19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 06:36
Jamiyat 👁 204

“Kim Vatanga sodiq boʻlsa, mendirman oʻsha!” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi

“Kim Vatanga sodiq boʻlsa, mendirman oʻsha!”  shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi

13-yanvar kuni Amudaryo tumanida ham Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab, tuman hokimligi,  Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi, Tibbiyot birlashmasi, Xalq taʼlimi boʻlimi, Mudofaa ishlari boʻlimi, Ichki ishlar boʻlimi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman Kengashi hamkorligida “Kim Vatanga sodiq boʻlsa, mendirman oʻsha!”  shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi.

Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman Kengashining sport maydonchasida boʻlib oʻtgan ushbu musobaqada tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining sportchi yoshlari ishtirok etdilar. Sport musobaqasining tantanali ochilish marosimida hamkor masʼullar ishtirokchilarni Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabriklab, musobaqa qatnashchilariga omad tiladilar.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda tuman hokimining farmoyishlari ijrosini taʼminlash, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni sport musobaqalariga  ommaviy tarzda jalb qilish maqsadidagi mazkur musobaqalar dastlab 8 ta hududda oʻtkazilib, 858 nafar yoshlar qamrab olingan edi. Shu kungi yakuniy bosqich uchun oʻtkazilgan musobaqalarda esa 88 nafar sportchi yoshlar sportning arqon tortish, mini futbol, harbiy sport turlari, yaʼni 1000 metrga yugurish, turnikda tortilish, granata uloqtirish, oʻq otish, kuch sinashish turlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Taʼkidlash joizki, Vatan, xalq, ajdodlarimiz, buyuk allomalarimizning shuhratini dunyoga tarannum etishda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, har  tomonlama yetuk, jismonan sogʻlom, bilimli va fidoyi farzand qilib shakllantirish yoʻlida xalq, albatta, oʻzining buyuk kelajagini barpo etishga qodir. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir insonning qalbiga Vatan tuygʻusini singdirish, bir necha ming yillik moddiy va maʼnaviy madaniyat maskanlaridan biri – ona  Oʻzbekistonimizning haqiqiy jonkuyari boʻlishga erishish hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridandir. Yoshlar qalbida Vatan himoyasi yoʻlidagi mardlik va shijoat namunalarini shakllantirish, birdamlik, joylarda sogʻlom maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishdek ezgu maqsadlar koʻzlab oʻtkazilgan mazkur musobaqalar davomida yosh sportchilar oʻzlarining chaqqon va epchilliklarini, abjirligini, sport mahoratini namoyish etib, gʻoliblik uchun harakat qildilar.

Musobaqa natijalariga koʻra,  arqon tortish boʻyicha  1-oʻrinni 3-sonli maktab jamoasi, 2-oʻrinni 41-sonli maktab jamoasi,  3-oʻrinni 31-sonli maktab jamoasi qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishdi. Mini futbol musobaqasida 1-oʻrinni 4-sonli maktab jamoasi, 2-oʻrinni 17-sonli maktab jamoasi, 3-oʻrinni 9-sonli maktab jamoasi qoʻlga kiritdi. Shuningdek, harbiy sport musobaqalarida 41-sonli maktab jamoasi 1-oʻrin, 3-sonli maktabi jamoasi  2-oʻrin,  12-sonli maktab jamoasi 3-oʻrin gʻolibi deb topildi.

Tadbirning yakunlovchi qismida musobaqa gʻoliblariga tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimining diplom va faxriy yorliqlari topshirildi. Gʻolib jamoalar tuman hokimligi, Xalq taʼlimi boʻlimi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar boʻlimi tomonidan ham sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida oʻtkazilgan ushbu sport tadbirlari ular qalbidagi yurtga daxldorlik tuygʻularini yanada yuksaltirdi.

X.Ismailov, tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026