16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:03
Jamiyat 👁 2,472

102 BAHORNING GUVOHI BOʻLGAN TABARRUK MOMO

102 BAHORNING GUVOHI BOʻLGAN TABARRUK MOMO

Har bir inson umri misli bir kitob. Har bir sahifasida oʻziga xos quvonch-tashvishlar, maʼno-mazmunlar bisyor. Aslida odam umri doim ham bir tekis kechavermaydi. Bir toifa fozillar umrni teatr sahnasiga, odamzotni unda rol ijro etuvchi aktyorlarga oʻxshatishadi. Agar biz ham shunday deya tasavvur etsak va birovlarning hayotini tomosha qilish imkoniyatimiz boʻlsa, bir asrdan ziyod umr koʻrgan, bizning hatto tasavvurimizga ham sigʻmas darajada turmush qiyinchiliklariga bardosh berib yashab, rohat-farogʻatga yetgan Reyima momo Saidmurodovaning bosib oʻtgan hayot yoʻli koʻpchiligimizga ibrat boʻlar edi. Hatto oddiy roʻzgʻor yumushlarini ham ogʻir oladigan, farzandlarining bolalik shoʻxliklariga chidamay dagʻdagʻa qiladigan, zurriyotlarining oqibatsizligidan noliydigan yo oʻz umridan maqsad-maʼno topolmay zerikib yashaydiganlarga bu ulkan saboq boʻlar edi. Axir shuncha yil umr koʻrishning oʻzi ham shoir aytganiday, yarim hikmat. Qolaversa, yugurib-yelib, oilam, yurtim deb yashash va keksaygan chogʻingda ularning ardogʻida boʻlishning gashti oʻzgacha.

Momo 1913-yilda Xoʻjayli tumanida tugʻilgan. Otasi Anorboy Berdimurodov masʼul lavozimda ishlardi. 1930-yillarning oxirida Toshkentga qandaydir majlisga chaqirilgan va xalq dushmani deb majlisda oʻtirgan joyida qamoqqa olingan. Shundan keyin onasi, tugʻishganlari uchun yorugʻ kunlar zulmatga aylandi. Eh-hey, oʻsha yillar ularning boshidan ne uqubatlar oʻtmadi, deysiz. Goh xalq dushmanining farzandi, deya maktabda kamsitishsa, goh kelib uylarini tintib, qoʻlga ilguday narsa topisholmay ketishardi. Oʻz elining odamlari  hatto nima gapirishsa, organga shuni yetkazib turishar, otasini sogʻinganidan yuraklari ezilib tursa-da, tiliga chiqarisha olishmasdi. Hatto bugʻdoyi oʻrib-yigʻib olingan dalada mashoq terib yurishganida yiqqan bugʻdoyini olib qoʻyib, oʻzlarini kaltaklashsa ham chidashdi. Qamoqda vafot etgan Anorboy Berdimurodov bir yil oʻtmasdan oqlandi. Biroq eldagi qahatchilik tufayli azobli kunlari tugamay, taqdirga tan berib yashashdi.

Reyima Saidmurodova boʻy yetib tumanimizning "Oq oltin” ovulida yashovchi Tojimurod ismli yigit bilan hayotini bogʻlaganida, 1940-yilda dehqonchilik, paxtachilik ishlarining bari asosan qoʻlda bajarilardi.

- Qilganim mehnat, koʻrganim uqubat boʻldi, - deya eslaydi momo oʻsha yillarni. – Bosh qattiqmi yo tosh, - deya soʻrashganida bir donishmand: "bosh qattiq” deb javob bergan ekan. Shunday chiqar. Mening chekkan zaxmatlarimga togʻ bardosh berolmas edi. 1950-yilda Jumurtov shaharchasiga koʻchib borganimizdan soʻng qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zavodda ishladim. Ohak pishirish tsexi ulkan, xumbuzga toshlar trap orqali zambilda olib borib tashlanardi. Zambilga 100 kilo atrofida tosh solinardi. Shu zambilning bir tarafini erkaklar bilan bab-baravar koʻtarib, 50 metrcha keladigan trapda olib chiqardik. Ogʻir mehnat tufayli tuqqan bolalarimning Xudoybergandan boshqasi nobud boʻlib ketdi.

