17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:59
Salomatlik 👁 819

DAVO ChORALARINING AVVALI – SAMIMIYLIK

DAVO ChORALARINING AVVALI – SAMIMIYLIK

Shifokorlik – oʻta masʼuliyatli, shu bilan birga sharafli kasb. Insonlar koʻngliga yoʻl topib, dardlariga malham boʻlib yashash – shifokorning hayot mazmuni. Rustam Jumaniyozov har gal oʻzi rahbarlik qilayotgan rejali jarrohlik boʻlimida davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashganida, ularning umid toʻla nigohlariga boqqanida doimo koʻnglidan bir oʻy kechadi: “inson – aziz, uning sogʻligi yanayam aziz, shu aziz insonlar koʻzlaridagi umid hech qachon soʻnmasligi kerak”.

Tuman Tibbiyot birlashmasining rejali jarrohlik boʻlimi shifokorlari uchun kun-u tun ish jarayonlari qizgʻin kechadi. 30 ta oʻringa moʻljallangan boʻlim tarkibida 20 ta jarrohlik va 10 ta urologik koykalar mavjud. Asosan rejali jarrohlik xizmatini amalga oshirishga moʻljallangan boʻlim uzluksiz issiqlik taʼminotiga ega. Barcha xonalar tibbiy qoplamalar va zamonaviy funktsional anjomlar bilan jihozlangan. Boʻlim toza va yiringli sektorlarga ajratilib, bogʻlash xonalari ham alohida joylashtirilgan. Jarrohlik boʻlmasida anesteziolog, material tayyorlash, jarrohlik amaliyotidan oldingi yuvinish xonalari hamda jarrohlik zali joylashgan boʻlib, mazkur boʻlma eng zamonaviy tibbiy anjomlar bilan taʼminlangani boʻlimda davolanishni istovchi bemorlarda mamnuniyat hissini uygʻotmoqda.

Rejali jarrohlik boʻlimida barcha shart-sharoitlar mavjudligi nafaqat shifokorlar uchun, balki bemorlar uchun ham ancha qulayliklar yaratadi.

Bemorlar koʻngliga yoʻl topib, mehrini qozonayotgan boʻlim shifokorlarining mehnatlari tahsinga loyiq. Oliy toifali shifokorlar – boʻlim mudiri Rustam Jumaniyozov, ordinator shifokor-jarroh Baxtiyor Yavidov, malakali jarroh Komiljon Bobojonov, bolalar jarrohi Shukurulla Ismoilov, urolog-shifokor Sh.Jumaniyozovlarni xalqimiz “qoʻli yengil shifokorlar”- deya olqishlaydilar. Aynan shu shifokorlar va boʻlimda faoliyat olib borayotgan barcha oʻrta va kichik tibbiyot hamshiralarining fidoyiliklari tufayli 2018-yil boshidan beri 481 ta jarrohlik amaliyotining barchasi muvaffaqiyatli amalga oshirilib, turli xil jarrohlik kasalliklari bilan davolangan 1085 nafar bemorning sogʻligi tiklanib, sogʻlom hayotga qaytarildi.

– Maqtanish emas-u, boʻlimimiz shifokorlari sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, davolash ishlarini olib borishda har qanday malakali mutaxassislardan kam emas. Sababi, shifokorlarimizning barchasi oʻz ustlarida tinimsiz ishlaydilar, uzluksiz ravishda malakalarini oshirib bormoqdalar. Bundan ham muhimi, boʻlimimiz jamoasi har qanday vaziyatda ham qalblarida katta hurmat va samimiyat hissi bilan mehnat kunlarini boshlaydilar, – deydi boʻlim mudiri Rustam Jumaniyozov. – Men fursatdan foydalanib, ana shunday samimiy qalbli kasbdoshlarimizni, hurmatli ustozlarimizni anʼanaviy kasb bayramlari bilan chin dildan tabriklayman. Tilagim, insonlar xoh u bemor boʻlsin, xoh shifokor – hamisha sogʻlom, samimiy boʻlsinlar!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019