16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:26
Siyosat 👁 2,973

Oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari

Oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari

Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan "Oʻzbek modeli”ning hayotimizga tatbiq etilishi natijasida davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan oʻzgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini taʼminlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, yaʼni islohotlar tashabbuskori boʻlishi va uni muvofiqlashtirib borishi, qonun ustuvorligini taʼminlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish tamoyillariga asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishda ulkan yutuqlar qoʻlga kiritildi.

Shu oʻrinda davlat qurilishi va uning taraqqiyoti, jamiyatimizning demokratik yangilanishi, iqtisodiyotimizni rivojlantirish va erkinlashtirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bilan bogʻliq boʻlgan, qisqacha aytganda, oldimizda turgan barcha muammo va vazifalarni yechishda muhtaram yurtboshimiz I.Karimov aytganlaridek "Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, inson manfaatlarini taʼminlash uchun” degan teran maʼnoli fikrlarini aslo unutmasligimiz kerak.

Mustaqillik yillarida FHDYo organlari faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu yoʻnalishdagi chora-tadbirlar fuqarolarga malakali huquqiy yordam koʻrsatish imkonini bermoqda.

Mustaqil taraqqiyot yillarida demokratik yangilanish va siyosiy islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishda erishgan muhim yutuqlarimizdan biri bu asosiy Qonunimiz - Konstitutsiyaning qabul qilinishi boʻldi.

Millat va davlatning rivojlanishi koʻp jihatdan oilaga bogʻliq boʻlgani uchun 1992-yilda qabul qilingan Konstitutsiyamizning XIV bobi oilaga bagʻishlandi. Uning 63-moddasiga binoan "Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”. Shuningdek, Konstitutsiyamizda onalik va bolalikning davlat tomonidan mustahkamlanishi, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni boqish, tarbiyalash va oʻqitishni taʼminlashi, ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga hamda voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar oʻz ota-onalari haqida gʻamxoʻrlik qilishga majbur ekanliklarining belgilanganligi milliy qadriyatlarimizga asoslangan boʻlib, ushbu normalar biron-bir davlat konstitutsiyasida mavjud emas.

Istiqlol yillarida yoshlarga oila qurish naqadar muhim va masʼuliyatli ish ekanini anglatish, sogʻlom oilani shakllantirish, oilada yuksak maʼnaviy-axloqiy muhitni qaror toptirish uchun zarur shart-sharoit yaratish, yosh kelin-kuyovlarni oilaga tayyorlash, oila manfaatlarini himoyalash, sogʻlom farzand oʻstirish, tarbiyalash va voyaga yetkazish masalasi eng ustuvor siyosat darajasiga koʻtarildi.

1998-yil "Oila yili”, deb nomlandi, maxsus davlat dasturi hayotga tatbiq etildi. Xuddi shu yili Oila Kodeksi kuchga kirdi. 2002-yilda Kodeksning 17-moddasiga nikohlanuvchi shaxslarni davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni koʻzda tutuvchi qoʻshimcha kiritildi. Unga asosan hukumatimizning 2003-yil 25-avgustdagi 365-sonli qarori bilan nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanib, nikohlanuvchi shaxslarning psixik, narkologik, tanosil, sil, OIV/OITS kasalliklari boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi belgilab qoʻyildi. Bu esa, tibbiyot muassasalari qatori FHDYo organlari zimmasiga ham alohida masʼuliyat yukladi. Ahamiyatlisi, bu kabi saʼy-harakatlar sogʻlom zurriyodning dunyoga kelishiga xizmat qilmoqda.

Yoshlarning, xalqimizning huquqiy bilimlarini, maʼnaviy madaniyatini yuksaltirish, onalar sogʻligini mustahkamlash, sogʻlom avlodni shakllantirish, yoshlarning tarbiyasiga ahamiyat berish, oiladagi muhitni sogʻlomlashtirish maqsadida FHDYo boʻlimlarida "Oila dorilfununi” tashkil etildi.

Keyingi yillarda FHDYo organlari faoliyatini takomillashtirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlarida ish yuritish tartibi haqidagi Yoʻriqnoma, Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarning qabul qilinishi, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahrirda ishlab chiqilishi, FHDYo organlari masʼul xodimlariga maxsus unvonlar, yaʼni martaba darajalarining berilishi sohaga boʻlgan eʼtiborning yorqin namunasi, deya eʼtirof etish mumkin.

2011-yilning 30-dekabrida Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilinib, unga koʻra olis aholi punktlarida yangi shtat birliklari va FHDYo boʻlimlari tashkil qilindi.

Amudaryo tumani FHDYo boʻlimigabir ish yurituvchiva uchta qorovulshtatlari yangidan berildi.Inspektor lavozimidagi xodimlaroliy yuridik maʼlumotgaega kadrlar bilantaʼminlandi.

Tumanimiz FHDYoboʻlimining 1935-yildan boshlabhozirgi kunga qadararxiv fondida saqlanibkelayotgan tugʻilganlik, nikoh,nikohdan ajrashganlik vaoʻlim haqidagi arxivkitoblari dalolatnoma yozuvininghar bir turiboʻyicha ajratilib, jami 1381 arxiv kitoblari yangidan tikildiva inventarizatsiya ishlariamalga oshirildi, elektronalfavit tizimi yaratildi.Joriy yilning iyul oyidan boshlab,yagona elektron arxivtizimiga oʻtildi.

Bu esa xalqimiz uchun ulkan ahamiyatga ega muhim voqea boʻlib, xalqqa huquqiy xizmat koʻrsatishni yanada yaxshilashda, xususan, nikoh marosimlarining zamon talablariga xos, tantanali ravishda oʻtkazilishiga hamda kelajak avlodning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari himoya qilinishiga imkon yaratadi.

Xulosa oʻrnida aytganda, FHDYo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar avvalo fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarishga qaratilgan. Zero, har bir shaxs malakali huquqiy yordam olish huquqiga ega boʻlib, asosiy qonunimizda mustahkamlab qoʻyilgan ushbu tamoyilni toʻla-toʻkis amalga oshirish faoliyatimizning bosh mezoniga aylangan. Bu esa huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy shartidir.

S.Xalbayeva,

tuman FHDYo boʻlimi mudirasi.
(Foto - http://www.haqida.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019