16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:47
Jamiyat 👁 3,604

Sarishtali uy – farishtali uy

Sarishtali uy – farishtali uy

Sarishtali uy – farishtali uy deb xalqimiz bekorga aytmagan. Haqiqatan ham chor-atrofi obod, yashil daraxtlar bilan burkangan, gullar qulf urib ochilib turgan hovlini koʻrgan odamning bahri-dili ochilib ketadi. Orastalik, ozodalik hukmron xonadonlarga havas bilan qarashimiz, sarishtali uy - farishtali uy, deyishimiz, qaniydi, hamma joyda ham shunday manzara hukmron boʻlsa, deya havas qilishimiz ham bejiz emas.

Quvonarlisi, keyingi yillarda bizning Kuyuk-koʻpir ovulimizda ozodalik, obodlik aholining turmush tarziga aylanib bormoqda. Hududimizdagi 19-sonli, 14-sonli umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari, "Oʻzbekiston” QVP tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, hududning sanitariya holatini yaxshilash borasida olib borgan tashviqot-targʻibotlarimiz oʻz samaralarini bermoqda.

Aholi oʻz hovlisi hududini obodonlashtirib, ozoda saqlashga, mevali, manzarali daraxtlarni koʻpaytirishga va tomorqasidan unumli foydalanishga harakat qilmoqda.

Ovulimizda obodonlashtirish ishlariga yil boshidanoq kirishdik. Koʻchalar, yoʻl boʻylaridagi daraxtlarni butab, shakl berib ohaklash, koʻcha va yoʻllarni tartibga keltirish, chiqindilarni tashkiliy ravishda chiqarib tashlash, ariq-zovurlarni tozalash ishlari qoʻlga olindi. Shu kungacha hududimizdagi turar joylarning fasad qismlari ohaklanib, tutash koʻchalar, yoʻl chetlari tartibga keltirildi. 25 tonna maishiy chiqindilar chiqarib tashlandi.

Eshon ovul aholi punktidagi ichki uchta koʻchaning 1,8 kilometr, Xoʻja ovul aholi punktidagi ichki 3 ta koʻchaning 1,5 kilometr qismiga hashar yoʻli bilan tosh yotqizildi.

Ovulimiz boʻyicha joriy koʻklamda 20556 tup mevali, 23746 tup manzarali koʻchatlar ekish rejalashtirilgan boʻlsa, hozirgi kungacha 4000 tupdan ziyod mevali, 5500 tupdan ziyod manzarali daraxtlar koʻchatlari oʻtqazildi.

Atrof-muhit ozodaligini saqlashda jamoatchilikning ishtirokini taʼminlashga eʼtiborni kuchaytirmoqdamiz.

Aholimizyurtimizda atrof-muhit, tabiiy zahiralarning muhofaza qilinishiga doir, ekologik vaziyatni yaxshilashga va aholi sogʻligini mustahkamlashga, tibbiy madaniyatni oshirishga doir qabul qilinayotgan dasturlarni oʻzlari uchun muhim hayotiy yoʻl-yoʻriq sifatida qabul qilmoqda.

Ovulimiz aholisi 14-15-mart kunlari boʻlib oʻtgan umumxalq hasharida ham faol qatnashib, hududimizni obodonlashtirishga katta hissa qoʻshdilar.

Obodonlashtirish ishlari bundan keyin ham doimiy diqqat-markazimizda boʻlib qolaveradi.

Rashid YeRLAPASOV,

Kuyuk koʻpir OFY raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.
(Foto - http://www.uza.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019