19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 09:11
Jamiyat 👁 118

TUMAN ADLIYa BOʻLIMI XALQ XIZMATIDA

TUMAN ADLIYa BOʻLIMI XALQ XIZMATIDA

Mamlakatimizda ham butun dunyodagi singari oʻtgan 2020-yil pandemiya sababli qanchalik koʻp qiyinchiliklar boʻlganiga qaramasdan, xalqimiz bu sinovlarni yil davomida mardonavor yengib oʻtdi. Barcha muammolar hamjihatlikda hal qilinib, birgalikda yechim topildi. Barcha sohalardagi kabi tuman Adliya boʻlimi ham pandemiya sharoitida ishlab, oʻz faoliyatini amalga oshirdi. Masofadan turib murojaatlar bilan ishlash, targʻibot tadbirlarni oʻtkazish kabilar boʻlim faoliyatida yangilik boʻldi. Shularga qaramay, tuman Adliya boʻlimi yil davomida muayyan ishlarni amalga oshirdi.

Boʻlimga 2020-yil davomida jami 200 ta ariza va shikoyat kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 170 tasi ariza boʻlsa, 30 tasi shikoyatdan iborat. Kelib tushgan murojaatlarning 191 tasi hal qilindi. Shulardan 117 ta ariza va shikoyatlar qanoatlantirildi. Rad etilgan, huquqiy tushuntirish berilgan arizalar 74 tani va taalluqliligi boʻyicha 4 tani tashkil qildi. Murojaatlardan 5 tasi koʻrilmasdan qoldirildi.

2020-yil mobaynida bevosita shaxsiy qabulda jami 193 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Shundan 19 ta murojaat sayyor qabullar davomida kelib tushdi. Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar 5 ta boʻlib, shundan 2 tasi qanoatlantirildi, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

Boʻlim tomonidan norma ijodkorligi sohasida 2020-yil davomida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 30 ta taklif berildi. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2 ta, tuman hokimining 6 ta qarori huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi. 2020-yil davomida jami 29 nafar fuqaroning manfaati boʻyicha kiritilgan arizalardan 24 tasi qanoatlantirildi. Kiritilgan daʼvo arizalarning 23 tasi fuqarolik sudlarga, 7 tasi maʼmuriy sudlarga kiritilgan boʻlib, kiritilgan daʼvo arizalar natijasida fuqarolarning pensiya, ish haqi, mansabdor shaxsning gʻayriqonuniy xatti-harakatini bartaraf qilish, farzandiga tugʻilish guvohnomasi olish kabi masalalardir.

Kiritilgan daʼvo arizalar natijasida fuqarolar foydasiga jami 69 mln. 387 ming soʻmlik moddiy va maʼnaviy zararlar undirib berildi.

Boʻlim tomonidan yil davomida jami 84 ta idora va tashkilotlarda 75 ta oʻrganish va 61 ta monitoringlar oʻtkazildi. Shundan 3 ta oʻrganish ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga, 63 tasi inson huquqlarini himoya qilish sohasiga, 3 yuridik xizmat faoliyatiga va 6 tasi norma ijodkorligi sohasiga oid. Oʻtkazilgan oʻrganishlarning 60 tasi murojaatlar asosida boʻldi. Oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlar davomida jami 7740 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Oʻrganish davomida aniqlangan mazkur qonunbuzilish holatlari boʻyicha idora va tashkilotlarga jami 97 ta taqdimnomalar kiritildi. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan 5 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, 1 nafar mansabdor shaxsning qonunga xilof harakati, 19 ta gʻayriqonuniy hujjat ijrosi toʻxtatilib, yana 10 ta hujjat bekor qilindi. Taqdimnomalar asosida fuqarolarning 1 mlrd. 183 mln. 679 ming soʻm pul mablagʻlari toʻlab berildi.
Maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan 9 ta taklif berildi. Shundan toʻgʻridan toʻgʻri rasmiylashtirilgan bayonnomalar 5 tadan iborat boʻlsa, 4 nafar mansabdor shaxs yuzasidan tegishli idoralarga taklif berildi. Barcha takliflar boʻyicha 9 nafar mansabdor shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Boʻlim tomonidan yil davomida jami 43 ta davlat organlari va tashkilotlariga 63 ta Qonun, 471 ta Prezident Farmon va qarorlari, 608 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 276 tasi vazirlik va idoralarning buyruq va yoʻriqnomalari, jami 1450 ta qonun va qonun osti aktlari yetkazildi.

Fuqarolarning huquqiy onggi va madaniyatini oshirish yuzasidan oʻtgan yil davomida ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilindi. Ogʻzaki huquqiy targʻibot 480 tani, koʻrgazmali targʻibot 40 tani tashkil qildi. Yil davomida jami 843 ta targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Alohida taʼkidlab oʻtish joizki, boʻlimning targʻibot tadbirlari bu yilgi pandemiya sharoitini hisobga olinib, ijtimoiy masofaga qatʼiy amal qilgan holda tashkil etildi.

Barcha harakatlarimiz xalqimiz uchun, aholining huquqiy manfaatlarini himoya qilish uchun qaratilgan. Fuqarolarning qonunlarga hurmatini, adolat qaror topishiga ishonchini mustahkamlash, jamiyatda qonun ustuvorligi taʼminlanishiga, yurt taraqqiyotiga hissa qoʻshish esa asosiy vazifamizdir.

M.Matyusupov, Amudaryo tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026