16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:53
Iqtisodiyot 👁 2,954

INVESTORLARGA YaRATILGAN IMTIYoZ VA QULAYLIKLAR xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda muhim omil boʻlmoqda

INVESTORLARGA YaRATILGAN IMTIYoZ VA QULAYLIKLAR xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda muhim omil boʻlmoqda

Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirishga, chet ellik investorlar hamda chet el investitsiyalari jalb etilgan korxonalar uchun beriladigan kafolatlar va imtiyozlar tizimini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. "Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi, "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi, "Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunlar qabul qilinishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va ularning faoliyatini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, "Xorijiy sarmoyalari boʻlgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, "Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonlari bilan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga imtiyozlar berilishi xorijiy sarmoyadorlarning Oʻzbekistonga qiziqishlarini oshirmoqda.

Tumanimizda ham bir nechta xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qoʻshma korxonalar samarali faoliyat yuritmoqda.

Tumanda pillani qayta ishlashga moʻljallangan "AZIYA SILK” Vetnam shoʻʼba korxonasi tashkil qilinishi natijasida tumanning 63 nafar aholisi ish bilan taʼminlandi.

Korxonada pillani qayta ishlash natijasida pilla ipagi ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, oʻtgan 2013-yilda jami 498,3 ming AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilingan boʻlsa, joriy yilning 1 choragi davomida 140,9 ming AQSh dollari miqdorida eksport amalga oshirilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 4 barobar oʻsim surʼatiga erishildi.

Bugungi kunda korxonada faqat pilla ipagi eksport qilinayotgan boʻlsa, joriy yilda loyiha qiymati 310 ming AQSh dollariga teng, yiliga 720 tonna trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan loyiha ustida ishlar olib borilmoqda. Bu loyiha amalga oshirilishi natijasida qoʻshimcha ravishda 50 ta yangi ish oʻrinlari yaratilib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 80 foizini eksport qilish rejalashtirilmoqda. Bu bilan tumanimizda tayyor mahsulot eksportiga erishiladi.

Shuningdek, tumandagi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Mangit Invest plus” qoʻshma korxonasida qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Shuning bilan birgalikda korxonada qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayyorlash ishlari bilan shugʻullanish uchun 2012-yilda oʻz mablagʻlari hisobidan 400,0 mln soʻmlik investitsiya kiritib, sigʻimi 400 tonnalik zamonaviy muzlatgichli omborxona qurib ishga tushirildi. Buning natijasida oʻtgan 2013-yil davomida 49,1 ming AQSh dollari miqdorida qishloq xoʻjalik mahsulotlari eksport qilingan boʻlsa, joriy yilning 1 choragida 208,2 ming AQSh dollari miqdorida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini eksport qilishga erishildi.

Bu korxonaning faoliyat boshlashi natijasida 15 nafar kishi ish bilan taʼminlandi.

Bu yoʻnalishlarda olib borilayotgan ishlar uzluksiz davom qildirilib, oʻtgan 2013-yilning oxirida tumanning Nazarxon ovuli hududida qora metall chiqindilaridan yiliga 20 tonna armatura ishlab chiqarishga moʻljallangan  xorijiy investitsiya ishtirokidagi "Shosh Mangit” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishga tushirildi. Korxonada armatura ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun jami 295,0 ming AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar kiritildi.

Korxonaning ishga tushirilishi natijasida 20 ta yangi ish oʻrinlari tashkil qilinib, hozirgi kunda ishlab chiqarish jarayoni boshlab yuborilgan. Bugungi kunda korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki isteʼmol bozoriga sotilib, nafaqat tumanning, balki Qoraqalpogʻistonning armaturaga boʻlgan ehtiyojining bir qismini qondirmoqda.

Kelgusida korxonani yanada kengaytirish evaziga ishlab chiqarish quvvatini oshirish va ishlab chiqarilgan mahsulotning kamida 25-30 foizini eksportga chiqarish moʻljallanmoqda.

Xulosa oʻrnida aytish kerakki, mamlakatimiz qonunchiligida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirish maqsadida nazarda tutilgan keng qamrovli chora-tadbirlar majmui yurtimizda xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish borasida diqqatga sazovor natijalarga erishish imkonini bermoqda. Bu esa oʻz navbatida iqtisodiyotimiz rivoji va xalqimiz turmush farovonligi oshishiga xizmat qiladi.

 

Kamiljon Aytbayev,

tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019