Xoʻjalik raisi Ruslan Aytboyev ishchilarga yetarli sharoit yaratib berishga alohida eʼtibor qaratganligi sababli ish unumi yanada ortmoqda. Xoʻjalik aʼzolari terimni koʻtarinki ruhda jadal tarzda davom ettirishmoqda va yetishtirgan hosilni nest-nobud qilmay yigʻib olib, sarbaland xirmon yaratishga harakat qilishmoqda.
Hakimboy Allamberganov rahbarlik qilayotgan “Egamberganov Bunyodbek” fermer xoʻjaligi ishchilarining ham kuzgi sarhisobda yuzlari yorugʻ boʻldi. 45 gektar paxta maydonidan shu kungacha 110 tonnadan ziyod hosil yigʻishtirib olinib, davlat xirmoniga topshirildi. Xoʻjalik ishchilariga terim haqlari oʻz muddatida berib borilayotganligi ish surʼatini yanada oshirdi. Eʼtibor va ragʻbatdan ruhlangan ishchilar mavsum oxirigacha rejadagidan ziyod, yuqori navli hosil yigʻishtirib olib, koʻproq daromadga ega boʻlish uchun bor kuch-gʻayratini ishga solishmoqda.
Eʼtiborli jihati, bu yilgi mavsumda xoʻjaliklarda hosil yigʻim-terimida majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilmadi. Oʻquvchilar, oʻqituvchilar va korxona-tashkilotlar xodimlari hasharga chaqirilmay, dalalardagi moʻl hosil xoʻjalik ishchilarining oʻz kuchlari bilan yigʻib-terib oldilar. Ularning unumli ishlashlari uchun dala boshida yetarli sharoit yaratilib, har kuni issiq ovqat, choy tashkil etilmoqda. Ish haqlari ham oʻz vaqtida hisob-kitob qilib borilmoqda. Bu kunlik terim surʼati yuqori boʻlishini taʼminlamoqda.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019