16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:33
Adabiyot 👁 3,621

KUNLARDAN BIR KUN... MAHALLADA

KUNLARDAN BIR KUN... MAHALLADA

GʻIYBATNING UMRI

Bibijon momoning qishloqda obroʻsi baland edi. Kelin tushiradigan ham, qiz chiqaradigan ham, yangi imorat boshlaydiganlar ham momoning duoi-fotihasini olishga oshiqishardi. Qishloqning yoshi katta onaxonlari momoni "Bek momo” deb siylashar, maʼrakalarda aslo momodan oldin dasturxonga qoʻl uzatmasdilar, oldidan kesib oʻtmasdilar, andishasizlik qilib, toʻrga chiqib olmasdilar. Kelinposhshalar uchun momo hikmatlarning  xazinasi edi. "Bilgir momo”, - deya taʼzimini kanda qilishmasdi ular. Yosh qizaloqlar, bolajonlar momoni koʻrishlari bilan: "Aylanay momo” kelayotir!” – deb suyunishardi.

Qishloqning yuzi, chiroyi boʻlgan ana shu momo olamdan oʻtdi. Qishloq huvillab qoldi goʻyo. Har maʼrakada momoni tilga olib, sogʻinib eslashadigan mahalladoshlar Rayim qoʻychi (bu kishi qoʻy boqib, sotardi)ning nevara toʻyida boʻlgan bir gurungdan hang-mang boʻlib qolishdi. Toʻyga chiqqan xotin-xalajning ogʻzida duv-duv gap. Emishki, Bibijon momoning  uchta kelini momodan qolgan mulk ustida talashib, jiqqa musht boʻlishibdi. Uchala ovsinning janjaliga aralashgan aka-ukalar achchiq  ustida hovlining uch tarafidan uchta eshik ochishib, oʻzlaricha ota-onasidan qolgan hovlini taqsimlab olishibdi. Momoning qizlari ota uylariga qay eshikdan kirishlarini bilmay, koʻchadan qaytib ketishibdi. Mish-mishki, kenja kelin "men bunday gʻala-gʻovurli, janjalli uyda yashamayman”, - deb tugunini qoʻltiqlab, ota-onasinikiga ketibdi...mish...

Bu gaplarga birov ishondi, birov "astagʻfirulloh”, deb yoqasini ushladi. Ayollarning gapiga zimdan quloq solib oʻtirgan Bibijon momoning ovsini Saida checha:

- Hay, xotinlar, - dedi ovozini baland koʻtarib, - ovsinimning dunyodan oʻtganiga endi bir yil boʻldi. Kimsan "Bek momo” tarbiyasini olgan kelinlar, ayniqsa, oʻgʻillar bunday nomaʼqul ishni qilishmaydi. Qani, aytinglar, u xonadondagi mojaroni kim koʻribdi?

Toʻyxonani boshiga koʻtarib gʻiybatlashayotgan ayollar jim boʻlib qolishdi. Xuddi shu payt ularning davrasiga Bibijon momoning uchta kelini ham kelib qoʻshilishdi. Hozirgina har tomondan gap tashlab oʻtirishgan xotin-xalaj xuddi opa-singillarday gul-gul ochilib, toʻyxonaga kirib kelgan uchala ovsinni koʻrib, kalovlanib qolishdi.

- Ha, nega gapirmaysanlar, nega jimib qoldinglar? – Saida chechaning kinoyaomuz, dadil ovozidan ayollar bir-birlarini turtib, gʻimirlay boshlashdi.

- "Bek momo”ngizning ikkala oʻgʻli shaharga yaqin joydan namunali uy olishgan, - dedi tantanavorlik bilan Saida checha. – Bahodirjon bilan Nodirjon yangi uylariga koʻchib oʻtishayapti. Kenjatoy Sarvarjon esa ota uyini taʼmirlatishni boshlagan. Kenja kelin homilador, unga boʻyoq hidi taʼsir qilmasin, deb vaqtincha ota-onasinikiga olib borib qoʻydik. Qizlar esa mehmonga kelishsa, bizning uyimizdan kirib-chiqishayotir. Yana qanday axborot kerak-a? Uyalmaysizlarmi? Shuni aytadilar, "anglamay soʻzlagan ogʻrimay oʻlar”, deb. Gʻiybatning umri eshikkacha, shuni bilib qoʻyinglar!

Uy toʻla xotin-xalaj yerdan boshini koʻtarolmay qolishdi.

OVSINLAR

Malohat, Zulxumor, Salomat va Ozodaxon - toʻrtalasi ovsin. Oralaridagi yosh  ham unchalik farqli emas, 2-3 yosh. Ularni mahalladoshlari ovsinlar, deyishadi-yu, bir-birlariga mehr-oqibatini, odamgarchiligini koʻrib havas bilan:

- Tugʻishgan opa-singillarday bir-birlariga mehribon-a, kiroyi kelining shularday boʻlishsa, - deb qoʻyishadi.

Nima boʻldi-yu, ana shu ovsinlarning orasidan ola mushuk oʻtib, bir-birlariga yovlashdi-qoldi. Hammasi kenja kelinning tugʻilgan kunidan boshlandi. Yangi kelinning oiladagi ilk tugʻilgan kuniga ovsinlar puxta hozirlik koʻrishdi. Ozodaxondan katta uchala ovsin bir-birlarining tugʻilgan kunlariga  oʻrtaga pul yigʻib, biron koʻylaklik matomi, jemper yoki zarur boʻlgan biron bir buyumni sovgʻa qilishardi. Bu gal ovsinlar yangi kelinchakning hamma narsasi bor-ku, nima olsak ekan, deb oʻylanib qolishdi.

- Yaxshisi, enamdan soʻraymiz, - fikr aytdi Malohatxon.

