18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 03:51
Jamiyat 👁 1,222

Er yigitning baxti

Er yigitning baxti

Farzand – hayot guli, inson umrining, naslining davomchisi. Oilada qiz tugʻilsa, xonadonga farishtalar mehri tushadi, deydilar. Oʻgʻil tugʻilsa-chi? Otalar koʻngli taskin topib, vujudiga kuch-qudrat, xotirjamlik inadi. Shuning uchunki, oʻgʻil – sabot va bardosh, matonat va jasoratga timsol. U nafaqat ota-onasi tuzgan oila qoʻrgʻonining, balki ona yurtining qalqoni, el-u xalqning tayanchi.

Qurbonboy ota bilan Safarbeka ona ketma-ket uch nafar qizaloqning ota-onalari boʻlishganlarida ota-onasiga mehri oshib, xonadoniga goʻzallik baxsh etib ulgʻayayotgan biri-biridan shirin qizlariga qarab duo qilishardi: “Xudoyim, qizlarimning qatorini yarashiqli oʻgʻil farzand bilan ziynatla!”.

Alloh er-xotinning tilagini durust qildi: oilada oʻgʻil farzand dunyoga keldi. Otaning koʻngli taskin topdi. Oʻgʻliga Roʻzimboy deb ism qoʻyishdi. Baxtli, saodatli, ilm-u hunarli, rizq-roʻzi ziyoda, tugʻishganlariga mehribon boʻlsin, deya tiladilar.

Roʻzimboy ota-onasi orzu qilganiday, tugʻishganlariga mehri payvand, el-yurtda qadri baland yigit boʻlib ulgʻaydi. 10 nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan Qurbonboy ota bilan Safarbeka onalarning ogʻiriga yelka tutib, opa-ukalariga yaqin koʻmakdosh boʻladigan yoshga yetganida u harbiy xizmatga chaqirildi. Oʻshanda sobiq ittifoq tasarrufidagi barcha respublikalarda yashovchi, farzandlari armiya yoshiga yetgan onalarning yuragini vahimali bir qoʻrquv mahv etgandi:

- Ishqilib oʻgʻlimni Afgʻonistonga olib ketishmasin-da!

Safarbeka ona ham kecha-yu kunduz, oʻtirsa ham, tursa ham “Roʻzimboy bolam Afgʻonga tushmasin!” – deya iltijo qilardi. Taqdir yozigʻidan qochib qutulolmas ekan, aslida odam. Roʻzimboy Nurimbetov 1981-1983-yillarda qardosh Afgʻoniston davlatining Qandahor shahridagi harbiy qismlardan birida yigitlik burchini ado etdi. Har gal jangga kirayotganida, necha-necha quroldosh doʻstlarining jasadlarini jang maydonlaridan olib chiqayotganlarida qoʻllarini duoga ochgan ota-onasi, qadrdon doʻstlari, Amu elining har qarich yeri koʻz oldida jonlanar, xayolini bir ezgu orzu band etardi: “agar eson-omon Vatanga qaytsam, to oʻlgunimcha aziz xalqimga xizmat qilaman!”.

Janglardan birida chap yelkasidan ogʻir yaralangan Roʻzimboy Nurimbetov harbiy xizmatdan III guruh nogironi boʻlib qaytdi.

– Juda tushkun holatda qaytganman, – eslaydi u hayotining jangovar yillarini. – Ota-onam tirik qaytganimga shukur qilib turganlarida men yelkamdagi kuchli ogʻriq azobini unutishim, joʻshqin hayot sari dadil intilishim kerakligini his etganman.

Roʻzimboy oʻzi aytganiday, hayotga joʻshqin nazar bilan boqdi, intildi. Orzulari roʻyobi uchun tinimsiz oʻqibizlandi. Metin irodasi, tirishqoqligi tufayli Toshkent Davlat tibbiyot institutiga oʻqishga kirib, mazkur oʻquv dargohini muvaffaqiyatli tamomladi. Barcha havas qilguday shirin oila qurdi. Umr yoʻldoshi, 55-sonli maktabning oʻzbek, qoraqalpoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Omongul Adilboyeva bilan toʻrt nafar farzandini bilimli, aql-farosatli insonlar qilib voyaga yetkazmoqda.

