19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 06:36
Jamiyat 👁 193

VATANPARVAR YoShLARNI KAMOLGA YeTKAZAYoTGAN USTOZ

VATANPARVAR YoShLARNI KAMOLGA YeTKAZAYoTGAN USTOZ

Yosh avlod qalbida Vatanga cheksiz mehru-muhabbat, sadoqat tuygʻularini mustahkamlash hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biri sanaladi.

Yoshlar ongiga ushbu tuygʻularni singdirish, ularni harbiy-vatanparvarlik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda umumtaʼlim maktablarida oʻtilayotgan Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani muhim oʻrin tutadi. Shuningdek, chaqiruvga qadar boshlangʻich taʼlim – yoshlarning siyosiy, maʼnaviy dunyoqarashini oʻstirish, xalqimizning boy tarixi, shonli jangovar anʼana va qadriyatlariga sadoqat ruhida tarbiyalash, sportning harbiy va amaliy turlarini rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tumanimizdagi 46-sonli maktabda ham ushbu fandan dars mashgʻulotlari samarali tashkil etilib, oʻquvchi-yoshlar vatanparvarlik ruhida tarbiyalanmoqda. Fan boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini maktabning chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik  boʻyicha rahbari, tajribali oʻqituvchi Amin Yoʻldoshev nazariy va amaliy tarzda tashkil etib, oʻquvchilarga Vatan mudofaasi toʻgʻrisida tushuncha, chuqur bilim berib bormoqda. Oʻquvchilar darslarda Qurolli Kuchlarimiz qoʻshinlarining turlari va tuzilishi, harbiy nizomlar haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishmoqda. Shu qatorda ular saflanish, oʻqotar qurollar, harbiy texnika turlari, ulardan foydalanish qoidalarini oʻrganib, chidamlilik, kuchlilik, tezlik, chaqqonlik boʻyicha jismoniy mashqlarni bajarish koʻnikmalarini ham oʻzlashtirishmoqda.

Oʻquvchilarga dars mashgʻulotlari doimiy ravishda maxsus jihozlangan sinfxonada oʻtkaziladi. Hozirda maktabdagi ushbu  sinfxona zamonaviy oʻquv qurollari, harbiy aslahalar koʻrinishidagi koʻrgazmali jihozlar, turli maketlar, harbiy liboslar va boshqa buyumlar bilan toʻliq taʼminlangan. Ular yordamida oʻquvchilarga fanni oʻqitish jarayoni yanada oson boʻlmoqda. Chunki, qurol yoki harbiy aslahani koʻrgan oʻquvchining nazariy darslarda olgan bilimlari yanada mustahkamlanib, amaliy koʻnikmalari oshib boradi.

Dastlabki harbiy bilim va koʻnikmalarni berish, armiyaga yoshlarni tayyorlash – chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilaridan chuqur bilim va boy hayotiy tajribani, milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlar va yangiliklardan boxabar boʻlishni, dastlabki harbiy koʻnikmalarga ega boʻlishni talab etadi. Shu bois fan oʻqituvchisi A.Yoʻldoshev muntazam ravishda oʻz ustida ishlab, tinimsiz ravishda izlanadi.

Ayni paytda oʻz darslarini samarali tashkil etib, oʻquvchi-yoshlarga Milliy armiyamiz davlat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va tinch-osoyishta hayotining kafolati ekanligini tushuntirib kelayotgan tajribali ustoz harbiy unvonga ega, zahiradagi katta leytenant. Oliy oʻquv yurtini boshlangʻich harbiy tayyorgarlik va jismoniy tarbiya yoʻnalishi boʻyicha tugallagan A.Yoʻldoshev oʻzi tahsil olgan 46-sonli maktabda boshlangʻich harbiy tayyorgarlik fani oʻqituvchisi boʻlib ish boshlagan edi. Soha boʻyicha chuqur bilimga ega boʻlgan mutaxassis 1996-2001-yillarda tuman Mudofaa ishlari boʻlimida  Boshlangʻich harbiy tayyorgarlik boʻlinmasi boshligʻi lavozimida ishladi.

Maktablarda Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanini oʻqitishda mutaxassis kadrlarga boʻlgan ehtiyoj tufayli u 2001-yilda yana 46-sonli maktabga qaytib, oʻqituvchilik faoliyatini davom ettirdi. Oʻtgan yillar davomida ishga boʻlgan talabchanligi, masʼuliyatliligi, fidoyiligi sababli jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, maktab direktori kabi vazifalarda ham mehnat qildi.

Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilishga qodir, tezkor, jangovar qobiliyati yuksak kadrlar tayyorlash davr talabidir.  Yosh avlodni ana shu talabga koʻra vatanparvar, yurtga munosib farzandlar qilib kamolga yetkazayotgan ustoz A.Yoʻldoshev buni oʻzining Vatan oldidagi burchi deb biladi.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026