- Yaxshi oʻylabsizlar, - dedi katta  kelinining  bu fikridan quvongan Guljon ena, - yiqqan pullaringizni menga beraqolinglar, oʻzimdan ham qoʻshib biron narsa olarman.

Oʻrtaga qaynonasi ham pul  qoʻshajagidan suyungan ovsinlar 150 ming soʻm pulni jon-jon deb Guljon enaning qoʻliga tutqazishdi.

Qaynonaning ham oʻz rejasi bor edi. Toʻy arafasida yangi kelinga atab sirgʻa sotib olishga qurbi yetmay, tilla taqinchoqlar sotuvchi Shukurjon tillachidan sirgʻani qarzga olgan, pul topganida qarzini toʻlab, kelinning sirgʻasini yaxshirogʻiga almashtirib olishga kelishgan edi. Kelinlarining oʻrtaga yiqqan pullari bilan oʻzi toʻplab qoʻygan  pulni oldi-yu, Guljon ena shu kuniyoq Shukurjon tillachinikiga yoʻl oldi.

- Qizim, - dedi u quvona-quvona, - qarzimni toʻlagani keldim. - Endi menga sirgʻalaringdan yaxshirogʻini bersang, katta kelinlarimnikidan kam ham boʻlmasin, oʻtib ham ketmasin.

Shukurjon tillachi Guljon enaning  kelinlari taqib yurgan sirgʻalarni yaxshi bilardi. Axir enaga oʻzi sotgan-da. Shuning uchun tilla taqinchoqlar qutisini ochdi-da, sirgʻani ham oʻzi tanladi. Brilliant koʻzli, qulfi mahkam ochilib-yopiladigan chiroyli sirgʻani enaga tutqazarkan:

- Mana, enajon, yaxshi kunlariga buyursin, - deyishni ham unutmadi.

Guljon ena ming aylanib-oʻrgilib, vaqtincha taqib turish uchun olingan sifati pastroq sirgʻani ertaga olib kelib berishini aytib, xayrlasharkan:

- Sening borliginggayam shukur-a, Shukurjon qizim, - dedi chin dildan.

Uyga kelib, kenja kelinni yoniga chaqirib, bor gapni aytgach, kelinning qulogʻidagi omonat sirgʻani yechtirib oldi-da, yangi sirgʻani berdi.

- Mana bu tugʻilgan kuningga bizning sovgʻamiz, buyursin, bolam, - dedi toʻlqinlanib.

Mehmonlar, ota-onasi oldiga chiqqan kelinchak quvonchini yashirolmay, qulogʻidagi brilliant koʻzli yangi sirgʻani koʻz-koʻzladi. Hammalari "buyursin, buyursin”, deyishdi. Lekin ovsinlar...

- Malohat checha, - dedi Salomat hovliqib, - koʻrdingizmi, enamning koʻngli ola ekan.

- Birinchi tugʻilgan kunimda menga ikki dona chinni patnis sovgʻa qilgandi kampirsho, - biroz jizzakiroq Zulxumor ijirgʻanib qoʻydi.

- Menga roʻmol, - dedi Salomat.

Katta ovsin indamadi. U kichik ovsinlariga qaraganda mulohazali, yetti oʻlchab, ber kesadigan  ayol edi. Shuning uchun:

- Enam rejasiz ish qilmaydilar, - dedi ovsinlarini tinchitish uchun. – Qolaversa, bizlar bir kelib-ketuvchi mehmonlarmiz, roʻzgʻorimiz boʻlak. Uchalamizga ham havas qilguday hovli-joylar qilib berishgan. Bitta sirgʻani deb tillaringizga erk bermanglar. Gap sovgʻada emas.

Shu kundan boshlab Salomat bilan Zulxumor oʻzgardi. Ikkalasi bir boʻlib katta ovsinni qaynonasining tarafini olganlikda ayblashdi. Har haftada bir-birini koʻrmasa turolmaydigan ovsinlar endi bir-birlarini yoʻqlamay qoʻyishdi.

- Mening qadrim ikkita chinni patnis ekan-da, - oʻzini xoʻrlanganday his qildi Zulxumor.

- Ozodani yaxshi koʻradi, menga birinchi tugʻilgan kunimda roʻmol sovgʻa qildi-ya, bu maston, - ichi gumonga toʻldi Salomatning.

Salomat ham, Zulxumor ham koʻnglidagi gumonlarini alla-qachon tillariga chiqarib gullab qoʻyishgan, sirgʻa mojarosi mahalla ayollari orasiga tarqalib, oilaning siri ochilib boʻlgan edi.

Malohatxon esa oradan ikki kunni oʻtkazib, bolalarini olib qaynonasini koʻrgani bordi.

- Kelganing yaxshi boʻldi, - dedi Guljon ena nevaralarini bagʻriga bosib. – Oʻsha kuni mehmonlar bilan boʻlib, sizlarga aytmabman. Shukurjon tillachidan sirgʻani omonat olib turgandim. Sizlarning oʻrtaga yiqqan pullaringiz bilan oʻzimnikini  qoʻshib, oʻsha sirgʻani olib kelgandim, ming-ming rahmat, bolam. Sizlar boʻlmaganingizda kelinga sirgʻa qayoqda edi.

Malohat qaynonasining rejasiz ish qilmasligini juda yaxshi bilar, shuning uchun kichik ovsinining tugʻilgan kunida ovsinlarini qayirib solgandi. U qaynonasi oldida oʻzidan kichik ovsinlarining qiliqlari uchun mulzam boʻlib, bosh egib oʻtirardi. Qishloq  ayollari esa har yer, har yerda yangi kelinga tugʻilgan kunida Guljon ena sovgʻa qilgan zirak haqida bichib-toʻqishardi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026