16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:33
Salomatlik 👁 2,731

ONA VA BOLA SALOMATLIGI EʼTIBORDA

ONA VA BOLA SALOMATLIGI EʼTIBORDA

Yurtimizda istiqlolning ilk kunlaridan boshlab oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasiga katta eʼtibor qaratila boshlandi. Bosh Qomusimizda alohida bobning oilaga bagʻishlangani ham buning isbotidir. 65-moddada aytilganidek, "Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi”.

Sogʻlom farzandlar dunyoga kelishi uchun faqat huquqiy asoslargina yetarli emas. Bu jarayonda ona salomatligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib, homilador ayollarga baʼzi tavsiyalarni keltirib oʻtamiz.

Homiladorlik davrida ayol organizmida har xil funktsional oʻzgarishlar roʻy beradi. Shu sababli homilaning yaxshi rivojlanib borishi uchun qulay sharoitlar yaratish lozim.

Bunda shaxsiy gigiyena qoidalariga ahamiyat berish zarur.

Homilador ayol badanini har doim toza tutishi kerak. Badan kir boʻlsa, turli mikroorganizmlar koʻpayib, terida yiringli kasalliklar paydo boʻladi. Badan terisida yiringli yara-chaqalar boʻlishi esa, ayolning oʻzi uchun ham, qornidagi bolasi uchun ham xavflidir.

Har kuni ertalab qoʻl, yuz, boʻyinni yuvish bilan kifoyalanmay, badanni avval hoʻl sochiq bilan, keyin quruq sochiq bilan artish lozim. Kechqurun qoʻl, yuz, oyoqlarni yuvib yotish shart. Tirnoqni oʻstirib yurmay, vaqti - vaqti bilan olib turish kerak. Badanni har kuni shu zaylda tozalab, artib turishdan tashqari, kamida haftasiga bir marta, yoz oylarida har kuni choʻmilib turish lozim. Hammomga tushib, badanni bugʻda toblash oʻrinli emas. Bu davrda faqat dushga tushib turgan maʼqul.

Tashqi jinsiy aʼzolarni toza tutishga ayniqsa katta eʼtibor berish kerak.

Ertalab va kechqurun ayol iliq suv va sovun bilan tahorat olishi darkor. Tahoratdan soʻng artinadigan sochigʻini alohida saqlab, vaqti-vaqti bilan qaynatib yuvib turish, qurigandan keyin esa, dazmollash lozim. Ichki kiyim, choyshablar va yostiq jildlari ham kamida haftasiga bir marta almashtirib turiladi.

Kechasi yupqa va keng ich koʻylak kiyib yotish oʻrinlidir. Homilador ayolning yotadigan oʻrni alohida va qulay boʻlishi kerak. Ustki kiyim ham keng va oson kiyiladigan boʻlishi lozim. Homiladorlikning beshinchi oyidan boshlab maxsus bandaj bogʻlab yurish tavsiya etiladi. Poyafzal oyoqlarni siqmaydigan, poshnasi past boʻlishi shart. Homiladorlik davrida sut bezlariga qarab turilsa, ular yaxshi yetilib boradi va ayol mastit boʻlmaydi.

Homiladorlik normal oʻtayotgan boʻlsa, odatdagi turmush tarzini oʻzgartirish kerak emas, ayol oʻz yumushlarini ham bajarishi mumkin, faqat ogʻir narsa koʻtarmaslik, keskin harakatlar qilmasligi kerak.

Miriqib uxlashning katta ahamiyati bor, ayol kamida 8 soat uxlashi kerak. Kechqurun yotishdan oldin ochiq havoda biroz sayr qilish va xonani shamollatish tavsiya etiladi. Sogʻlom homiladorlarda shifokor tavsiyasiga koʻra havo quyosh vannalari qabul qilishga ruxsat etiladi. Homiladorlik normal oʻtayotgan boʻlsagina, ayol ochiq suv havzalarida choʻmilishi mumkin.

Homiladorlikning birinchi kunlaridan boshlaboq ochiq havoda imkoni boricha koʻproq boʻlishga harakat qilish lozim, chunki odam uy ichida oʻtiraversa, kislorod yetishmasligi natijasida turli xil asoratlar yuzaga kelishi mumkin.

Homiladorlikning eson-omon oʻtishi va homilaning yaxshi rivojlanib borishi uchun asosiy shartlardan biri yaxshi ovqatlanishdir.

Bolaning sogʻlom tugʻilishi ham, tugʻruq davrining asoratsiz oʻtishi ham, tugʻruqdan keyingi davr va chaqaloqning sogʻlom boʻlishi - bularning barchasi onaning salomatligiga, uning tozaligiga, orastaligiga bevosita bogʻliq. Shunday ekan, aziz onalar, dunyoga kelayotgan yangi farzandingizning sogʻlom boʻlib tugʻilishi uchun yuqoridagi tavsiyalarga amal qiling. Zero, sogʻ onadan sogʻlom farzand dunyoga keladi.

Muhabbat BOBOJONOVA,

tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasining mahalla pediatri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019