16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:19
Jamiyat 👁 2,353

ZIMMAMIZDAGI MUQADDAS BURCh

ZIMMAMIZDAGI MUQADDAS BURCh

Alloh taoloning yaratgan maxluqotlari ichida eng aziz va mukarrami inson zoti ekan, uning yoshi ham, qarisi ham, ayoli ham, erkagi ham birdek qadr-qimmatga egadir. Islom dini inson qadrini shu darajada yuqori koʻtarganki, hatto uning tirigi bilan oʻligining hurmati birdek qadrlanadi.

Alloh taologa beadad hamdu sanolar aytamizki, mana bugun ulugʻ ajdodlarimiz orzu qilgan buyuk neʼmat - Vatan ozodligi va mustaqilligiga erishilgan nurli kunlarga yetib keldik. Istiqlol yillarida ulugʻ ajdodlar xotirasini qadrlash, mamlakat taraqqiyoti, yurt ozodligi yoʻlida jonbozlik koʻrsatgan fidoyi yurtdoshlarimiz ruhini shod etmoq uchun ezgu amallarga bel bogʻlashdek savob yumush dilimizdagi yorugʻ niyatlardan biriga aylandi.

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari va gʻoyalari asosida, mana bir necha yildirki, 9-may - Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Bu kun nafaqat jang maydonlarida shahid boʻlganlarni xotirlash, balki front ortida fidokorona mehnat qilgan tabarruk yoshdagi otalarimiz va onalarimizga ham cheksiz izzat va ehtirom koʻrsatish ayyomidir. Shuningdek, ona Vatanimizningtaraqqiyotiga munosib ulushlar qoʻshgan barcha faxriylarimizni eʼzozlash, qadrlash bayramidir.

Albatta, biz hamisha marhumlarimizni yodga olib, ularning ruhlarini shod qilish uchun savobli amallarni bajaramiz, shu jumladan Qurʼoni karim oyatlaridan tilovatlar qilib, ularning ruhlariga bagʻishlaymiz. Zero, oʻtganlarni eslash va ularga istigʻfor aytish, qabrlarini ziyorat qilish va ularning haqlariga duolar qilish barchamizning insoniy burchimizdir.

Agar biz musulmonlar ajdodlarimiz ruhlarini shod etish maqsadida ularni qanchalik koʻp xotirlasak, farzandlarimiz ham bundan yaxshi ibrat oladilar. Zero, ular ham bizlarni shunday xotirlab, duoyi xayrlarda boʻlishadi. Paygʻambarimiz (s.a.v) bunday deganlar: "Agar bir inson vafot qilsa, uning amali toʻxtaydi. Faqatgina uchta narsadan unga foyda yetib turadi: (qoldirib ketgan) sadaqai joriya yoki foydali ilm yoxud haqiga duo qilib turadigan solih farzandlaridan”.

Davlatimiz doim urush qatnashchilari, keksa yoshdagi otaxonlarimiz, onaxonlarimizga katta eʼtibor bilan gʻamxoʻrlik qilib kelmoqda. Hukumatimiz keksalarning moddiy farovonliklarini yanada yaxshilash maqsadida bir qator qarorlar qabul qildiki, bu barchani xursand etdi. Prezidentimizning "1941-1945-yillardagi urush qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda muhtaram Yurtboshimizning: "Xotira - nafaqat oʻtmishni unutmaslik, balki bugungi hayotimizning qadriga yetish, ertangi kunni toʻgʻri tasavvur etish, demakdir. Xotira - insonni kelajakka ochiq koʻz bilan qarashga oʻrgatadi. Shu bois, bugungi yoshlar otalarimizning yurtimiz erki va ozodligi, millatimiz ravnaqi yoʻlida chekkan zahmatlari, koʻrsatgan jasoratlarini unutmasligi darkor. Qadrlash esa, xonadonlarimizga fayz-baraka bagʻishlab, qilayotgan ezgu ishlarimizga oq fotiha tilab oʻtirgan qariyalarimizning hurmatini joyiga qoʻyishdir. Zero, moʻʼtabar otaxon va onaxonlarimizni hayotligida qadrlash barchamizning muqaddas burchimizdir”, - degan purmaʼno soʻzlari barchaning qalbiga quvonch bagʻishladi.

Alloh taolo barcha marhum ajdodlarimizni oʻzining rahmatiga olib, ularning haqlariga qilayotgan duolarimizni ijobat qilib, tiriklarga farovon hayot, tinchlik-xotirjamlik ato etishini soʻrab qolamiz!.

Abdurahmon Matsapoyev,

"Yusuf eshon bobo”

jomeʼ masjidi imom-xatibi.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026