18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 11:58
Jamiyat 👁 1,457

“YOSHLAR – KELAJAGIMIZ” DAVLAT DASTURI INTILUVChAN, IZLANUVChAN YoShLARGA ISTIQBOL EShIKLARINI OChADI

“YOSHLAR – KELAJAGIMIZ” DAVLAT DASTURI INTILUVChAN, IZLANUVChAN YoShLARGA ISTIQBOL EShIKLARINI OChADI

Ayni kunda yurtimizda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilishi, ularning amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarga daxldorligini oshirish, yurt ravnaqida masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda yoshlar tadbirkorligini kompleks rivojlantirish, ularning ilgʻor loyihalariga keng yoʻl ochish muhim oʻrin tutadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyun kungi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni ham yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash, band boʻlmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar va biznes yuritish koʻnikmalariga oʻqitish, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan.

Dastur doirasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzurida “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi, uning tuman, shahar, filiallari tashkil etiladi.

Jamgʻarma mablagʻlaridan Davlat dasturidagi tadbirlarni moliyalashtirish, jumladan:

– yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish;

– Davlat dasturi doirasida olinadigan kreditlar boʻyicha kredit hajmining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda kafilliklar berish;

– tegishli koʻnikmalarga ega boʻlmagan yoshlar yashaydigan uy xoʻjaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon bolasi, 5 ta mayda va 2 yirik qoramol sotib olish, ularning qiymatini kelishilgan muddatlarda qaytargan holda ularni boqish va keyinchalik realizatsiya qilishda koʻmaklashish;

– yoshlarning kasbga qayta tayyorlanishi va malaka oshirishini tashkil etish, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish, shuningdek, ularga biznes yuritish koʻnikmalarini singdirish;

– yosh tadbirkorlarga davlat-xususiy sheriklik shartlarida imtiyozli binolar, ofis texnikasi va sarflash materiallarini ijaraga berish, ularni internet bilan taʼminlash, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalarini amalga oshirishlari uchun biznes rejalar ishlab chiqishda koʻmaklashish.

Yangi jamgʻarma maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini koʻrsatadi, forumlar, master-klasslar tashkil etish uchun “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari tashkil etadi, savdo-maishiy va kichik ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish uchun mehnat kuchi haddan ziyod boʻlgan tumanlarda “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini quradi.

Dasturga muvofiq, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi va tumanlar, shaharlarda hokimlarning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari boshchiligida hamda ichki ishlar boʻlimlari boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, Yoshlar ittifoqining tumanlar va shaharlar Kengashlari raislari, tadbirkorlikka koʻmaklashish markazi boʻlimlari rahbarlaridan iborat yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish komissiyalari tuziladi.

KOMISSIYaNING VAZIFALARI NIMALARDAN IBORAT? degan savol koʻpchilikni qiziqtirishi tabiiy, albatta.

Komissiya aʼzolari investitsiyaviy va ijtimoiy komplekslar hududiy organlarining, shuningdek, moliyalashtiruvchi tijorat banklarining biriktirilgan xodimlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishni xohlaydigan band boʻlmagan aholini aniqlaydi, uyma-uy yurib, aholi bilan uchrashadi, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalarini ishlab chiqishda, zarur hujjatlar va materiallarni tayyorlash hamda rasmiylashtirishga koʻmaklashadi.

Shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, gʻoyalari va loyihalarini realizatsiya qilish uchun imtiyozli kreditlar va mol-mulkni birlamchi koʻrib-chiqish va tanlab olish ham mazkur komissiya zimmasidadir.

Komissiya aʼzolari har bir xonadonni uyma-uy yurish, mavjud infratuzilmani inventarizatsiya qilish, yoshlar shugʻullanish istagini bildirgan mehnat faoliyati turini tahlil qilish, shuningdek, imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga berish talabnomlarini tanlab olish natijalari boʻyicha tasdiqlangan parametrlar doirasida tegishli tumanlar va shaharlarda namunaviy biznes rejalar asosida realizatsiya qilinadigan yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalarining manzilli roʻyxatini shakllantirib, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasiga taqdim etadi.

Respublika komissiyasi bu roʻyxatni imtiyozli kreditlar, mol-mulkni lizingga berishni moliyalashtirish uchun tijorat banklariga hamda jamgʻarmaga taqdim etadi.

Moliyalashtiruvchi tijorat banklari taqdim etilgan manzilli roʻyxat asosida imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga berish haqida oʻrnatilgan tartibda qaror qabul qiladi. Bu 3 ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.

“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni yoshlar tadbirkorligini kompleks rivojlantirish va yoshlarni tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga faol jalb qilishda muhim qadam boʻldi.

Ayni kunlarda tumanimizda ham Farmon ijrosini taʼminlash uchun saʼy-harakatlar boshlanib ketdi.

Oygul RAJABOVA,

gazetaning maxsus muxbiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026