Xudoybergan oʻgʻlim Urganchdagi pedagogika institutini tugatgach, 41-maktabga ishga yuborishdi. Bir-ikki yil qatnab ishlab, ancha qiynaldi. Keyin otasi: yolgʻizgina bolamizni yoʻlda sarson qilib qoʻymay, koʻchib bora qolaylik, - dedi va shu yerga koʻchib kelib, oʻtirimli boʻlib qoldik. Shukr qilaman, birgina oʻgʻildan sakkiz qiz, uch oʻgʻil nevara koʻrdim. Bir oʻgʻil nevaramning umri qisqa ekan, qolgan 10 nafari oʻqidi, uyli-joyli boʻldi, oʻzlaridan tinib-tinchib ketdi.

Momoning ajin bosgan yuzlarida mamnuniyat balqiydi. Atrofida chugʻurlashib yurgan chevaralariga faxrlanib qarab qoʻyadi.

- Onamning chevaralari ham oldi boʻy yetdi. Biri Qoraqalpoq Davlat Universitetida, biri Malayziyada xalqaro turizm yoʻnalishida oʻqiyapti, ikkovi bu yil abituriyent. Avval oʻz bolalarimizni oʻqitgandik. Endi gal nevaralarimizga keldi. Farzandlarimizning, nevaralarimizning esli-xushli boʻlib kamolga yetayotganida bizdan koʻra onamlarning xizmati katta, - deydi Xudoybergan aka.

Uning turmush oʻrtogʻi Bibioysha opaning momo haqidagi soʻzlari yanayam qiziqarli:

- Nevaralarimni uxlatmoqchi boʻlib alla aytsam, halinchagidan tushib ketishadi, allani katta enam aytsin, deyishadi. Enam juda koʻp xalq qoʻshiqlarini biladi. Avvallari toʻylarda qizlarga yor-yor aytardi. Ovozi shirali boʻlganiuchun mening allalarimni nevaralarim tinglagisi kelmaydi. 38 yiloʻqituvchilik qilganim bekormening, deyman enamga. Uyli-joyli boʻlibketgan qizlarim hammehmonga kelsa, avval enamniizlaydi.

Tabiatan shirin soʻz, beayovyillar sanoqsiz ajinlarsolgan momoning yuzidaodamni  oʻziga tortadigan birilohiy nur bordek, mehrbalqib turadi. Shu mehr uni bir umr gʻayrat-shijoatli qilgan boʻlsa, ajab emas.

Momo hatto keliniga 70-75 yoshlarigacha tandirni bermay, nevaralari uchun oʻzi non yopgan, ovqat pishirgan ekan. Tomorqada turli meva, sabzavot yetishtirib, bozorga olib chiqib sotib, oilasi ehtiyojiga kerakli narsalarni xarid qilib kelarkan. Asli toʻrtinchi sinfgacha taʼlim olgan Reyima momo oldi-sotdida hisob-kitobni bir zumda yoddan chiqarsa, atrofidagilar hayron boʻlib qarar ekan.

Reyima momoning kichkinagina jussasiga qarab, uning shunchalar zehnli, quvvatli boʻlganiga hayrat, ham havas qiladi, odam. Shu boisdan ham doʻst-birodar, qoʻni-qoʻshnilari qarindoshdek yaqin, momoning uyi ostonasidan odam arimaydi. Momo kelguvchilarni adashmay taniyveradi, bagʻriga bosib koʻrishib, uzundan-uzoq duo qiladi. Biz – bir guruh tahririyat xodimlari ham 102-yilning guvohi boʻlgan tabarruk momoni ziyorat qilish, duosini olish baxtiga musharraf boʻldik. Navbat suratga olishga kelganida Reyima momo yangi roʻmolini olib kelishni nevaralaridan biriga buyurdi. Buyurdi-yu sal oʻtmay, tayogʻini qoʻliga olganicha oʻzi oʻrnidan turdi. Farzandlari boʻy yetib qolgan nevarasi roʻmolini topib olib kelishiga ishonmadi chogʻi, yoʻl-yoʻlakay:

- Bolaga ish buyur, orqasidan oʻzing yugur, - deb qoʻydi.

Oʻtirganlar bu gapga qotib-qotib kuldik. Reyima momoning orqasidan qarab qolarkanmiz:

- Iloyim, shu gʻayratingizga koʻz tegmasin, - dedik havas bilan.

Oygul RAJABOVA, Mahmudjon ShOMURODOV, gazetaning maxsus muxbirlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019