16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:27
Jamiyat 👁 2,685

OZOD VA OBOD ELDA YaShASh BAXTI

OZOD VA OBOD ELDA YaShASh BAXTI

Biz oyogʻimiz ostidagi yerni insoniyatni dunyoga keltiruvchi, kamolga yetkazuvchi moʻʼtabar zot - onaga qiyoslaymiz. Chunki, tirikligimiz zamin bagʻridan unadigan rizq-roʻz bilan bardavom.

Men yaqinda Oʻzbekiston telekanalida mamlakatimizda paxta yetishtirish boʻyicha yillik shartnomaviy reja ado etilgani munosabati bilan tayyorlangan maxsus koʻrsatuvni maroq bilan tomosha qilib, shular haqida oʻyladim. Respublikamiz paxtakorlari erishgan mehnat zafaridan behad suyundim. Chunki, 3 million 400 ming tonnadan ziyod paxta xalqimizning ertagi kungi farovonligi kafolatidir.

Shu munosabat bilan muhtaram Prezidentimizning Oʻzbekiston paxtakorlari va barcha mehnatkashlariga yoʻllagan tabrigini tinglab, paxtakor, dehqon, yo qishloq xoʻjaligi mutaxassisi boʻlmasam-da, juda taʼsirlandim.

Keyingi yillarda Qoraqalpogʻistondagina emas, mamlakatimizda birinchi boʻlib paxta topshirish rejasini ortigʻi bilan ado etib kelayotgan tumanimiz nomi Yurtboshimiz tabrigida birinchi boʻlib tilga olinganida quvonganimdan oʻzimga sigʻmay ketdim.

Mana, keyingi 6-7-yil davomida paxtakorlarimizning fidoyi mehnatlari natijasida Prezidentimiz tabrigida tumanimiz nomi ilgʻorlar safida tilga olinib kelinmoqda.

Bunday yuksak koʻrsatkichlarga oʻz-oʻzidan erishilmayapti. Albatta, yurtimizning barcha hududlarida agrar sohada katta islohotlar amalga oshirilmoqda, yerlarning meliorativ holati yaxshilanib, fermerlarga qishloq xoʻjaligi texnikalari, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻit va zararkunandalardan himoyalash vositalari uzluksiz yetkazib berilmoqda. Ammo, boshqa hududlarga qaraganda sharoiti nisbatan ogʻir boʻlishiga qaramasdan Amudaryo paxtakorlari Respublika tumanlari orasida karvonboshilik qilib kelmoqda. Menimcha, bunday natijalarga erishilayotganining asosiy sababi - tuman rahbariyati boshchiligida sohada samarali tizim yaratilganidir.

Yana bir quvonarli jihati - joriy yildan boshlab tumanimizda yetishtirilgan paxta xom-ashyosining asosiy qismi oʻzimizda "Amudaryotex” xorijiy korxonasida qayta ishlanadi. Prezidentimiz tabrigida taʼkidlanganidek, "Oʻtgan asrning 90-yillarida yurtimizda yetishtirilgan jami paxta tolasining atigi 7 foizi oʻzimizda qayta ishlanar edi. Oʻtgan qisqa davrda bu boradagi koʻrsatkich 6 barobardan ziyod koʻpaygani hamda bugungi kunda 44 foizni tashkil etib, chet mamlakatlarga sotilayotgani, paxta tolasiga yana qoʻshimcha qiymat qoʻshishga imkoniyat yaratayotgani shu yoʻnalishda uzoqni koʻzlab olib borayotgan ishlarimizning amaliy samarasidir”.

Biz keksa avlod vakillari mamlakatimizda, mamlakatimizning kichik bir boʻlagi boʻlmish tumanimizda qoʻlga kiritilayotgan bu kabi yutuqlardan koʻnglimiz togʻdek koʻtarilib, faxr-iftixorga toʻladi.

Nafaqat paxtachilik, balki qishloq xoʻjaligining boshqa sohalari qatori sanoat, ishlab chiqarish, taʼlim, tibbiyot, qurilish kabi yoʻnalishlarda ham tumanimizda ulkan muvaffaqiyatlarga erishilayotgani, xalqimizning turmush farovonligi yil sayin yuksalib borayotganidan juda quvonamiz va Allohga shukronalar aytamiz. Bularning zamirida istiqlol atalmish buyuk neʼmat turgani, uning abadiyligini, Vatanimiz tinchligini koʻz qorachigʻidek asrash, koʻz oʻngimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlariga hissa qoʻshish shu elning har bir fuqarosining burchi ekanligini yoshlarimizga qayta-qayta taʼkidlaymiz.

Bunday tinch va farovon mamlakatda, ozod va obod yurtda, ilgʻor, tashabbuskor va intiluvchan, mehnatsevar xalq ichida yashayotganimiz har birimizning baxtimizdir. Bunday baxtga munosib boʻlishga doimo intilib yashaylik, azizlar!

Ibrohim ISMOILOV, xalq taʼlimi faxriysi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026