18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 15:30
Jamiyat 👁 1,033

UMPNING NUPAFShON MANZILI

UMPNING NUPAFShON MANZILI

Shinam, ozoda, bogʻ-rogʻlar ogʻushidagi hovli. Baland boʻy-teraklar, gul-u gulzorlar, hatto shundoq hovli yaqinidagi qiygʻos ochilib yotgan paxtazor – hammasi goʻzal, kishiga zavq bagʻishlaydi, dilda havas uygʻotadi. Bu– Ismoil hoji xonadoni.

Bizning dilimizda havas uygʻotgan Ismoil hoji ota Toʻrayev va u kishining rafiqalari Xonimjon hoji ona Toʻrayevalarning katta xonadonidan ildiz otib, el-yurtga kamarbasta boʻlishga ulgurgan besh nafar oʻgʻil-qizlar tuzgan oila gulshanlari nafaqat Arna boʻyi mahallasida, balki tumanimizda ham koʻplarning eʼtibori va hurmatiga munosib.

Ismoil hoji Toʻrayev oʻz umrining salkam 50-yilini tumanimiz qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, sugʻorish tarmoqlari holatini yaxshilash, ayniqsa, ekinzorlar tuproq sharoitini meliorativ jihatdan sogʻlomlashtirish, dehqonchilik madaniyatini yuksaltirishdek masʼuliyatli vazifalarga bagʻishladi.

Tumanimiz iqtisodiyotidagi yirik soha – irrigatsiya tizimiga koʻp yillar rahbarlik qildi.

– Tumanimizning sugʻoriladigan yer maydonlarini zarur paytlarda suv bilan taʼminlash hech qachon oson boʻlmagan, – oʻzi rahbarlik qilgan soha faoliyati haqida hikoya qiladi Ismoil hoji Toʻrayev. – Shunday paytlar boʻlardiki, hududlar boʻyicha miroblarimiz bilan birgalikda kun-u tun boʻyi kanallar yoqalab yurishimizga toʻgʻri kelardi.

Ana shunday masʼuliyatli vazifalarni ado etish jarayonlarida miroblar bilan yonma-yon suv yoqalab, horib-tolib oilasi bagʻriga qaytgan Ismoil ogʻani umr yoʻldoshi Xonimjon opa issiq mehr, samimiyat bilan kutib olardi. Er-xotin oʻrtasidagi bu samimiyat, oʻzaro mehr-oqibat farzandlar qalbini ziynatladi. Biri-biridan aqlli, bilimdon oʻgʻil-qizlar voyaga yetdi bu oilada. Ular ulgʻaygan sari Ismoil ogʻa bilan Xonimjon opaning orzu-umidlari ulgʻaydi.

Habibaxon tuman Tibbiyot birlashmasida malakali akusher-ginekolog, Bahromjon tadbirkor, Ilhomjon – fermer, Pavshanbek Pespublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Nukus filiali shifokori, Dilafroʻz 18-sonli maktabda ingliz tili fanidan saboq beradi.

Toshkent Tibbiyot akademiyasini muvaffaqiyatli tugatgan Habibaxon opasining izidan borib oliy maʼlumotli, yetuk shifokor darajasiga erishgan Pavshanbek, fermer va tadbirkor oʻgʻillari Bahromjon va Ilhomjon, yoshlarning sevimli ustozi Dilafroʻz, kelinlari – nevropatolog-shifokor Paʼnoxon, oʻzi ham, muomalasi ham dilbar kelin Dilbarxonlar bugun Ismoil hoji ota va Xonimjon hoji onalarning orzu-umidlarini amalga oshirayotgan tolmas qanotlari.

Besh nafar farzandi bugun 10 nafarga, nevaralari 12 nafarga yetib, Arna boʻyi mahallasining eng ibratli xonadon sohibi va sohibasiga aylangan Xonimjon hoji va Ismoil hoji Toʻrayevlar oʻz umrlarining eng yorugʻ, nurafshon manzilida muborak Kaʼbatullohni ziyorat etib, hojilik martabasiga yetishdilar.

– Shunday baxtga yetkazganiga shukur, – deydi Ismoil hoji ota mamnuniyat bilan. – Prezidentimizga, davlatimizning beqiyos gʻamxoʻrligiga ming-ming rahmat. Bizning haj amallarini ado etishimizda umuman hech qanday muammo boʻlmadi. Hojilar uchun yaratilgan sharoitlar, hatto kuzatish, kutib olish marosimlari insoniylikning goʻzal fazilatlari ila mehr-oqibat, oʻzaro hurmat asosida boʻldi. 1-sentyabr – Oʻzbekiston mustaqilligi bayramini biz muqaddas Makka shahrida nishonladik, butun dunyo musulmonlari, garchi koʻplarining tillarini tushunmasak-da, ular bizni eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz bilan tabriklashdi.

Bugun Ismoil hoji ota va Xonimjon hoji onalarning xonadoni yanada fayzga toʻlgan. Yor-u doʻstlar, qavm-qarindoshlarning qadami uzilmaydi bu xonadondan.

– Fermer oʻgʻlimning dalalarida yigʻim-terim mavsumi boshlandi, –deydi quvonch bilan Xonimjon hoji ona shundoq tomorqa yeriga tutash paxtazorni oralarkan. – Mana shu uch gektarlik paxta dalasini Ismoil ogʻangiz bilan ikkalamiz parvarishlaymiz. Begona oʻtlardan tozalash, yaganalash, sugʻorish, hatto chilpish ishlarini ham oʻzimiz bajaramiz. Axir paxta – boyligimiz, bu boylikni biz – xalq yaratamiz, qoʻlimiz tegsin, deymiz-da.

– Otam bilan onam duo qilib tursalar, marramiz hamisha baland boʻladi, – deyishadi oʻylashib olishganday Bahromjon bilan Ilhomjon.

“Ota-onam duo qilib tursalar”... Bu – farzandlar koʻnglidagi samimiyat, koʻnglida muhrlangan orzu, umid. Biri-biriga talpinib, biri-birining koʻngliga mehr nurlarini yoʻgʻirib yashaguvchi bu xonadonda biz insoniylikning ulugʻvor sifati – mehr-oqibat daraxti gurkirab oʻsayotganiga guvoh boʻldik, Ismoil hoji ota va Xonimjon hoji onalarning nurafshon va obod, fayziyob umr manziliga havas qildik. Hoji otaxon va hoji onaxon duoga qoʻl ochdilar:

– Ilohim, barchaga ana shunday keksalikning gasht-u sururi nasib etsin!

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026