17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 16:50
Fan va taʼlim 👁 4,908

BITIRUVChILAR DOIMO DIQQAT-EʼTIBORIMIZDA

BITIRUVChILAR DOIMO DIQQAT-EʼTIBORIMIZDA

Tuman XTMFMTTEB ga qarashli 82 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari mavjud boʻlib,  2015-2016 oʻquv yilida jami 9-sinfni bitiruvchi oʻquvchilar 3189 nafarni tashkil qildi. Shundan 3016 nafari taʼlim oʻzbek,  37 nafari rus,  47 nafari qoraqalpoq,  76 nafari qozoq, 13 nafari turkman tilida olib boriladigan maktablarning 9-sinflarini tugatdilar.

Uyda yakka tartibda oʻqitilgan 9-sinf bitiruvchilari esa 7 nafarni tashkil etdi.

9-sinf oʻquvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga jalb qilish hamda ehtiyojini aniqlash maqsadida 2015-yilning dekabr, 2016-yilning fevral, aprel oylarida 3-marta soʻrovnoma oʻtkazildi. Ushbu soʻrovnomalarni oʻtkazish jarayonida 9-sinfni bitiruvchilari, ularning ota-onalari, sinf rahbarlari, maktab amaliyotchi-psixologi hamda maktab rahbarlari ishtirok qilishdi.

Umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan oʻquvchi-qizlarni hayotga tayyorlash, ularning kasb-hunar tanlashlariga imkoniyatlar yaratish, kasb-hunar haqida tushunchalarni yetkazish  va oʻz sevgan kasbini tanlashda hamda kelajakda tanlagan kasbida fidoyi mehnat qilsa, oilasiga baxt va farovonlik keltirishini anglatishga koʻmaklashish maqsadida hamda "2015-2016 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga toʻliq qamrab olinishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasi”ga asosan 7-9-sinf oʻquvchi-qizlari uchun "Qiz bolaning kasbi – uning baxti”, "Ilm ol, hunar tanla, Vataning kutar seni”, "Kasb-hunar – qizlar kelajagi”, "Hunarli qiz – yurt kelajagi”, "Bilimli qiz – farishta, hunarli qiz – sarishta” kabi mavzularda 1-15-fevral kunlari davra suhbatlari oʻtkazildi. Davra suhbatlarida 4100 nafardan ortiq 7-9-sinf oʻquvchi-qizlari ishtirok qilishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7-iyuldagi "Umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqish bilan qamrab olishni taʼminlash boʻyicha normativ huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 109-sonli qarori va boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida 2015-2016 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablari va oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bilan hamkorlikda joriy yilning fevral-may oylarida "Kasblar festivali” tadbiri oʻtkazildi. Reja asosida umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari bilan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga sayohatlar tashkil etildi.

Umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarning yetuk kasb egasi boʻlib yetishishlari uchun kasblar haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlishlari, kasbiy bilimlarini oshirish, qiziqtirish va ongli ravishda kasb tanlashlariga amaliy yordam berish maqsadida bitiruvchi oʻquvchilar oʻrtasida "Men tanlagan kasbning kelajak hayotimdagi oʻrni” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi. Tanlovning maktab bosqichida 9-sinf oʻquvchilarining 3100 nafardan ortigʻi ishtirok qilishib, maktab bosqichida gʻolib boʻlgan 75 nafari tanlovning tuman bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. Tuman bosqichida 75 nafar 9-sinf bitiruvchilarining ijodiy ishlari hakamlar hayʼati tomonidan oʻrganilib, 3 nafar oʻquvchining ijodiy ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok qilish uchun taqdim qilindi.

Joriy yilning 20-iyun sanasidan oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi  muassasalariga qabul boshlanib, 30-iyun sanasigacha 3189 nafar bitiruvchilarning hujjatlari toʻliq topshirildi.

Ularning 2794 nafari tumanimizda faoliyat yuritayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga, 374 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi turli kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga, shuningdek, 7 nafari Toshkent shahri, 7 nafari Xorazm viloyatidagi kasb-hunar kollejlariga oʻqishga joylashdilar.

Keyingi yillarda umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarining kasb tanlashlariga eʼtibor kuchaytirilayotganligi bejiz emas. Chunki inson tanlagan kasbi, egallagan ixtisosligida bir umr mehnat qiladi. Shuning uchun bu haqdagi qarorni shoshma-shosharlik bilan shunchaki qabul qilib boʻlmaydi. Inson oʻzi sevgan kasbida mehnat qilishi unga zavq-shavq bagʻishlaydi, muvaffaqiyatlar sari intilishiga asos boʻladi. Bularning hammasi insonga oʻz faoliyatidan mamnunlik hissini beradi.

Shuning uchun ham maktab taʼlimini tugatayotgan har bir oʻgʻil-qizning kasb-hunarni oʻz iqtidoriga yarasha, ongli tarzda tanlashiga erishmogʻimiz lozim.

I.RAJABOV, tuman XTMFMTTEB oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va ruhiy-pedagogik tashxisini uslubiy taʼminlash kichik guruhi rahbari.

(Foto - http://navoiy.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026