16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:34
Qishloq xoʻjaligi 👁 2,461

Yer – oltin xazinamiz

Yer – oltin xazinamiz

Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining

55-moddasi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yer munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar tizimi ishlab chiqildi va ularni takomillashtirish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. Bu boradagi munosabatlarni tartibga solishda Oʻzbekiston Respublikasining "Yer Kodeksi” asosiy meʼyoriy hujjat boʻlib xizmat qiladi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, yer resurslaridan foydalanishda yuridik va jismoniy shaxslarning barcha haq-huquqlari Konstitutsiyamiz bilan kafolatlangan. Umummilliy boyligimiz boʻlgan tabiiy zahiralar – yer, yer osti va yer usti boyliklari, suv va oʻsimlik dunyosidan oqilona foydalanish hamda ehtiyotkorona munosabatda boʻlish har birimizning fuqarolik burchimizdir. Ayniqsa, yer resurslarining talon-taroj qilinishiga yoʻl qoʻymaslik, tuproq ekologiyasi buzilishining oldini olish, ekishlik maydonlari, yaylovlar, tomorqa yerlaridan yil mavsumlarida maqsadli foydalanishni taʼminlash – aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirishda muhim omil hisoblanadi. Tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi xodimlari tomonidan yerga oid munosabatlarni tartibga solish borasida ibratliishlar amalga oshirilmoqda.

Tumanimiz hududi 102.119 gektarni tashkil etadi. Shundan 32.482 gektari sugʻoriladigan yerlar hisoblanadi. Bogʻlar, uzumzor va tutzorlar esa 1533 gektarni tashkil etadi. Chorvachilik uchun moʻl-koʻl ozuqa zahirasi hisoblangan 1.251 gektar pichanzor va 8.579 gektar tabiiy yaylovlar xalqimizning goʻsht va sut mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, chorvachilikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 43.845 gektar maydonda turli xil qishloq xoʻjalik ekinlari yetishtiriladi, 6.191 gektar yer maydoni esa aholiga tomorqa uchun ajratilgan.

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan 277 ta fermer xoʻjaliklarining 254 tasi paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashgan. 5 tasi bogʻdorchilik, 6 tasi parrandachilik va 12 ta fermer xoʻjaligi chorvachilik yoʻnalishi boʻyicha faoliyat olib borishadi. Ular qaysi yoʻnalishda ish olib borishlaridan qatʼiy nazar, barchasi uchun umumiy maʼnoda foyda keltiruvchi manba – Yerdir. Sababi, u chorvadormi, paxtakormi, gʻallakoru sohibkormi, yerga sepgan bir hovuch urugʻi minglab tonna paxta, gʻalla, meva-cheva, goʻsht-sut mahsulotlari boʻlib omborlarni toʻldiradi. El-yurtga rizq-nasiba boʻlib dasturxonlarni bezaydi. Xonadonlarimizga koʻrk bagʻishlab, hayotimizga farovonlik, turmushimizga obodlik olib keladi. Bularning barchasi umummilliy boyligimiz – Yerga, tabiiy zahiralarga oqilona munosabatimizning hayotiy ifodasidir.

Ota-bobolarimiz: "Oyogʻimiz ostidagi Yer emas – oltin xazina”, - deb taʼlim berishlari ham shundan. Shu bois, mamlakatimizda yerga boʻlgan munosabat mustaqillik yillarida davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Demak, ona zaminimizni avaylasak, shu oddiy tuproq bizning qadr-qimmatimizni yanada baland koʻtaradi, rizq-u nasibamizni ulugʻ qiladi.

Oʻktam YOʻLDOShEV,

tuman Yer resurslari va kadastri boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019