16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:14
Salomatlik 👁 4,879

Kamqonlikning oldini olish oʻz qoʻlimizda

Kamqonlikning oldini olish oʻz qoʻlimizda

Turli xil sabablarga koʻra qondagi gemoglobin miqdorining meʼyordan kamayib ketishi kamqonlik deyiladi. Oʻzbekiston sharoitida temir tanqislik kamqonligi eng koʻp uchraydigan kasallik boʻlib, tugʻruq yoshidagi ayollar va yosh bolalar orasida keng tarqalgan. Sababi oʻsish va rivojlanish natijasida temirga boʻlgan ehtiyoj homilador ayol, bolalar va oʻsmirlarda yuqori boʻladi.

Kamqonlikning kelib chiqish sabablari

Kasallikning kelib chiqish sabablari bir nechta omillarga bogʻliq boʻlib, unga har xil tasodifiy holatlarda koʻp qon yoʻqotish, oshqozon-ichak yarasidan qon ketish, ayollarda tugʻruq oraligʻining qisqaligi, xayz tsiklining turli xil buzilishlari va qon kasalliklari kiradi.

Qonda temir tanqisligi

Temir qondagi gemoglobinning tarkibiy qismiga kiradi. Gemoglobin kislorodni oʻpkadan olib, tananing butun aʼzo, toʻqima va hujayralariga yetkazadi, qisqa qilib aytganda, gemoglobin yordamida organizm nafas oladi. Kislorod organizmning yoqilgʻi manbaidir. Gemoglobinning kamayishi bilan organizmning kislorod bilan taʼminlanishi kamayadi. Natijada hujayralarning faoliyati susayadi. Bundan esa organizmning barcha aʼzo va toʻqimalari aziyat chekadi, ularning faoliyatlari sustlashadi, jumladan organizmning immuniteti pasayib, turli xil kasalliklarga chalinuvchanligi oshadi. Odam oʻzini lanj, holsiz sezadi. Kattalarning aqliy va jismoniy mehnatga boʻlgan layoqati pasayadi.

Kamqonlikning belgilari

Kasallikning dastlabki davrida hech qanday belgilar boʻlmasligi mumkin. Keyinchalik tez charchash, quvvatsizlik, xansirash, bosh aylanishi kuzatiladi va kesak, boʻp, koʻmir, xom xamir, xom makaron, shama va shunga oʻxshash narsalarni isteʼmol qilish kabi gʻayritabiiy istaklarning paydo boʻlishi, kerosin, benzin, boʻyoq, atseton, tuproq va yangi poyabzal va shular kabi narsalarning hidlarini yoqtirish, tirnoqning moʻrt, sinadigan, gʻadir-budir boʻlib qolishi, quyuq luqmani yutishning qiyinlashishi (tamoqda tiqilishi) va har bir quyuq luqmani suv bilan yutish zarurati bilan namoyon boʻladi.

Bosh miya kislorodni koʻp isteʼmol qiladigan va kislorod yetishmovchilikka oʻta sezgir aʼzo hisoblanadi. Bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, xotiraning pasayishi, holsizlanishanemiyaning dastlabki belgilari boʻlib, bu holatlar bola va oʻsmirlarda oʻqish jarayonlariga salbiy taʼsir koʻrsatadi hamda aqliy faoliyatining susayishiga olib keladi.

Temir tanqisligining sabablari

Organizmda temir yetishmasligi quyidagi holatlarda kelib chiqishi mumkin:

- ovqat tarkibida temir moddasining kamligi va ovqatlanish chogʻida qora choy, sut, qahva ichish;

- ichaklarda temir soʻrilishining buzilishi va gijjalar bilan zararlanish;

- bavosil (gemorroy) va oshqozon- ichak yaralari bilan kasallanish;

- ketma-ket homilador boʻlish va tugʻruq oraligʻining 2-3-yildan kamligi.

Kamqonlikka kimlar moyil boʻladi?

- chala tugʻilgan bolalar;

- ona suti bilan kam oziqlangan bolalar;

- jadal oʻsish davridagi oʻsmirlar;

- homilador ayollar;

- qariyalar (yaxshi ovqatlanmaslik va surunkali kasalliklar hisobiga);

- vegeterianlar;

- temir moddasini kam isteʼmol qiluvchi odamlar;

- baʼzi bir dori vositalarini (boʻgʻim kasalligida ishlatiladigan vositalar hamda aspirin) isteʼmol qiluvchilar.

Temir tanqisligining oldini olish uchun:

- temirga boy, oziq-ovqatlar bilan ovqatlanish va ularni ovqat ratsionida toʻgʻri taqsimlashtirish;

- sunʼiy ovqatlanuvchi bolalarga temirga boy ozuqalarni berish;

- taomlarni yashil sabzavot va koʻkatlar bilan isteʼmol qilish;

- tarkibida kofeyn saqlagan moddalardan (choy, kofe, koka-kola) oʻzni tiyish (ovqat bilan isteʼmol qilganda temir soʻrilishini kamaytirgani uchun ularni ovqatdan kamida bir soat keyin ichish) lozim.

Qisqa qilib aytganda, kamqonlikning oldini olish qiyin emas. Oilada sogʻlom turmush tarzini qaror toptirsak, farzandlarimizga, oʻzimizga eʼtiborli boʻlsak, kamqonlik kasalligiga oʻrin qolmaydi.

Ulugʻbek YaVQAShEV,

ToshPTI Nukus filiali "Davolash ishi” fakulteti 6-kurs talabasi.

(Foto: http://uzssgzt.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019