17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:57
Jamiyat 👁 2,614

Koʻzim qarogʻida ulgʻay, bolajon!

Koʻzim qarogʻida ulgʻay, bolajon!

Azizim! Bu dunyoning barcha tashvishlarini bir chetga qoʻyib, chor-atrofga olamcha hayrat, hayajon bilan ilk qadamini qoʻyayotgan jajji bolajonga bir qarang! Beixtiyor uning goʻdaklarcha hadik, ayni damda qiziqish bilan olgʻa intilishidan zavqlanib ketdingiz. Qoqilib ketmasin, deya qadamiga poyondoz boʻlgingiz, qoʻllaridan tutib ravon, emin-erkin olgʻa intilishiga koʻmak bergingiz kelib ketdi, begʻubor kulgusiga jon nisor qilgudaysiz, yurak-yuragingizdan uning kamolini tilaysiz, uni dolgʻali dunyoning toʻlqinlaridan koʻzi qarogʻingizda asragingiz keldi...

Globallashuv asri, axborot asri, yuksak rivojlanish asri deya nomlanayotgan bizning bugungi davrimizda bola kamoli uchun harakat u dunyoga kelmasidan oldin boshlanadi. Avvalo homilaning normal rivojlanishi, ona sogʻligʻi muntazam nazorat qilib boriladi va zarur hollarda yordam koʻrsatiladi. Dunyoga kelgan chaqaloqning ulgʻayishi, aqliy, jismoniy rivojlanishi uchun barcha sharoitlar mavjud. Maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim muassasalarida ularning zamonaviy ilm-fanni chuqur egallashlari, tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo. Taʼlimning keyingi bosqichida esa yoshlar taʼlim-tarbiya olibgina qolmay, kasb-hunar ham egallaydilar, oʻz tanlagan kasbi boʻyicha ilk koʻnikmalarga ega boʻladilar. Va kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tugatayotgan oʻgʻil-qizlar ishga ham joylashtiriladilar.

Mamlakatimizdagi bolalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar qanchalik keng qamrovli va istiqbolli boʻlmasin, tashvishlanarli taʼsir koʻrsatuvchi omillar ham mavjudligi barchamizga birdek ayon. Bu – bolalar qay birini toʻgʻri yo notoʻgʻriligini anglab ulgurmay soniya sayin internet tarmogʻi orqali oqib kelayotgan axborotlar oqimidir. Bu axborotlarning, xususan Yevropa "ommaviy madaniyatining” yoshlar ongidagi taʼsiri hozir shu darajaga yetdiki, maktabning boshlangʻich sinf oʻquvchilari ham urush, qirgʻinbarot, bir-birovni qiynash kabi manzaralar aks etuvchi kinofilmlarni mijja qoqmay koʻradi. Jabrdiydaga achinish oʻrniga ozor beruvchiga havaslanib qaraydi, mashinalarning toʻqnashuvini qiyqirib chapak chalib olqishlaydi. "Ommaviy madaniyat” deb nomlanuvchi oʻta axloqsizlik, behayolik, demokratiya niqobi ostidagi hayvoniy hirs va nafsiy buzuqlik kabi illatlar tasvirlangan manzaralar yoshlarimiz tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatayotganidan koʻz yumib boʻlmaydi.

Angliyaning "Gardian” gazetasi yozishicha, mamlakatda oila qurganlarning uchdan biri tezda ajrashib ketadi. Frantsiyada oʻtkazilgan soʻrovlarga koʻra 48 foiz oʻquvchi qizlar nikohsiz tugʻishni mutlaqo ayb sanamasligi maʼlum boʻldi. Amerikalik 12 yashar bola oʻz sinfdoshlariga qurol oʻqtalib, maktab maʼmuriyatiga ularni qoʻyib yuborish uchun talabnoma qoʻydi. Bularning bari Yevropadagi tizginsiz "ommaviy madaniyat”ning bolalar hayotidagi koʻrinishlaridir.

Tashvishlanarlisi bu axborotlarnibizning bolalarimiz ham tinglayotgani, internet, turli disklar orqali nomaqbul, fahsh, zoʻravonliklar aksettirilgan filmlarni koʻrayotganidir. Globallashuv jarayoni kechayotgan davr oynasida bolalarimiz axborotlarning oʻzlariga kerak yo nokerakligini anglay olmay qolishi katta maʼnaviy yoʻqotishlarga sabab boʻladi.

Turli axborot xurujlaridan bolalarni himoya qilishning eng maqbul va samarali yoʻli – bu taʼlim-tarbiyaning eng samarali va taʼsirli usullaridan foydalanish, oilada farzand tarbiyasiga befarq boʻlmaslik, bolalarni har qanday voqea-hodisaga toʻgʻri baho bera oladigan yuksak maʼnaviyatli qilib voyaga yetkazishdir. Yurtboshimiz aytganlariday "Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch”.

Ayni kunda mamlakatimizda bu vazifalarning amaliy ijrosi taʼminlanishi uchun keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. "Sogʻlom bola yili” Davlat Dasturida ham bular oʻz aksini topgan. Voyaga yetmagan yoshlarning koʻngil ochar maskanlarda tungi vaqtlarda ota-ona kuzatuvisiz boʻlishlariga qonuniy chek qoʻyildi. Behayolik, zoʻravonlik va shavqatsizlikni targʻib etuvchi mahsulotlarni tayyorlash, mamlakatimizga olib kirish, tarqatish va namoyish qilishga chek qoʻyilmoqda, erta nikohlarning oldini olish, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik holatlarining oldini olishga qaratilgan saʼy-harakatlar shular jumlasidandir.

"Bolalarni, ularning maʼnaviy va jismoniy rivojlanishiga zararli taʼsir koʻrsatuvchi axborotlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqilayotgani ham bu intilishlarga yanada kuch beradi.

Azizim! Zamon tezkor, zamon shiddatli. Oʻgʻil-qizimizni bu oqimda bemalol suza oladigan va adashmay manziliga yeta oladigan qilib tarbiyalash esa biz ota-onalarning zimmamizdadir.

Men soʻzim boshida endi ilk qadam qoʻygan goʻdakni bejiz tasvirlamadim. Jon-u jahonimiz - farzandlarimizning hayotga safari ilk qadamidan boshlanadi. Uning qay manzilga yetmogʻi biz uni qay yoʻlga yetaklashimizga bogʻliq. Mamlakatimizda bolalarning barkamol boʻlib voyaga yetishlari uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar, gʻamxoʻrliklarga bugun butun dunyo havas qilmoqda. Bolalarimizning bulardan bahramand boʻlmogʻi, komil inson boʻlib voyaga yetmogʻi uchun ularni nomaqbul axborotlar xurujidan himoya qilishga eng avvalo biz - ota-onalar javobgarmiz.

Oygul RAJABOVA.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019