16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:28
Salomatlik 👁 4,163

SIL VA NAFAS AʼZOLARINING SURUNKALI NOSPETsIFIK KASALLIKLARI

SIL VA NAFAS AʼZOLARINING SURUNKALI NOSPETsIFIK KASALLIKLARI

Nafas aʼzolarining surunkali nospetsifik kasalliklari boʻlgan bemorlar sil bilan kasallanish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar guruhini tashkil qiladi. Oʻpkaning surunkali nospetsifik kasalliklari, koʻpincha umumiy immun reaktsiyalar susayishi zamirida kechadi va oʻpkada lokal (mahalliy) immunitetning turli-tuman buzilishlari bilan kuzatiladi. Shunga bogʻliq holda sil bilan kasallanish xavfi haqiqatdan ham ortib bormoqda.

Oʻpkaning nospetsifik yalligʻlanishli kasalliklari koʻpincha uzoq muddat kechuvchi sil bilan asoratlanadi, soʻngra esa uning tuzalishi oʻpkadagi sildan keyingi qoldiq oʻzgarishlar bilan birga kuzatiladi.

Sil kasalligida oʻpka toʻqima va bronxlarida nospetsifik jarayonlarning paydo boʻlishi bronxlarning fibrozli deformatsiyasi va drenaj funktsiyasi buzilishiga bogʻliq. Nospetsifik yalligʻlanish tarqoq va ayniqsa fibrozkavakli hamda tsirrotik silning doimiy morfologik va klinik komponenti hisoblanadi. Bunday yalligʻlanish jarayonining kuchayib borishi kasallikning oʻlim bilan tugash sabablaridan biri hisoblanadi. Yemirilish yoki kavak boʻshligʻini drenajlovchi bronxning turli darajadagi shikastlanishi bilan kuzatiladigan bronxit destruktiv oʻpka siliga olib keladi. Bronx yorigʻi shilliq qavat infiltratsiyasi yoki chandiqli stenoz hisobiga koʻpincha toraygan boʻladi. Silda kuzatiladigan odatdagi surunkali bronx - oʻpka nospetsifik yalligʻlanish kasalliklari - surunkali bronxit, bronxoektazlar, emfizema, surunkali pnevmoniya hisoblanadi. Faol sil bilan xastalangan bemorlarda nospetsifik yalligʻlanishning qoʻshilishi, yoʻtalning kuchayishi, hansirash, tsianoz (koʻkarish) paydo boʻlishi bilan namoyon boʻlishi mumkin. Bunda balgʻam miqdori koʻpayadi, unda turlicha patogen mikroflora boʻladi. Tana harorati oshadi, umumiy qon tahlilda leykotsitoz, eritrotsitlar choʻkish tezligi oshishi kuzatiladi. Nospetsifik yalligʻlanish bilan asoratlangan faol sil bemorlarda spetsifik kimyoterapiyani kuchaytirish lozim. Nospetsifik yalligʻlanish jarayonlarini cheklash uchun taʼsir doirasi keng antibiotiklarni tavsiya etishda ularning silga qarshi preparatlar bilan oʻzaro taʼsirini hisobga olishga toʻgʻri keladi.

Oʻpkasida sildan keyingi qoldiq oʻzgarishlar mavjud bemorlar surunkali bronxitda va ayniqsa bronxoektazlar sohasida yalligʻlanish mavjud boʻlganda balgʻamli yoʻtal qiyin nafas olish yoki qiyin nafas chiqarish bilan kechadigan hansirashdan shikoyat qilishadi. Odatda bu klinik belgilar ilgari silni oʻtkazmagan bemorlarga nisbatan kamroq namoyon boʻladi. Koʻrinib turibdiki, bu hususiyat nospetsifik yalligʻlanishning koʻp hollarda oʻpkaning yuqori boʻlaklarda joylashishi va balgʻamning drenajlanishi hamda ajralishi uchun yaxshi sharoit boʻlishi bilan bogʻliq.

Baʼzan sildan keyingi oʻzgarishlar sohasida yuzaga kelgan oʻtkir zotiljam yaqqol zaharlanish belgilari va abstsesslanishning klinik manzarasi bilan kechadi. Bunday hollarda balgʻamda sil mikobakteriyasining bir marta topilishi har doim ham oʻpkada sil jarayoni qoʻzgʻalganidan dalolat beravermaydi, balki bu nofaol sil oʻchogʻidagi oʻpka toʻqimasining parchalanishi natijasi boʻlishi mumkin. Zotiljam va silning qaytalashi yoki xurujning differentsial diagnozida shuni hisobga olish kerakki, zotiljam nisbatan oʻtkir hansirash va sezilarli miqdordagi nam xirillashlar bilan kechadi. Bunda ajralayotgan balgʻam miqdori koʻpayadi, yiringli boʻladi va nospetsifik patogen mikrofloraga ega boʻladi, taʼsir doirasi keng antibiotiklar tezda oʻz taʼsirini koʻrsatadi.


O.HALIMOV,

tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi.

G.ABDULLAYeVA,

ftiziatriya boʻlimi mudirasi.

(Foto - http://www.darakchi.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026