Institutni tugatib, 1991-yilda tuman tibbiyot birlashmasida shifokor sifatida oʻz mehnat faoliyatini boshlagan Roʻzimboy Nurimbetov 27-yildirki, xalq salomatligini saqlashdek xayrli vazifada sidqidildan xizmat qilib kelmoqda. Oʻzining fidoyiligi, mehnatsevarligi bilan kasbdoshlarining hurmat-ehtiromiga sazovor boʻlgan Roʻzimboy Nurimbetov harbiy xizmat davrida bir necha jangovar medallar bilan taqdirlangan boʻlsa, uning tibbiyot sohasidagi fidoyi mehnatlari ham munosib baholandi. U Sogʻliqni saqlash aʼlochisi nishoni sohibi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati sifatida hamisha faol, xalq orasiga kirib, ularning muammo va tashvishlarini hal etishga intilib yashaydi.

Oilada esa tadbirli, mehribon va qattiqqoʻl, qatʼiyatli ota, sadoqatli umr yoʻldosh. Katta oʻgʻli Ollambergan NDPIda, Shohruh Toshkent Davlat agrar Universitetining Nukus filialida tahsil olishadi. Shahzod Mangʻit iqtisodiyot kolleji, Behzod 55-sonli maktab oʻquvchilari.

– Toʻrt oʻgʻlim – toʻrtta togʻim, – deydi mamnuniyat bilan Roʻzimboy Nurimbetov. – Ularning kamolini koʻrish – men uchun eng ulugʻ baxt. Bir vaqtlar orzu qilardim: Alpomishday oʻgʻillarim boʻlsa-yu, men ularning davr-u davronini koʻrib, koʻkragimni baland tutib yursam, deb! Qarang, oʻgʻillarimning boʻy-bastiga nigohim tushgan sari koʻnglim togʻday yuksaladi. Shu boʻlsa kerak-da, farzandlarning kamoliga yetkazgani, yigit kishining baxti.

Ha, shudir azizlar, er yigitning baxti. Axir kim nima uchun kurashayotgani mubham boʻlgan, maʼni-maqsadsiz Afgʻoniston urushidan III guruh nogironligi tamgʻasini olib qaytib, qaddini tiklab, hayotga intilib va orzular yoʻlida kurashgan... , nihoyat oʻz orzu oshyoniga yetishib, toʻrt oʻgʻilga ota boʻlgan yigit uchun bundan ulugʻroq martaba, baxt bormi?! Tinch, osoyishta mamlakat, ahil-inoq mahalla, obod oila dasturxoni toʻrida savlat toʻkib oʻtirish chinakam BAXT!

Roʻzimboy har gal sobiq afgʻonchi doʻstlari bilan uchrashganida ana shunday oilaviy baxtga yetganidan koʻngli toshib ketadi.

– 15-fevral – biz sobiq baynalmilalchi jangchilar uchun katta bayram, – deydi u. – Chunki bundan 29-yil muqaddam, 1989-yilning 15-fevralida sobiq sovet harbiylarining oxirgi guruhi Afgʻoniston hududidan olib chiqildi. Bu sanani Roʻzimboy sobiq quroldoshlari va farzandlari davrasida behisob shukronalar bilan nishonlaydi. Bemavrid shahid ketgan quroldosh doʻstlari xotirasini yodga oladi...

Mangʻit shahrining Oybek nomli mahallasida istiqomat qiluvchi Roʻzimboy Nurimbetov va Omongul Adilboyevalar xonadonidan qaytarkanmiz, baxtdan yuzlari charogʻon bu insonlarga dilimizda havas uygʻondi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026