16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:50
Adabiyot 👁 2,594

Gazeta – hayotim boʻlagi

Gazeta – hayotim boʻlagi

Oliygohni tugatganimdan keyingi ilk ish faoliyatimni men uchun aziz dargoh - "Amudaryo haqiqati” gazetasi tahririyatidan boshladim. Oliygohda oʻqish davomida olgan bilimlarimni bu dargohdagi ustozlarim Allambergan aka Jumaniyozov, Xonimjon opa Rajabova, Saʼdulla aka Xoʻjaniyozov, Robiya opa Yoʻldosheva, Oygul opa Rajabovalardan tajriba oʻrganib, yanada boyitishga, ularga munosib shogird boʻlishga harakat qildim. Vaholanki, ustozlarimning har biri oʻziga xos ish uslubi, yetuk tajriba, mahorat maktabiga ega iqtidorli, el oldida oʻz nomi bilan tanilgan jurnalistlar edi. Shu oʻrinda taʼkidlashim joizki, Allambergan aka Jumaniyozovdan tashabbuskorlik, Xonimjon opa Rajabovadan kuzatuvchanlik, dadillik, Saʼdulla aka Xoʻjaniyozovdan talabchanlik, mulohazakorlik, Robiya opa Yoʻldoshevadan joʻshqinlik, samimiylik, Oygul opa Rajabovadan esa vazminlik, intiluvchanlik kabi xislatlarni, eng muhimi, ularning har biridan fidoyilikni oʻrgandim.

Tahririyatda ish boshlagan yillarim gazeta hayotida oʻziga xos davr boʻldi. Chunki shu yillarda bu yerdagi jurnalistlar tashabbusi bilan gazeta chop etishning eski bosma usulidan yangi texnologiyalar asosida, yaʼni kompyuterda sahifalashga oʻtila boshlagandi. Dastlab gazetaning bayram sonlari, keyinchalik Allambergan aka Jumaniyozov tashabbusi hamda jurnalistlar jamoasining ijodiy qoʻllab-quvvatlashi bilan "Yulduz" hissadorlik jamiyati muassisligida tashkil etilgan "Hamroz” gazetasi ham kompyuter yordamida tayyorlandi. U paytlarda tahririyatda kompyuter boʻlmaganligi sababli markazga, Nukus shahridagi "Nukus poligrafkombinati” MChJga borib ishlashga toʻgʻri kelardi. Bu oʻz oʻrnida ancha mashaqqat, qiyinchilik tugʻdirsa ham biz jurnalistlar gazetani sifatli tayyorlab, obunachilarga oʻz vaqtida yetkazib berishga harakat qilardik. Zero, har bir sonni tayyorlash jurnalistlardan juda katta matonat, mehnat talab qilar edi. Albatta, gazetani yillar davomida muxlislar nazaridan qoldirmaslikka harakat qilish ham oz mehnat evaziga kelmaydi.

"Amudaryo haqiqati”ning "Taraqqiyot koʻzgusi”ga aylanishi, uning shu kunga qadar yetib kelishida tumanimizdagi har bir jurnalistning mashaqqatli mehnati, sabr-u bardoshi, matonati, hissasi bor. Oʻz oʻrnida men ham mana shunday sharafli ishda jurnalist sifatida ishtirok etganligimdan faxrlanaman.

Tahririyatda men ilk ish faoliyatimni boshladim va oʻziga xos hayot tarzini – xalq uchun, Vatan uchun, jamiyat uchun fidokor boʻlishni oʻrgandim hamda oʻz yoʻlimni topdim. Shu bois, tahririyatni, gazetani hayotimning bir boʻlagi deb bilaman va qadrlayman.

Ozoda Xudoyberganova,

jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026