16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:26
Jamiyat 👁 2,257

BUGUNGI OʻZBEK AYoLI HAR JIHATDAN FAOL

BUGUNGI OʻZBEK AYoLI HAR JIHATDAN FAOL

Oʻzbekistonda xotin-qizlarga boʻlgan munosabat, ularning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Prezidentimiz I.Karimov oʻzining turli chiqishlarida bu masalaga doimiy ravishda eʼtibor qaratib kelmoqda.

1998-yil 5-dekabrda Konstitutsiya qabul qilinganligining olti yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali majlisda soʻzlagan nutqida 1999-yilni "Ayollar yili” deb eʼlon qilar ekan, Yurtboshimiz shunday degan edilar:

-"Insoniyat tarixi guvohlik beradiki, ming yillar jarayonida har jamiyatning madaniy va maʼnaviy hayoti ularning ayollarga boʻlgan munosabati bilan belgilangan. Bizga bu qadriyat yanada qimmatlidir, chunki biz ayollarga sharqona hurmat bilan munosabatda boʻlamiz”.

Mamlakatimizda ayollar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik tizimi shakllangan.

Konstitutsiyamizning 18-moddasiga koʻra, "Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qoʻyiladi hamda ijtimoiy adolat tamoyillariga mos boʻlishi shart”. 46-moddada esa yanada aniq va ravshan qilib: "Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidir”,-deb gender tengligi tamoyili mustahkamlab qoʻyilgan.

Jamiyatda ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida turli xil ijtimoiy-huquqiy va jamoat tuzilmalari tashkil etilgan. Xususan, "Huquqiy taʼlim markazlari”, "Ayollar markazlari”, "Salomatlik markazlari” kabi ijtimoiy tuzilmalar ayollarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Men har tong farzandlarimni oʻqishga, umr yoʻldoshimni yumushga kuzatib, ular qatori shodon kayfiyatda oʻzim mehnat qiladigan 55-sonli maktab tomon yoʻl olaman. Kun boʻyi sevimli kasbimda faoliyat yuritib, ishdan soʻng oilam bagʻriga xush kayfiyatda qaytaman. Qanday yaxshi zamonlar-a, deyman quvonib. Umr yoʻldoshim bilan bab-baravar huquq va imkoniyatlarim bor. Ishlash, jamoatga faol aralashish – ayol kishiga qanchalik huzur bagʻishlashini bilsangiz edi!

Axir dunyoning turli burchaklarida menga oʻxshagan ayollarning koʻpchiligi toʻrt devor ichida, hayot goʻzalliklaridan mosuvo, hijobga burkanib yashashyapti-ku! Biz oʻzbek ayollari esa oila tashvishlariga oʻralib qolayotganimiz yoʻq. Oʻz fikrimizni emin-erkin ifoda etib, boʻsh vaqtimizni oilamiz bagʻrida koʻngilli oʻtkazamiz. Salomatligimizni mustahkamlash uchun sihatgohlarda dam olib, yana mehnat bagʻriga qaytamiz, oʻzimiz qiziqqan tadbirkorlik turlari bilan shugʻullanamiz. Bunday shart-sharoit va imkoniyatlarning barchasi Bosh Qomusimiz orqali kafolatlangan.

Xulosa qilib aytganda, mamlakat ishlab chiqarishining barcha sohalarida, hatto mamlakatni boshqaruv organlarida, iqtisod va siyosatda, ilm-fanda ayollarning tutgan oʻrni beqiyos kattadir. Bugungi oʻzbek ayoli har jihatdan yetuk shakllangan faol shaxsga aylangan.

Zuhra Ahmedova,

55-sonli maktabning kutubxona mudirasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019