16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:26
Salomatlik 👁 3,125

OZODALIK – SALOMATLIK GAROVI

OZODALIK – SALOMATLIK GAROVI

Fan va texnika, aniqrogʻi, sanoat rivojlangani sari atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi insoniyat oldida turgan, yechilishi barchaga taalluqli muammoga aylandi. Suvlar ifloslanmoqda, tevaragimizda turli-tuman atrof-muhitni, havoni bulgʻaydigan chiqindilar koʻpayib bormoqda.

Oʻtgan asrda atoqli olimlardan biri: "Sanitariya madaniyatisiz umuman madaniyat yoʻq”, deya taʼkidlagan edi. Oʻz xonadonimizni, ish joyimiznigina emas, balki koʻchamizni, butun shahar hatto mamlakatimizni ozoda va obod saqlay olsak, qoʻlimiz baland boʻladi. Buning uchun barcha qaygʻurmogʻi, jamiyat, insoniyat oldidagi ulkan masʼuliyatini chuqur his qilmogʻi kerak.

Yoshligimizda ota-bobolarimiz bizlarga suvni, tuproqni ifloslantirish gunoh ekanligini uqtirishardi. Bu borada ayni kunda biz keksalar yoshlarga oʻgit-nasihatlarimizni berib yurishimiz darkor. Toza havo - tanga davo, deganlaridek, biz havoni har turli yoqimsiz hid va islar bilan bulgʻamasligimiz zarur.

Maʼlumki, har yili kuzda daraxtlar yaproqlari sargʻayib, yerga toʻshalib yotadi. Buni bir joyga toʻplab, yoqib yuborish odatiga hamon barham berilmayotir. Uni yoqib yuborish oʻrniga uyga yaqin joyda oʻra qazib, oʻsha yerga qoʻmib qoʻyilsa, bahorgacha boshqa chiqindilar bilan aralashtirilsa, albatta, yerga solish uchun tayyor mahalliy oʻgʻit boʻladi, atrof-muhitning ifloslanishiga barham beriladi.

Shahrimiz koʻchalarini aylanar ekanmiz, baʼzi xonadon egalari kir yuvilgan suvini asfaltlangan koʻcha yuziga sepib tashlaganiga guvoh boʻlamiz. Sovun suvi taʼsirida yoʻl bora-bora yemiriladi, havoga esa turli mikroblar, viruslar, yoqimsiz, qoʻlansa hidlar tarqaladi. Buningdek salbiy holatlarga barham bermoq lozim.

Istiqlol tufayli mahallalar va ovullar qiyofasi tubdan oʻzgardi. Aholi soni esa yil sayin oshib bormoqda. Tumanda obodonlashtirish, sanitariya-epidemiologiya, tabiatni muhofaza qilish boʻyicha idoralar bor. Ularda ancha xodim ishlaydi. Bizningcha, nomi tilga olingan idoralar xodimlari aholi oʻrtasida tozalik, ozodalik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borishi, sanitariya madaniyatiga oid qonunlarga rioya etmaganlarni yuz-xotir qilmasdan qonuniy asosda jarimaga tortishlari darkor. Shuningdek, joylarda ekologiya, tozalik va ozodalikka oid shiorlar ham koʻzga tashlanarli joylarda osilib turmogʻi kerak. Bu shiorlarni har kuni oʻqiyvergan kishi ulardagi soʻzlar magʻzini anglab olishi tabiiy.

Albatta, ozodalik va tozalikka rioya etish, atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari mavsumiy emas, balki uni yil boʻyi bajarish shart. Bu haqda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi sahifalarida va Amudaryo televideniyesi orqali doimiy ravishda reyd maqolalari hamda maxsus koʻrsatuvlar berib borish maqsadga muvofiqdir. Eng muhimi, atrof-muhit muhofazasi bilan bogʻliq muammolarni hal etishda barchamiz faol boʻlishimiz kerak.

Saʼdulla Xoʻjaniyozov, Mangʻit shahrining "Doʻstlik” mahallasida yashovchi mehnat faxriysi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019