16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:34
Jamiyat 👁 2,515

Internet tufayli toʻkilgan koʻz yosh

Internet tufayli toʻkilgan koʻz yosh

XXI asr axborot asri ekanligi hammamizga maʼlum. Internet bizga cheksiz imkoniyatlarni inʼom etadi. Bir soʻz bilan aytganda, dunyo boʻyichaoʻrgimchak toʻri, deya taʼriflanayotgan internet – cheksiz-chegarasiz axborot xazinasidir. U bizning oltindan afzal vaqtimizni tejashi bilan teng darajada uni ogʻirlashtirayotganini, shu tufayli koʻplab muammolarga sabab boʻlayotganini, yoshlar orasida turli maʼnaviyatimizga yot boʻlgan illatlarning tez surʼatlarda tarqalayotganini ham unutmasligimiz kerak. Internetdan foydalanishda maʼlum bir chegara chiziqlaridan oʻtmagan holda, oqilona ish tutishimiz zarur, deb oʻylayman. Tun-u kun "agent”, "odnoklassniki” kabi muloqot vositalaridan foydalanuvchi yoshlar safi yanada ortib bormoqda.

Soʻzimning dalili sifatida ushbu hayotiy voqeani misol keltirmoqchiman. Bir kuni bozordan qaytayotgandim. Kun issiq, hamma uyiga oshiqmoqda. Mashina endi yurayotgan ham ediki, yigʻidan koʻzlari qizarib ketgan chiroyli qiz, yonida esa 12 yoshlar chamasi singlisibilan orqa oʻrindiqqa oʻtirdi. Hammaning eʼtibori shu qizlarda. Marshrut taksi joyidan qoʻzgʻaldi hamki, qiz yigʻidan toʻxtamasdi. Shunda yoshi kattaroq opalardan biri hol soʻrab, qizni yupatgan boʻldi. Qiz yigʻidan toʻxtamagach, oʻsha opa kichikina qizchadan opasiga nima boʻlganini soʻrab, hech qayeri ogʻrimayotganmikan, deb xavotirlana boshladi. Shunda singlisi: "yoʻq opamning hech qayeri ogʻrimayapti, faqat uni bir yigit xafa qildi, shunga yigʻlayapti”, - dedi va boʻlgan voqeani ayta boshladi. Aytishicha, opasi "odnoklassniki”da bir yigit bilan tanishib, uni yoqtirib qolgan ekan, ular bir-birlarini koʻrmasdan deyarli 1-yildan buyon telefon orqali gaplashib yurishgan ekan. Bugun esa internet koʻprigi orqali tanishgan oshiqlar uchrashishga qaror qilishgan ekan. Yigit oʻrtoqlari bilan qizni kutib turganida, uzoqdan 16 yoshli, yuzlari oppoqqina, juda chiroyli qizga koʻzi tushadi. Bu orada qiz ularning yoniga yetib keladi. Qizning salomlashish uchun uzatgan qoʻliga nazar solgan yigitning rangi oʻzgarib, tuzukroq soʻrashmay ham ketib qoladi. Chunki qizning qoʻlida kuyishdan qolgan dogʻ bor ekan. Qiz esa zor yigʻlagancha qolavergan.

Yoʻl boʻyi oʻylanib bordim. Endi bu qizning hayoti qanday kechadi? Hayotga va muhabbatga boʻlgan ishonchini kim qaytaradi? Uning qoʻlidagi dogʻ vaqt oʻtib, yoʻqolishiga, unga xalaqit bermasligiga kim ishontiradi. Bu sizga oddiy holdek tuyulayotgan boʻlishi mumkin. Ammo singan yosh koʻngilni qayta tiklash mushkul ekanligini anglash qiyin emas. Mana shunga oʻxshash voqealar kundalik hayotimizda tez-tez uchrayotganligiga sabab - yoshlar tobora internet atalmish ummon tubiga shoʻngʻiyotganidir. Doʻstlarim, keling, internetdan oʻz oʻrnida foydalanaylik. Ota-onamiz va atrofdagilarga qolaversa, jamiyatga ziyon yetkazadigan illatlardan xoli boʻlaylik.

Muhayyo RAHIMBOYeVA,

QDU jurnalistika fakultetining 2-bosqich talabasi.

(Foto - http://tech.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019