18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 13:07
Jamiyat 👁 720

Toʻylarning avvalgi fayzi yana qaytsa...

Toʻylarning avvalgi fayzi yana qaytsa...

Bolalik shunday begʻubor davrki, hamma voqealar, hodisalar xuddi moʻʼjizadek tuyuladi. Salga koʻngil osmon qadar yuksalsa, salgina koʻngilsizlik vujudingizni larzaga soladi.

Inson bolalikdan qanchalik uzoqlashsa, shunchalik bu xotiralar totli tuyulaveradi.

Mangʻit shahrining Goʻna qalʼasi hududidagi koʻchalardan yursam, har gal bolalik xotiralarim esimga tushaveradi. U paytlarda televizor tugul radio ham sanoqligina oilalarda bor edi. Biz bolalar toʻylardagina qoʻshiq tinglab, tomosha koʻrar, keyinchalik buni koʻp vaqtlargacha esimizdan chiqarmay, toʻy bilan bogʻliq xotiralarimizni bir-birimizga aytishib yurardik. U paytlarda Mangʻit hozirgidan ancha kichkina, xonadonlarning barchasining ham qurli, tomoshali toʻy beraverishga qurbi yetmas, xullas, u toʻydan bu toʻyga sogʻinib, kutib, yetar edik.

Biz bolalarning u paytlarda oʻgʻil uylantirish yo sunnat toʻy boʻlsa, qanday toʻy boʻlishiga qarab, oʻynaladigan oʻyinlarimiz boʻlar edi. Masalan, qiz uzatilib ketayotgan yo kelin kelayotgan boʻlsa, oʻn-oʻn besh chogʻli bolalar yigʻilib, kelin mingan mashina oldiga xoda tutib, yoʻl bermay turish, yoʻlni oching, deya yangalarning qatlama, patir, shirinliklar ulashib yalinishlari, keyin chetga chiqib, yangalarning bergan neʼmatlarini talashib-tortishib ulashishlar, sunnat toʻylarda sunnat qilinadigan bolalarni yashirib qoʻyib, qayerdaligini aytmay qochishlarimiz, toʻy egasining joʻrangizni topib bersangiz - shu sizlarniki, deb birlik pulni koʻrsatgach, pulni olib, sunnat qilinadigan bolani goʻyoki topolmayotgandek, boshqa yerlardan izlab, kattalarni sarson qilishlarimiz biz uchun juda zavqli boʻlar edi.

Shularni oʻylab oʻtirib, hozir bir narsaga oʻzim ajablanaman: eshigiga toʻyga aytuvchi kelsa ham quvonadiganlar kamayib ketayapti. Qolaversa, hozir deyarli aytuvchi kelmaydiyam, qoʻl telefoni bor, telefonda aytiladi. Kimning toʻyiga borsangiz ham oʻsha xonanda, oʻsha boshlovchi, har kuni aytiladigan gaplar ham oʻsha-oʻsha.

Ehtimol, shuning uchun ham kun sayin toʻylar zerikarli, taʼsirsiz boʻlib borayotgandir? Ortiqcha sarf-xarajatlar, spirtli ichimliklar ham toʻy fayzini ketkazayotgandek.

Toʻylarni, marosimlarni, oilaviy tantanalarni ixcham, dabdabasiz oʻtkazish borasida bildirilayotgan fikrlar toʻylarga yangicha maʼnomazmun baxsh etishiga koʻngilda umid uygʻotadi. Qolaversa, bu barchaga birday bogʻliq, shunday emasmi?..

Yoʻldosh BOLTABOYeV, mehnat faxriysi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026