16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:30
Fan va taʼlim 👁 2,541

IZLARIDA MEHR QOLDI

IZLARIDA MEHR QOLDI

(Amu elining suyukli farzandi Jumamurod Chorshamovni eslab...)

Kishi hayotining mazmuni uning tirikligida jamiyat uchun qilgan manfaatli ishlari bilan belgilanadi. Ana shunday ezgulikka daxldor kishilar hayotdan koʻz yumganlaridan keyin  ham tirik boʻladilar. Yosh avlodni Vatanga munosib farzandlar qilib tarbiyalashdek eng ezgu va mashaqqatli vazifani sadoqat bilan uddalagan, bor umrini yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga bagʻishlagan, ibratli hayot yoʻlini bosib oʻtgan Jumamurod aka Chorshamov tumanimiz tarixi solnomasida abadiy yozib qoldirsa arziydigan tarixiy shaxsdir.

U 1919-yil Mangʻit tumanining Vaxum ovulida, serfarzand dehqon oilasida tugʻildi. Bolaligi zamonning oʻta ogʻir, toʻyib ovqatlanish koʻpchilik uchun katta bayram hisoblangan ocharchilik yillariga toʻgʻri keldi. Sal esini tanigach, har qanday sharoitda ham oʻqib-oʻrganish, bilim olish gʻoyat muhimligini anglab yetdi. Shu bois, Mangʻit tumanida ochilgan "Namuna” nomli yetti yillik tayanch (hozirgi 1-oʻrta umumtaʼlim) maktabiga 11 nafar qaldirgʻoch oʻquvchilardan biri sifatida qatnay boshladi.

1936-yil esa Urganchdagi oʻqituvchilar tayyorlash institutining fizika-matematika fakultetiga oʻqishga kirdi. Oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagach, Xiva shahridagi 3-sonli maktabgacha tarbiya pedagogika bilim yurtiga ishga yuborildi. Yosh mutaxassis oʻziga xos dars oʻtish uslubi, chuqur bilim va dunyoqarashining kengligi bilan tez orada jamoaning ilgʻor oʻqituvchilari qatoridan oʻrin oldi, oʻz bilimini va uslubiy mahoratini oshirish ustida tinimsiz ishladi.

– Mening matematika faniga boʻlgan  ilk havasim tayanch maktabidan boshlangan, oʻqituvchilik kasbiga nisbatan qalbimda muhabbat uygʻotgan ona maktabimning issiq quchogʻi boʻldi – deya faxr bilan soʻzlardi u oʻz shogirdlariga.

U 1939-yil dekabr oyida armiya xizmatiga chaqirildi. Butun jahonga fashizm balosi xavf solib, Ikkinchi jahon urushi avjiga chiqqan paytda Jumamurod aka Chorshamov qoʻlida qurol bilan jangga kirdi. Moskva ostonalaridan Volga daryosi boʻylarigacha choʻzilgan frontning olovli nuqtalarida pulemyotchilar rotasiga komandirlik qildi, dushman bilan yakkama-yakka olishuvlarda bir  necha marta yaralandi. Har safar gospitalda davolanib chiqishi bilan yana oʻz oʻrnini egalladi. Shu tariqa qon kechib, to Berlingacha bordi. Janglarda koʻrsatgan jasoratlari evaziga munosib taqdirlandi. Koʻksini 1-darajali "Vatan urushi” ordeni, "Jangovar xizmatlari uchun” va "Jasorat” medallari bezadi.

U buyuk Gʻalabani Elba daryosi boʻyidagi Roslau shahrida kutib oldi. Oradan olti oycha oʻtgach, ona shahriga qaytdi. Oʻzi savod chiqargan 1-sonli oʻrta maktabda yoshlarga fizika-matematika fanidan saboq berishga kirishdi. Shu-shu butun hayotini oʻsib kelayotgan yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga bagʻishladi.

Jumamurod aka shunchaki dars oʻtish bilan cheklanmadi. Har doim zamonga hamnafas boʻlishga, pedagogik mahoratini oshirib borishga intildi. 1952-1957-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini sirtdan tamomladi, oʻz faoliyati davomida oddiy muallimlikdan maktab direktori, xalq maorifi boʻlimi mudiri darajasigacha boʻlgan fidoyi mehnat yoʻlini bosib oʻtdi. Oʻz sohasida qariyb yarim asr samarali faoliyat yuritib, "Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining "Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlandi.

– Agar oʻtgan umrni orqaga qaytarishning iloji boʻlgan-da edi, – derdilar doim ustoz biz shogirdlariga, – men yana xuddi ana shu, bosib oʻtgan yoʻlimdan borib, oʻqituvchilik kasbini tanlagan boʻlar edim.

Men har doim ustoz haqida oʻylaganimda shoira qizimiz Robiya Yoʻldoshevaning ushbu satrlari xayolimdan oʻtadi:

Mansab oʻtar mulk-taxti bilan,

Umr – daryo, oqib ketadi.

Oqil inson chin ahdi bilan,

Yuraklarga singib ketadi.

 

Mehringizdan suv ichgan dillar,

Poyingizga gullar ekadi.

Oʻtsa hamki oradan yillar,

Izingizni mehr oʻpadi.

Ustoz bugun oramizda yoʻq. lekin u kishining ilm-irfon ummoniga toʻla mehridan suv ichgan minglab shogirdlari hamon "Jumamurod Chorshamov” desalar, qalblarida cheksiz ehtirom ila ustoz xotirasi oldida bosh egadilar, u kishining poylariga gul sochgan kabi iforli soʻzlari ila yodga oladilar.

Garchi dunyodan oʻtganlariga uzoq yillar boʻlgan boʻlsa-da, hamon el-yurt qalbida ardoqlanayotgan aziz ustoz xotirasini abadiylashtirib, hech boʻlmaganda oʻzi yashagan koʻchaga u kishining nomi berilsa, nazarimda el-yurtning dilidagi ish boʻlardi.

Inson uchun faqat bir marta beriladigan qimmatli umr fursatlarining har bir onidan qay tarzda oqilona foydalana bilishning eng yorqin namunalaridan biri ustozimiz Jumamurod aka Chorshamovning hayotidir. Zero, bu hayot oʻlmas, oʻchmas hayot yoʻlidir-ki, u hamon har birimiz uchun ibrat maktabiga aylangan.

Bekman ALLABERGANOV, «Nuroniy» jamgʻarmasi tuman boʻlinmasi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019