16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:26
Jamiyat 👁 3,053

Oʻzbekistonda internet-jurnalistika rivojlanmoqda

Oʻzbekistonda internet-jurnalistika rivojlanmoqda
Poytaxtimizda "Milliy internet-jurnalistikani rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari boshlandi.
Tadbir Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar axborot xizmatlarining masʼul xodimlari, media soha ekspertlari, markaziy, hududiy bosma va internet ommaviy axborot vositalari jurnalistlari, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻqituvchi va talabalari, blogerlar ishtirok etdi.
Tadbirda Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori A.Abdullayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi A.Joʻraboyev, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari A.Fayzullayev, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari O.Toshboyev va boshqalar soʻzga chiqdi. Ular ushbu tadbir mamlakatimizda internet-jurnalistikaning bugungi ahvoli va uni rivojlantirish tendentsiyalari haqida fikr almashish, veb-nashrlarda maqolalar sifatini yaxshilash masalasini koʻrib chiqish, internet ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishning qonunchilik asoslarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish, shuningdek, jurnalistlar bilimi va mahoratini oshirish uchun oʻziga xos maydon ekanini taʼkidladi.
Seminarda axborot sohasini isloh qilish borasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirish va davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, media sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bosqichlari, internet ommaviy axborot vositalari uchun kadrlar salohiyatini oshirishning dolzarb masalalari, shuningdek, Oʻzbekistonda onlayn-jurnalistikani rivojlantirishning amaliy jihatlariga bagʻishlangan maʼruzalar tinglandi.
Xususan, bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilayotgani taʼkidlandi. Bu aholining oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish imkoniyatini kengaytiradi, barqaror iqtisodiy yuksalishga erishish, xalqimiz farovonligini oshirish, yurtimizda tinchlik-barqarorlikni mustahkamlashga yordam beradi.
Bu borada oʻnlab meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi qonuni, Prezidentimizning 2012-yil 21-martda qabul qilingan "Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi "Interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishni hisobga olgan holda internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari, 2013-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi va boshqa hujjatlar qabul qilinib, amalga oshirilmoqda.
1995-yil 29-aprelda ".uz” domeni roʻyxatga olinganidan buyon unda joylashtirilayotgan veb-saytlar soni yil sayin koʻpayib borayotgani buning amaliy natijalaridan biridir. Masalan, 2010-yilning fevral oyida mamlakatimiz internet makonida 10 mingta veb-sayt roʻyxatga olingan boʻlsa, joriy yil sentyabrda ularning soni 18,3 mingdan oshdi. Internet ommaviy axborot vositalari ham jadal rivojlanmoqda. Ayni paytda ommaviy axborot vositalarining 270 dan ziyod tarmogʻi foydalanuvchilarga axborot-tahlil xizmatlari koʻrsatmoqda. WWW.UZ milliy axborot-qidiruv tizimi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining veb-saytlariga har oyda 820 mingdan ortiq foydalanuvchi kirmoqda, bir oyda veb-saytlar oʻrtacha 11 million martadan ziyod koʻzdan kechirilgani qayd etilgan.
– Zamonaviy media-maydon sifatida internet ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishda Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab- quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi muhim oʻrin tutadi, – deydi fondning bosh mutaxassisi Madina Roʻzmatova. – Misol uchun, 65 axborot-tahlil, ijtimoiy-siyosiy, yangiliklar tarqatadigan bosma ommaviy axborot vositasiga oʻz veb-saytini yaratishga yordam berildi. Ularning 59 tasi gazeta, beshtasi jurnal va bittasi mustaqil internet-nashr saytidir. Fond tomonidan "Internet tarmogʻi bazasida yetakchi yirik media-tuzilmalar, hududiy tuman va shahar tahririyatlari oʻrtasida oʻz vaqtida va sifatli axborot almashish tizimini yaratish” loyihasining amalga oshirilgani tahririyatlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasidagi muhim voqea boʻldi.
Seminar ishtirokchilari elektron nashrlarning oʻziga xosligi va ustuvorligi internetning keng imkoniyatlari orqali aniqlanishini qayd etdi. Birinchi navbatda, bu tezkor axborot yetkazishdir. Masalan, bir necha daqiqa avval roʻy bergan voqeadan tarmoqda koʻp millionli auditoriya xabardor boʻladi.
– Materialni sifatli qilib uzatish internet ommaviy axborot vositasining muhim ustuvorliklaridan biridir, – deydi Oʻzbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetining katta oʻqituvchisi Nozima Murotova. – Bu nafaqat rangli tasvirlar, balki animatsiya va video-effektlar, ovoz joʻrligi va boshqa bezak vositalari boʻlib, ular birgalikda foydalanuvchilarning axborot olishga boʻlgan qiziqishini yanada oshiradi.
«Simple networking solutions» masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori Farhod Fayzullayevning taʼkidlashicha, oʻn millionlik Oʻzbekiston internet makoni auditoriyasining katta qismi har kuni axborot veb-saytlari xizmatidan foydalanadi. Ularga zarur axborot-tahlil maʼlumotlarini qulay va sifatli shaklda taqdim etish uchun yangiliklar tarqatuvchi «Daryo.uz» veb-sayti kichkina matnlardan foydalanmoqda. Bu foydalanuvchilarga vaqtni tejash, voqea va hodisalarning asosiy jihatlari bilan tanishish imkonini berayotir. Mobil qurilmalar uchun maxsus «Daryo.uz» ilovasining ishlab chiqilishi va joriy etilishi foydalanuvchilarga katta qulayliklar yaratdi.
Ekspertlarning fikricha, bir paytning oʻzida huquqiy, texnik va media yoʻnalishlarda kompleks chora-tadbirlarning qabul qilinishi samarasida internet-jurnalistika samarali rivojlanadi. Shu munosabat bilan internet ommaviy axborot vositalari faoliyatiga nisbatan yondashuvlarni qayta koʻrib chiqish, ularning huquqlarini tartibga soladigan qonunchilik bazasini mamlakatimizdagi yetakchi oliy oʻquv yurtlarining jurnalistika fakultetlarida alohida oʻqitish yoʻnalishini tashkil etish orqali kadrlar tayyorlashni takomillashtirish zarur.
Internet ommaviy axborot vositalari rivojlangani sayin ulardan foydalanuvchilarning roli ham oʻzgarib bormoqda. Ular asta-sekin axborot oluvchi maqomidan hammuallif va tarqatuvchi maqomiga oʻtmoqda. Seminar doirasida Oʻznet va milliy hamjamiyatlarning ijtimoiy tarmoqdagi ilgʻor bloglarining taqdimoti ham oʻtkaziladi. Ushbu taqdimotlarda fuqaro jurnalistikasi va blog sohasini rivojlantirish tendentsiyalari, ijtimoiy tarmoqlarning media-makon voqeliklariga taʼsiri tahlil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar internet-jurnalistikaning milliy boʻgʻinini rivojlantirish boʻyicha taklif va tavsiyalar bildiradi.
OʻzA, Sardor Tojiyev, Bobur Obidov
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019