16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:55
Adabiyot 👁 2,836

ShOIRNING TUGʻYoNLARI

ShOIRNING TUGʻYoNLARI

Amudaryo tumanimizning bor husn-u tarovatini, hayotini oʻzida aks ettirgan "Yashna, yashna Amudaryom” qoʻshigʻi matni jurnalist, shoir Saʼdulla Xoʻjaniyozov tomonidan yozilgan boʻlib, unga atoqli hofiz, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist Nazir Rahimov kuy bastalagan. Sheʼr oʻz davrida tuman xalqining eng sevimli qoʻshigʻi darajasiga koʻtarilgani hamon keksa avlod vakillari tomonidan eʼtirof qilinib keladi. Bu - ijodkorning yutugʻi.

Kuyunchak va fidoyi jurnalist Saʼdulla Xoʻjaniyozovning sodda va falsafiy chuqur maʼnolarni oʻzida jamlagan toʻrtliklari esa yaqinda kitob holida Toshkentdagi "Yangi asr avlodi” nashriyotida "Toʻrt tomirda joʻsh urgan tugʻyon” nomi bilan ming nusxada chop etildi. Kitob koʻplab kitobsevarlarga manzur boʻldi. Kitobga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Yangiboy Qoʻchqorov soʻz boshi yozib, muallif hayoti va ijodiga munosabatini bildirgan.

Bir gal Saʼdulla aka Xoʻjaniyozov 1960-yillarda tutgan yon daftarini koʻrsatib, undagi sheʼrlarini oʻqib berganda "Orzuim, sheʼrlarimni kitob qilib chiqarsam,” degan misralarga eʼtibor qilgandim. Ijod qila boshlaganiga salkam oltmish yil boʻlgan bu ijodkorning ilk kitobida shunga monand quyidagi satrlarni oʻqiysiz:

Yozgan sheʼrlarimni kitob qilurman,

Yaxshilarga daʼvat, xitob qilurman,

Ishongum, bir kuni ishim yurishib,

Ijod choʻqqisiga shitob qilurman.

Yillar oʻtsa ham orzuning oʻlmasligi, jonni bezovta qilib, hayot va ijodga, yashashga undayverishini bu satrlarda koʻramiz. Ijodkor hayotida qancha yaxshi-yomonni, past-u balandni koʻrsa, xulosalarini sheʼriy shakllarda ifodalab boravergan. Shu barobarida oʻz-oʻzini tarbiyalab, hech kimdan xafa boʻlmay, umr yoʻllarida xato va kamchiliklarni yengib oʻtishga harakat qiladi. Va atrofdagilarni ham xushyorlikka, goʻzal insoniy fazilatlarga daʼvat etadi.

Odamlar hayotda koʻp narsalarni gapirishi mumkin. Lekin shoir boʻlolmaydi. Nafosat bogʻlari iforini hamma ham hidlay olmaydi. Tuygʻu va tugʻyon kengliklarida sayr etish sanoqli odamlargagina nasib etadi. Lekin soʻz sehri barchani birday maftun etishi aniq. Saʼdulla akaning toʻrtliklarini oʻqir ekanmiz: "Shoir soʻz termasdan yashay olmaydi”, "Shoirlik qismatdir: goh azob beradi”, "Shoir boʻlib jabr-u jafoni koʻrdim”, "Shoir boylik emas, sheʼr gʻamin yeydi” kabi misralarida oltmish yillik ijodiy yoʻlning xulosalari bor va bu yoʻl unga oson kechmaganini anglatadi.

Dunyoning toʻrt tomoni bor. Fasllar toʻrtta. Odamzodga uygʻun koʻp narsalar toʻrt raqamini oʻzida mujassam etadi. Shu maʼnoda kitobning "Toʻrt tomirda joʻsh urgan tugʻyon” deb nomlanishi ham bejiz emas. Bir toʻrtligida "Hayot mangu poyga, u shundoq qolur” degan misrani oʻqidim. Tumanimizda shu kungacha ijodkorlarning ellikka yaqin sheʼriy kitoblari chop etilgan. Ularning ichida "hayot poyga”siga ham, kitob poygasiga ham hechdan koʻra kechroq boʻlsa-da chiqqan Saʼdulla akaning kitobi vaqt silsilasida qiymatini yoʻqotmaydigan satrlari ila oldingi oʻringa chiqib oladi, desak toʻgʻri boʻladi.

Oʻlmasbek XOʻJAYeV.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026