16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:53
Siyosat 👁 181

28 NAFAR BOLAJONLARGA “PREZIDENT SOVGʻASI” TOPShIRILDI

28 NAFAR BOLAJONLARGA “PREZIDENT SOVGʻASI” TOPShIRILDI

Yangi yil bayrami arafasida Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldoshev va barcha  sektorlar rahbarlari oʻz hududlaridagi bolajonlarning uylariga borib, Yangi yil bilan qutlab, Prezident sovgʻalarini topshirdi. Navbatdagi lavhamiz shu haqida.

Butun dunyo aholisini jiddiy sinovlardan oʻtkazayotgan koronavirus pandemiyasi garchi, mamlakatimizda sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorligiga erishilayotgan boʻlsa-da, karantin cheklovlariga qatʼiy amal qilishni taqozo etmoqda. Hukumat qaroriga koʻra, shu boisdan ham Yangi yil bayramini korxona-tashkilotlarda, oliy, umumiy  oʻrta taʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida korpoorativ  nishonlamaslik tavsiya qilindi. Bayramni hamma oʻz oilasi davrasida nishonlash, odamlar koʻp yigʻiladigan joylarga bormaslik, Maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida “Prezident archasi” bayram tomoshalarini ham oʻtkazmaslik topshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi “Prezident archasi” tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi tegishli bayoniga koʻra, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun 2020-yilgi “Prezident archasi” tadbiri Covid-19 virusi bilan bogʻliq pandemiya sharoitida respublikada joriy etilgan karantin talablariga qatʼiy rioya etilgan holda oʻtkazildi.

Shuningdek, shahar va tumanlar hokimliklariga joriy yil 29-30-dekabr kunlari Mehribonlik uyi, Bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, mahallalardagi ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, shuningdek, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan bolalarga “Prezident sovgʻasi”ni yashash manzillariga olib borib tarqatishi belgilandi.

Bolajonlar uchun Yangi yil bayrami, bayram munosabati bilan oʻtkaziladigan tomoshalar, yam-yashil archa atrofida Qorbobo va Qorqiz hamrohligidagi oʻyin-kulgular olam-olam zavq bagʻishlaydi, teatrlashtirilgan tomoshalar oʻchmas taassurotlar qoldiradi. Ammo bugungi kundagi epidemiologik vaziyat inobatga olinib, joriy yilda buningdek tomoshalar tashkil qilinmasa-da, xalqparvar va bolajon hukumatimiz topshirigʻiga koʻra, koʻngli yarim, ota-ona qarovisiz qolgan, kam taʼminlangan oilalar farzandlariga Prezident sovgʻalari topshirilgani bolalarga olam-olam shodlik baxsh etdi.

29-30-dekabr kunlari tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev va barcha  sektorlar rahbarlari oʻz hududlaridagi ana shunday bolajonlar uylariga borib, Yangi yil bilan qutlab, Prezident sovgʻasini topshirdilar.

Xususan, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev Mangʻit shahrining Gulzor mahallasida istiqomat qiluvchi Asadbek Madrahimov, Madinabonu Mahrahimova, Olmazor mahallasida yashovchi Umidbek Jumaniyozov, Maftuna Ollamberganova, Gulzor mahallasida yashovchi Charos Rahimovalar yashovchi xonadonlarga tashrif buyurib, Prezidentimizning Yangi yil sovgʻasini topshirdi. Tuman hokimi bolajonlar bilan dildan suhbatlashib, yashash sharoitlari bilan tanishdi.

Shuningdek, tumandagi boshqa sektorlar rahbarlari ham oʻz hududlarida bolajonlarga Prezident sovgʻalarini topshirdilar. 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov sektor hududida istiqomat qiluvchi Behruz Asqarov, Shohruz Asqarov, Hikmatilla Rahimov, Omonboy Gʻoyibov, Sevinchoy Erkinova, Behruz Xudoyberganovlarga Prezident sovgʻasini topshirib, Yangi yil bayrami bilan qutladi, oʻqishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Bayram arafasida tuman boʻyicha 28 nafar bolajonlarga xonadonlariga tashrif buyurilib, sektorlar rahbarlari tomonidan Prezident sovgʻalari topshirildi va bayram quvonchlari hadya etildi.

Oygul Rajabova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019