16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:33
Iqtisodiyot 👁 2,480

Yangi ish oʻrinlari koʻpaymoqda

Yangi ish oʻrinlari koʻpaymoqda

Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda koʻrsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining

37-moddasidan.

Mamlakatimizda istiqlol yillarida fuqarolarning tinch-osoyishta yashashi, oʻz qobiliyat va intilishlariga yarasha mehnat qilishi, oʻz mehnatlari tufayli toʻq va farovon umr kechirishlariga erishishlari uchun gʻamxoʻrlik tobora kuchaytirilmoqda. Bunda ishga yaroqli aholining ish bilan bandligiga erishish juda muhim oʻrin tutadi. Axir biron faoliyat turi bilan band boʻlmay turib, oila farovonligini taʼminlash haqida gap ham boʻlishi mumkin emas-da.

Yurtimizning har bir fuqarosi Asosiy Qonunimizda belgilab qoʻyilganidek "... Mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”.

Tumanimizda fuqarolarning ish bilan bandligini taʼminlash, ishga yaroqli ishsiz fuqarolar uchun yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Joriy yil uchun 5231 ta yangi ish oʻrinlari yaratish, shundan 150 tasi yangi ishlab chiqarish obʼektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarini oshirish hisobiga, 2288 tasi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilish hisobiga, 270 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hisobiga, 1232 tasi fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish hisobiga, 936 tasi uy mehnatining barcha shakllarini tashkil etish hisobiga, 329 tasi ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish hisobiga, 26 tasi ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga rejalashtirilgan edi.

Yilimizning oʻtgan davri mobaynida 4871 ta oʻrniga 4969 ta yangi ish oʻrinlari yaratilib, belgilangan reja 102 foizga bajarildi. Ish oʻrinlarining yoʻnalishlar kesimida bajarilishi esa yangi ishlab chiqarish obʼektlarini ishga tushirish va tashkil etish hisobidan 128 ta, kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish va kengaytirish hisobidan 1923 ta, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha 242 ta, kasanachilikning barcha shakllarini tashkil etish hisobidan 851 ta, fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish hisobidan 1057 ta, ijtimoiy infratuzilma va aholi punktlarini obodonlashtirish hisobidan 294 ta, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobidan esa 22 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Yilimizning oʻtgan 11 oyi davomida 8-marta boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari oʻtkazildi va unda 224 ta korxona, tashkilotlar oʻzlarining mavjud 918 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarkalarda tumanimizning ishga yaroqli ishsiz 633 nafar aholisi ishga joylashish uchun yoʻllanma olish imkoniyatiga ega boʻldilar, 264 nafar fuqaroga esa tegishli maslahatlar berildi.

Yangi ish oʻrinlarini yaratish va shu barobarida aholining ish bilan bandligini taʼminlashga eʼtibor kuchaytirilaveradi.

M.MATKARIMOV,

tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019