16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:32
Siyosat 👁 3,512

ENG ULUGʻ, ENG AZIZ AYYoM ShUKUHI

ENG ULUGʻ, ENG AZIZ AYYoM ShUKUHI

Kun oʻtgani sari xalqimizning azaliy orzulari ushalgan, Oʻzbekistonimiz mustaqillikka erishgan tarixiy sana - 1-sentyabr ham tobora yaqinlashmoqda. Yurtimizda har yili bu eng ulugʻ, eng aziz ayyomni katta tayyorgarlik, katta taraddud bilan kutib olish ezgu anʼanaga aylangan. 2013-yil 12-iyun kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida»gi Qarori bu ishlarni yangi bosqichga koʻtaradigan hujjat boʻldi.

Qarorda taʼkidlanganidek, xalqimiz bu yil Oʻzbekiston davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik toʻyini katta tantana, shodu xurramlik bilan keng nishonlaydi. Haqiqatan ham, umummilliy bayramimiz boʻlgan bu qutlugʻ sana haqida soʻz borar ekan, oʻtgan davr mobaynida bosib oʻtgan yoʻlimizni, amalga oshirgan ishlarimizni xolisona sarhisob qilib, bugungi yutuq va marralarga avvalo qanday ogʻir va mashaqqatli mehnat evaziga erishganimizni yana va yana bir bor koʻz oʻngimizdan oʻtkazishimiz tabiiydir.

Bugun yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, totuvlik va hamjihatlik, taraqqiyot va farovonlikni koʻrgan kishi bunday yutuqlar tarixan qisqa davr ichida qoʻlga kiritilganiga hayrat bilan qaraydi. Har yili bu qutlugʻ ayyom yaqinlashar ekan, mustaqilligimiz tobora mustahkamlanib, yurtimiz obod, xalqimiz turmushi farovon boʻlib borayotganini koʻrib, Yaratganga shukronalar aytamiz.

Yurtimizning har bir fuqarosi qatori men ham Mustaqillik bayramini munosib tarzda kutib olish va oʻtkazish maqsadida qabul qilingan Yurtboshimizning yuqoridagi Qarorini katta hayajon bilan oʻqib chiqdim. "Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil Oʻzbekiston!” degan shiorni asosiy gʻoya sifatida oʻzida mujassam etgan holda yurtimizning har bir goʻshasi – shahar va qishloqlarda, ovul va mahallalarda uyushqoqlik bilan, koʻtarinki ruhda oʻtkaziladigan tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlarida ham deputat sifatida, ham shu elning farzandi sifatida faol qatnashishim lozimligini yurakdan his qildim.

Haqiqatdan ham, xalqimizda toʻyga toʻyona bilan borishdek ajoyib udum bor. Mustaqillik bayramimizni katta yutuqlar bilan kutib olish har birimizga yarashadi. Shunday ekan, keling, azizlar hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib, tumanimizning barcha hududlarini - mahalla va guzarlarimiz, koʻp qavatli uylar, oʻzimiz mehnat qilayotgan, oʻzimiz yashayotgan maskanni toza va ozoda, koʻrkam va obod maskanga aylantiraylik! Zero, eng ulugʻ, eng aziz bayramimizni munosib kutib olish, qadr-qimmatimiz, tayanchimiz va iftixorimiz boʻlmish mustaqil Vatanimizning rivojiga hissa qoʻshish har birimiz uchun sharafli vazifadir.

Hayitgul ALLAKOVA,

xalq deputatlari tuman Kengashi deputati,

Kengashning reglament va deputatlik odobi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi.

(Foto - http://xs.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019