16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:47
Jamiyat 👁 2,746

Xush kelding, Navroʻzim, obod yurtimga!

Xush kelding, Navroʻzim, obod yurtimga!

Oqshomlari osuda, osmoni musaffo, har bir tongi ezgu niyatlar bilan otadigan yurtimizga barchamiz orziqib kutgan Navroʻzi olam kirib keldi.

Ona zaminimiz yashil libosga burkanib, betakror goʻzalligini koʻz-koʻz qilayotgan, haqiqiy koʻklam nafasi ufurib turgan shu nurafshon kunlarda barcha vatandoshlarimiz eng qadimiy va asl milliy bayramimizni shodu hurramlikda qarshi olmoqdalar.

Navroʻz yangi kun chin maʼnoda butan tabiatning uygʻonishi, dehqonchilik ishlarining boshlanishi, ezgu niyatlar ila urugʻ sepilib, toʻkin-sochinlik boʻlishini tilab hursandchilik qilinadigan, tabiatga hamohang tarzda kishilar qalbida ham yangi niyatlar, kuch-gʻayrat, azmu shijoat joʻsh uradigan, bir-biroviga mehr-oqibat, sahovat, muhtoj odamlarga beminnat yordam koʻrsatish kabi asriy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz yaqqol namoyon boʻladigan kun sifatida biz uchun juda qadrli bayramdir.

Shu boisdan bayram tantanalari ovul va mahallalarda, mehnat jamoalaridan, umutaʼlim va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalarida bir nechta kun oldin boshlanib ketdi.

19-mart kuni Mangʻit shahridagi Markaziy oʻyingohda "Har kunimiz Navroʻz boʻlsin” shiori ostida boʻlib oʻtgan bayram tadbirida ham yurtdoshlarimizning ildizlari olis oʻtmishimizga tutashuvchi eng qadimiy va hamisha navqiron, asl milliy bayramimiz Navroʻz sogʻinchi, quvonchi yaqqol aks etdi.

Tantanada dastlab ovul fuqarolar yigʻinlarida faoliyat yuritayotgan mirishkor dehqonlarimiz yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, ulardan tayyorlangan noz-neʼmatlarning koʻrgazmasi bilan boshlandi. Usta-hunarmandlarimiz yasagan buyumlar, naqqoshlik namunalari hech bir tomoshabinni befarq qoldirmadi.

Keksalarni eʼzozlash yili munosabati bilan tumanimizning barcha ovul va mahallalarida oʻtkazilgan "Mahallaning eng tinib-tinchimas keksalari” koʻrik tanlovi gʻoliblarining taqdirlanishi ulkan hayotiy tajribasi, oʻzining hayoti bilan bugungi avlod vakillariga namuna boʻlib kelayotgan nuroniy keksalarimizga hurmat-ehtirom ramzi boʻldi.

Qiygʻos gullagan oʻrik ramzi, qulf urib ochilgan turfa gullar, sharlar bilan bezatilgan maydon uzra "Bahor” valsi yangradi, bulbullar sayrogʻi yigʻilganlarning koʻngliga olam-olam quvonch hadya etdi. Barcha Navroʻz ayyomi tantanalarining boshlanishini shodu-hurramlik bilan qarshi oldi.

Tuman hokimi R.Yoʻldoshevning tumanimiz aholisiga Navroʻz bayrami qutlovini birinchi oʻrinbosari B.Ernazarov oʻqib eshittirdi.

Shundan soʻng tuman madaniyat va sport boʻlim tomonidan tayyorlangan "Assalom Navroʻz” deb nomlangan teatrlashtirilgan bayram tomoshalari boshlandi. Quyosh iliq nurlarini saxiylik bilan tomoshagohda ijro etilgan ona Vatanni, Navroʻzni, yasharish fasli koʻklamni, baxtiyor zamonamizni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar, raqslar barchaga manzur boʻldi.

Navbat kurash, arqon tortishish, qoʻchqor urushtirish kabi milliy oʻyinlarga berildi.


Bayram tomoshalari barcha tomoshabinlarga cheksiz quvonch baxsh etdi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019