16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:52
Siyosat 👁 321

AMUDARYoDA VATAN HIMOYaChILARI KUNI KOʻTARINKI RUHDA NIShONLANDI

AMUDARYoDA VATAN HIMOYaChILARI KUNI KOʻTARINKI RUHDA NIShONLANDI

Vatanimizning xavfsizligi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi Qurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda taʼminlanmoqda. Milliy armiyamizda xizmat qilish Oʻzbekiston fuqarolari uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch, ayni paytda tom maʼnodagi shon-sharaf ishiga aylanganligi ham ayni haqiqat. Yurtimizda 14-yanvarda nishonlanadigan Vatan himoyachilari kuni esa chin maʼnoda umumxalq bayramiga aylangan. Bu bayramning mavqei, maʼno-mohiyati ulugʻ va yuqori boʻlib, ayni chogʻda butun xalqimizga, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlodga birday taalluqlidir. Shu bois yosh avlod qalbida Qurollik kuchlarimiz, Milliy armiyamizga havas hamda iftixor tuygʻulari, fuqarolarimizning ong-u tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligini, davlat xavfsizligini himoya qilish uchun masʼuliyat tuygʻusini chuqur singdirish maqsadida ushbu bayram munosabati bilan mamlakatimiz boʻylab turli tadbirlar oʻtkaziladi. Vatan himoyachilari kuni Amudaryo tumanida ham oʻzgacha ruhda nishonlandi.

14-yanvar kuni tumanda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli  Kuchlarining 29 yilligiga bagʻishlab “Kim Vatanga sodiq boʻlsa, mendirman oʻsha” nomli katta bayram tadbiri oʻtkazildi. Tumandagi 9-sonli musiqa va sanʼat maktabida tashkil etilgan ushbu bayram tadbirida dastlab harbiy texnikalar koʻrgazmasi namoyish etildi.

Maktabning tomoshalar zalida davom ettirilgan tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Azizbek Januzakov, DXX chegara qoʻshinlariga qarashli qismlar harbiy xizmatchilari hamda tuman  hokimligi masʼul hodimlari, faxriy jangchilar, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, jamoat tashkilotlari rahbarlari, harbiy qismlarda namunali xizmat qilib qelayotgan askarlar qatnashdilar.

Bayram tadbirini tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev tabrik nutqi bilan ochib berdi. Tuman hokimi barchani bayram bilan qutlab, mamlakatimizda hukmron boʻlgan tinchlikning eng katta boylik ekanligini, Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar yuksak samaralar berayotgani, harbiy xizmatga yoshlarimizning qiziqish va intilishi tobora ortib, Vatan himoyasi shon-sharaf ishiga aylanib borayotganini alohida taʼkidladi. Umrini Vatan himoyasiga baxshida qilgan, ona diyorimiz sarhadlarini, erk va ozodligimizni ishonchli qoʻriqlayotgan askar-zobitlar, jasur harbiylarimizning el-yurt osoyishtaligini saqlashdagi fidoyiligini hech narsa bilan qiyoslab boʻlmasligini aytib oʻtdi.

Bayram tadbirida soʻzga chiqqan tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Azizbek Januzakov ham Oʻzbekistonimizni, Vatanimizni doimo qoʻriqlash har bir insonning muqaddas burchi ekanligini, yosh avlod qalbida yurtga cheksiz mehru-muhabbat, vatanparvarlik, burch va sadoqat tuygʻularini mustahkamlash dolzarb masalalardan biri ekanligini aytib oʻtdi. Amudaryo tumani hududidagi DXX chegara qoʻshinlariga qarashli 92-02 harbiy qism komandiri Elyor Jumaboyev ham tabrik nutqida Milliy Armiyamiz tinchlikdek ulugʻ neʼmatning ishonchli kafolati boʻlib xizmat qilayotganini alohida taʼkidladi.

Tadbirda nuroniy otaxon Bekman Allaberganov, ayni paytda harbiylik burchini sidqidildan ado etayotgan askar onasi Soliya Jumaboyeva, Yoshlar agentligi tuman boʻlimi faoli Nigora Saidmurodovalar ham sharafli kasb egalari boʻlgan harbiylarni va butun xalqimizni bayram bilan tabrikladi. Shundan soʻng, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi xodimlariga va faxriy jangchilari tuman xokimligining qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

Tadbirda tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan “Kim Vatanga sodiq boʻlsa, mendirman oʻsha” nomli katta adabiy-musiqiy dastur namoyish etildi.

Dastur davomida ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar, dilrabo raqslar, kompozitsion sahna koʻrinishlari tomoshabinlarga bayramona ruh, xush kayfiyat baxsh etdi.

Bayram tadbiri tugaganidan soʻng, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi  Azizbek Januzakov, tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov hamda boshqa masʼullar uzoq yillar sohada xizmat qilgan faxriy harbiy xonadoniga tashrif buyurib, bayram bilan tabriklashdi va sovgʻalar berishdi.

Shuningdek, tuman hududidagi vafot etgan harbiylarning xonadonlariga ham borib, oilalari holidan xabar olindi. Ularning barchasi masʼullar tashrifidan, eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan nihoyatda xursand boʻlib, minnatdorchiliklarini bildirdilar.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019