16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:31
Salomatlik 👁 3,109

OZODALIK VA OBODLIK INSON SALOMATLIGI GAROVIDIR

OZODALIK VA OBODLIK INSON SALOMATLIGI GAROVIDIR

Tumandagi ovul va mahallalar hududlarini obodonlashtirish, ijtimoiy soha obʼektlarining sanitariya holatini yaxshilash, aholining sanitariya madaniyatini yanada oshirish maqsadida tuman DSENM tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 3 oyi davomida tuman DSENM tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida mahallalardagi ishchi guruh bilan hududlarda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, tumandagi mavjud koʻp qavatli turar joy binolari sanitariya holatini yaxshilash, xonadonlarda ozodalikni saqlash, koʻchalarni va hududlarni, oqar suv manbalarini uy-roʻzgʻor chiqindilari bilan ifloslamaslik, har bir xonadonda mevali va manzarali daraxt hamda uy oldida gul koʻchatlarini ekishni tashkil etish, uylarning fasad qismini oqlash, oshxona va hojatxonalarni sanitariya talablari darajasida saqlash, aholi oʻrtasida har xil yuqumli kasalliklarning kelib chiqishining oldini olish borasida tumandagi 28216 ta xonadonlarda DSENM, tibbiyot xodimlari, mahalla faollari ishtirokida sanitariya targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Nazorat davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida har bir korxona, tashkilot va muassasa rahbarlariga, oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga hamda tumandagi koʻp qavatli turar joylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga DSENMning chiqish xatlari bilan tegishli tavsiyalar berildi. Yuqumli kasalliklarning kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan sanitariya talabnomalari tarqatildi. Shunga qaramasdan koʻp qavatli turar joylarda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, xonadonlarning sanitariya holatini yaxshilash hamda turar-joy binosining tevarak-atroflarida sanitariya tozalash ishlari yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmayotganligi aniqlanmoqda.

DSENM mutaxassislari tomonidan berilgan tavsiyalarning bajarilishi yuzasidan oʻrganishlar natijasida atrof-muhitni, ochiq suv havzalarini maishiy chiqindilar bilan ifloslagan, shuningdek sanitariya qoida va meʼyorlari talablariga rioya qilmagan 47 nafar shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 53-moddasi asosida maʼmuriy javobgarlik ishlari qoʻzgʻatilib, jarimaga tortildi, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish choralari koʻrilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi "Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatdan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan mahallalarda, aholi punktlarida va koʻp qavatli uylar atrofida chiqindi yigʻish maydonchalari qurilishi 2014-2015 yillar dasturiga kiritilgan boʻlib, hozirgi kunda tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan qurilish ishlari boshlab yuborildi.

DSENM mutaxassislari tomonidan hududlardan sanitariya-gigiyena laboratoriyasiga vodoprovod suvidan 131 namuna olinib, 60 tasi, quduq suvidan 87 namuna olinib, 61 tasi, atrof-muhitdan 30 namuna olinib, 10 tasi, tuproq namunalaridan 18 ta namuna olinib, 2 tasi, ochiq suv havzalaridan 16 ta namuna olinib, 9 tasi, oziq-ovqat mahsulotlaridan 375 ta namuna olinib, 19 tasi sanitariya-gigiyena talablariga toʻgʻri kelmasligi aniqlanib, talabga javob bermaganligi uchun tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Biz ekologik toza muhitni oʻzimiz yaratmagunimizcha turli yuqumli kasalliklardan qutula olmaymiz. Buning uchun bizga va farzandlarimizga yetarli ekologik bilim, ekologik madaniyat kerak. Bolalarimiz ekologik tushuncha va bilimni, tartib-intizomni eng avvalo ota-onasidan oladi, soʻngra maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, oliy taʼlim muassasalari va qolaversa, hayot maktabidan oladi. Ekologik bilim va madaniyat sanitariya madaniyati bilan oʻzaro uzviy bogʻlanib, uygʻunlashib ketgan bilim va madaniyatdir.

Oilada sogʻlom farzandlarni tarbiyalashda sogʻlom muhitni shakllantirish, har bir xonadonda obodonlashtirish, tozalikka rioya qilish, hududlarga mevali va manzarali daraxt hamda gul koʻchatlari ekish, koʻcha va mahallalarni obod qilish asosiy vazifadir. Chunki har bir xonadon ozodaligi va obodligi inson salomatligi garovidir.

 

T.Boboniyozov,

tuman DSENM bosh shifokori, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

(Foto - http://uza.uz/)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019