16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:56
Salomatlik 👁 342

AMU ELNING OʻZ QIZIGA AYLANGAN ZULXUMOR

AMU ELNING OʻZ QIZIGA AYLANGAN ZULXUMOR

Shifo ahli uchun hech qayerda yozilmagan bir qoida bor: kun-u tunning qaysi mahalida boʻlishidan qatʼiy nazar, bemordan chaqiruv boʻldimi, sumkasini yelkalab tezda yoʻlga shaylanadi. Oʻz burchini sadoqat bilan bajarishga kirishadi. Kasbiy faoliyatiga, Gippokrat qasamiga sodiqlik tuygʻusi shifokorni har lahzada safarbar holatda yashashga undayveradi.
Ularning fidoyiliklari, elim, yurtim, deb intilishlarini his etmoq uchun faqatgina bir kecha – tong otguncha bir bemor holatini kuzatmoq kifoya. Zero, shifo ahli butun hayoti, bilim va tajribasi, kuch-gʻayratini ana shunday beorom faoliyatga baxsh etib yashaydilar.
Zulxumor Mamatqulova ana shunday yuzlab, minglab fidoyilardan biri. Asli Qashqadaryolik Zulxumor Mamatqulova oʻz kasbiy foaoliyati, fidoyiligi, tashkilotchiligi va nihoyatda kirishimliligi bilan amudaryoliklarning aziz farzandiga aylandi. Gastroenterolog-shifokor sifatida yuzlab insonlarning dardiga darmon boʻldi. Tibbiyot birlashmasining zamonaviy talablarga javob beradigan, yaxshi jihozlangan fizioterapiya boʻlimi tashkil etilishida yelib-yugurdi, boʻlimni namunali tibbiy muolaja maskaniga aylantirdi. Fizioterapiya boʻlimi rahbari sifatida boʻlim uchun ajratilgan xonalarni taʼmirlash, davolanuvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ishlariga bosh-qosh boʻldi.
Tashabbuskor shifokor tibbiyot sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga hissa  qoʻshish maqsadida 2017-yilda «Mohidil shifo med» masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xususiy klinikani tashkil etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus litsenziya olgan 2017-yilning 8-sentyabr sanasi Zulxumor Mamatqulovaning hayotidagi eng quvonchli kun boʻlib qoldi.
Ayni kunda aholiga UZI tekshiruvi, EXO kardiografiya, EKG, laboratoriya tekshiruvlari, kompyuter yordamida umurtqa pogʻonasini choʻzish, uqalash, parafin, yurak-qon tomir, asab kasalliklari, oshqozon-ichak, buyrak, qandli diabet, nafas yoʻllari kabi kasalliklarni davolash boʻyicha xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan mazkur klinikada bemorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
«Mohidil Shifo med» xususiy klinikasi shahar markazida, tumanimizning barcha ovul va mahallalaridan avtotransport vositalari serqatnov hududda joylashgani, zamonaviy infratuzilmaga  egaligi aholiga manzur. Bundan ham muhimi, 20-oʻringa moʻljallangan mazkur shifo maskanida 6 nafar yuqori malakaga ega mutaxassis shifokorlar, 6 nafar oʻrta va 4 nafar kichik tibbiy xodimlar tun-u kun xalqimiz xizmatida. Aholiga yanada yaxshi qulayliklar yaratish maqsadida klinikaga oʻz mablagʻlari hisobidan yuqori aniqlikdagi «LOGIC» UZI apparati olib kelib oʻrnatildi va 4 ta yangi ish oʻrin yaratildi.
Izlanuvchan, tinib-tinchimas Zulxumor Mamatqulova tibbiyot sohasiga oid yangiliklar va zamonaviy muolaja usullarini oʻzlashtirib borish bilan birga amaliyotga joriy etish borasida ham samarali faoliyat olib bormoqda. Klinika rahbari hamda malakali shifokor sifatida u ozoonterapiya muolaja usulini qunt bilan oʻrgandi, tinmay malakasini oshirdi. Natijada klinikada ozoonterapiya muolaja usulini yoʻlga qoʻydi.
Ozon – bakteriya, virus va zamburugʻlarni nobud qiladi, hatto organizmning tiklovchi jarayonlarini tezlashtirib, toʻqimalarda kislorod yetishmovchiligini bartaraf etadi. Ozonli muolaja, ayniqsa, hozirgi pandemiya sharoitida bemorga juda muhim. Shifokorlarning fikricha, doimiy ravishda ozonli muolaja olib turgan kishi sogʻlomlashib, yasharib ketadi, faqat qatʼiy muolaja tartibiga amal qilish kerak.
Klinikada 2020-yil boshidan beri 13 ming 562 nafar bemorga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilib, shundan 200 nafardan ziyod bemor ambulator, 545 nafari esa statsionar sharoitda davolanib, oilalari bagʻriga qaytishdi.
Shifo maskanida davolangan, oʻz dardlariga shifo topgan insonlar, garchi sogʻayib ketishsalar-da, bu yerga, Zulxumor Mamatqulova bilan uchrashish, zarur tavsiyalar olish uchun tez-tez kelib turishadi. Ularning minnatdor nigohlaridan oʻzlariga hayot goʻzalliklaridan bahra olish, sogʻlomlik baxsh etgan najotkor shifokoriga nisbatan mehr va samimiyat tuygʻularini ilgʻab olish qiyin emas. «Mohidil shifo med»  klinikasi  ana shunday mehr va samimiyat nurlaridan hamisha charogʻon va gavjum.
Klinika rahbari, oliy toifali gastroenterolog-shifokor Zulxumor Mamatqulovaning har bir ish kuni ana shunday minnatdor koʻngillar gavjumligida, xalq salomatligini muhofaza qilishdek ezgu maqsadlar bilan oʻtaveradi. Fidoyi mehnat va xalq mehri bilan sayqallangan kasbiy faoliyati esa Zulxumor Mamatqulovaning umr mazmuniga aylangan. Zero, Amu elining oʻz qizi kabi aziz Zulxumorxon uchun xalq sogʻligidan ham ulugʻroq neʼmat va baxt yoʻq.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019