16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:18
Adabiyot 👁 4,169

AYoL BAXTI

AYoL BAXTI

... Bugun uning uchun odatdagidek bir kun xolos. Mana 15-yildirki, shu ahvol, bu oilada. Eri yomon odam emas: ichmaydi, chekmaydi, ayoliga ovozini koʻtarib gapirmaydi. Ishdan uyga, uydan ishga boradi, ayrim erkaklarga oʻxshab koʻchama-koʻcha sangʻimasa-da, ayoliga munosabati boshqacharoqdek. Eri hech qachon u bilan ochilib gaplashmagan. Oldinlari qaynota-qaynona, ovsinlari bilan birga yashaganlarida unchalik bilinmasdi. "Men bilan gaplashgani ota-onasidan uyalsa kerak”, deb oʻylardi. Endi-chi, nima halaqit beradi? Farzandlari katta boʻlishgan, ikkalasi ham maktabda oʻqishadi,  oʻqishdan keyin oʻgʻli boks toʻgaragiga, qizi esa ingliz tili toʻgaragiga qatnashadi. Yolgʻiz qoladigan vaqtlari koʻp boʻlsa-da eri unga  tayinli bir gap aytmaydi. Ayol kutadi, eri u bilan hazillashib, dildan gaplashadigan kun, albatta keladi!

Bahor yaqinlashib, bayramlar kelishini ayol boshqacha kutadi. Bu yil bayram oʻzgacha boʻlishiga oʻzini ishontiradi. Har yil shunaqa boʻladi oʻzi. Bahorning ilk ayyomi – 8-mart bayramida moʻʼjiza yuz berib, erining oʻzgarib qolishini tasavvur qiladi. Dam olish kunlari, bayramlarda baʼzi  er-xotinlar shahar markazidagi sayilgohga, yaqinlarinikiga mehmonga borishadi, mazza qilib dam olishadi. Ayol esa buni orzu qiladi, xolos. Eridan iltimos qilolmaydi. Rad qilsa-chi? Yoʻq, yoʻq koʻngli sinadi unda.

Bugun bayram. Eridan endi u ortiqcha narsa kutmay qoʻygan. Biladi, moʻʼjiza ertaklarda boʻlishini. Har yilgiday guldasta va tort koʻtarib kelayotgan erini koʻz oldiga keltiraverib, toʻgʻrisi, charchadi ayol. Hafsalasizgina, tushlikka dasturxon tuzadi. Bugun ham er-xotin bolalarsiz tushlik qilishadi, har doimgidek jimgina.

Eshik qoʻngʻirogʻi chalindi. Ayolning koʻngli birdan orziqib ketdi. Qoʻngʻiroq ovozi ham bugun yoqimliroq tuyuldi. Eshikni ochsa, eri.

– Tez kiyin, onasi. Bugun seni restoronga olib boraman, keyin istirohat bogʻiga boramiz. Oʻylab qarasam, shu yillar ichida birga dam olmabmiz, bayraming muborak!

Ayolning koʻzlarida yosh aylandi. Bu sevinch yoshlarini erining mehribon barmoqlari asta artdi...

Ayolni baxtli koʻrish uchun koʻp narsa kerak emas ekan. Erkak buni tushunib yetdi, kech boʻlsa-da...

Nodira YaNGIBOYeVA.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019