17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:58
Iqtisodiyot 👁 348

QONUNChILIK PALATASI SPIKERI OʻRINBOSARI AKTAM HAITOV TUMANIMIZGA TAShRIF BUYuRDI

QONUNChILIK PALATASI SPIKERI OʻRINBOSARI AKTAM HAITOV TUMANIMIZGA TAShRIF BUYuRDI

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 2-oktyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etish, hududdagi bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy jadal rivojlantirish maqsadida Nukus shahriga tashrif buyurgan edi.

Ushbu sessiyada koronavirus pandemiyasi butun dunyoda boʻlgani kabi yurtimizga ham yoʻqotishlar olib kelgani, lekin hayot davom etishi, shu sharoitga munosib boʻlib, toʻgʻri yoʻl topish zarurligini taʼkidlanib, Qoraqalpogʻistonda barcha sohalarni jadal rivojlantirish boʻyicha kelgusi 3-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar ishlab chiqilganini maʼlum qilindi. Shunga koʻra, har bir tumanda 2 tadan faoliyat turi oʻziga xos “oʻsish nuqta”si etib belgilanib, respublikadagi 16 ta tumanni yanada ravnaq toptirish maqsadida har bir tuman va shaharni jadal rivojlantirishga kuchli turtki berish, muammolarni tezkor hal etish uchun ularga vazirlar va banklar biriktirildi.

Xususan, Amudaryo tumanini barcha sohalarda jadal rivojlantirish maqsadida hududga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari, OʼzLiDeP fraktsiyasi rahbari, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Haitov masʼul etib tayinlandi.

6-oktyabr kuni Aktam Haitov tumanda ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi oʻzgarishlar, muammo va kamchiliklar bilan tanishish, ularning bartaraf qilinishini taʼminlash maqsadida tumanimizga tashrif buyurdi. Spiker oʻrinbosari dastlab tuman hokimligining majlislar zalida OʼzLiDeP tuman Kengashi faollari bilan uchrashdi. Uchrashuv chogʻida Aktam Haitov partiya dasturida belgilangan vazifalarning tumandagi ijrosi bilan tanishib, masʼullarga zaruriy tavsiya hamda yoʻl-yoʻriqlar berib oʻtdi. Shuningdek, OʼzLiDeP tuman Kengashida namunali faoliyat olib borayotgan, partiya faollarini sovgʻalar bilan ragʻbatlantirib, ularning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. 

Shundan soʻng, Aktam Haitov tumandagi “TAMARA-TEKSTIL” MChJda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tadbirkorlik subʼektida ish unumini oshirish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, keltirilgan zamonaviy texnologiyalar mehmonlarni mamnun qildi. Masʼullar tadbirkor hamda korxonada faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan suhbatlashib, ularda qanday muammo hamda kamchiliklar mavjudligi bilan qiziqdi. Suhbat yakunida Aktam Haitov korxonaga yangi toʻquv dastgohi olib kelishda hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish uchun shahar markazida doʻkon ochishga amaliy yordam beradigan boʻldi.

Shu oʻrinda qayd etish joizki, davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻistonga tashrifi chogʻida hududdagi tumanlar va mahallalarni jadal rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish, yoshlar va ayollarni qoʻllab-quvvatlash, xizmat koʻrsatish sohasi salohiyatini toʻliq ishga solish kabi ustuvor yoʻnalishlar qatorida, ayniqsa, qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidlagan edi.

Prezidentimizning Qoraqalpogʻistonda qishloq xoʻjaligi sohasini jadal rivojlantirish borasida belgilab bergan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Aktam Haitov Ozod Qurbonboyev rahbarligidagi tuman “Tomorqa xizmat” MChJ klasteri faoliyati bilan ham tanishdi. Aytish kerakki, mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi sohasida klaster usulining yoʻlga qoʻyilishi ekin turlarining koʻpayishiga, natijada hosildorlik ham, daromad ham oshishiga xizmat qilmoqda.

Aktam Haitov tumanda klaster tizimini jadal rivojlantirish uchun Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan 5 mlrd. kredit mablagʻi ajratilishida amaliy yordam beradigan boʻldi.

Aktam Hayitov tashrif chogʻida kelgusi 3-yilga moʻljallangan oʻnta ustuvor yoʻnalishda koʻzda tutilgan tumanlar va mahallalarni jadal rivojlantirish, xizmat koʻrsatish sohasi salohiyatini toʻliq ishga solish, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish, ayniqsa, yoshlar va ayollarni qoʻllab-quvvatlash kabi masalalar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozimligi haqida fikr va mulohazalar bildirib, bu borada masʼullarga tegishli tavsiyalar berdi. Shuningdek, aholini uy-joy bilan taʼminlash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga eʼtibor qaratish keraligini alohida taʼkidladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019