21.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.10.2026, 03:50
Maqolalar 👁 709

KATTA XONADONNING KAMTAR SOHIBI

KATTA XONADONNING KAMTAR SOHIBI

Atrofimizdagi olam oʻz goʻzalliklari bilan qalbimizga tutash. Biz unga intilamiz, olam goʻzalliklaridan zavq va bahra olib yashaymiz. Bu Alloh bizga – inson zotiga ato etgan cheksiz imkoniyat – hayot zavqi!

Baʼzan oila davrasida, baʼzan umr yoʻldoshi Niyozjon ona bilan yolgʻiz qolganida Yoʻldosh ota Sobirov bosib oʻtgan umr yoʻllarini xayoldan oʻtkazib:

– Yomon yashamadik, kampir, – deb qoʻyadi mamnuniyat bilan.

Yoʻldosh otaning oʻz umr yoʻllaridan koʻngli toʻlganicha bor. Axir esini taniganidan beri qoʻli mehnatdan, qalbi ezgulikdan ayro boʻlmadi. Ota-onasining qavatiga kirib, ilk mehnat faoliyatini boshlaganida Yoʻldosh Sobirov hali oʻsmir yoshda edi. Oʻsha paytlari “15 yoshli bola nega dalaga ishga chiqayotir?”, – degan savol hech kimning xayoliga kelmas, sobiq Mangʻit davlat xoʻjaligi ishchilari orasida Yoʻldosh Sobirov kabi oʻsmir yoshlar koʻpchilikni tashkil qilardi.

Oʻshanda 1963-yilning ilk bahori edi. Maktabdagi oʻqishidan keyin xoʻjalik ishchilari bilan birga turli ishlarni bajarishda tepa-teng kunlik normani uddalayotgan 15 yashar Yoʻldosh Sobirov va u tengi bolalarga ish haqini hisoblashda biroz kam maosh yozilardi.

– Nega? Axir bizlar normani kattalar bilan baravar bajarayotirmiz-ku!

– Hali sizlar bolasizlar, – derdi hisobchi koʻzlariga tik boqib. – “Bosh bilak” (katta yoshdagi) ishchilar bilan baravar maosh olishingiz mumkin emas.

Yoʻldosh Sobirov bu kabi adolatsizliklarga koʻp bora duch kelgan va har doim fidoyilik bilan qilgan mehnati munosib baholanmaganidan dili ogʻrigan. Shunday paytlarda ota-onasiga:

– Men, albatta, oʻqiyman, hali koʻrasizlar, bunday adolatsizliklarga qarshi kurashaman! – derdi astoydil.

Yoʻldosh Sobirovning qalbida uygʻongan bu ishtiyoq chinakam orzuga aylandi. 1965-yilda umumtaʼlim maktabini muvaffaqiyatli tugatib, Toshkent Davlat politexnika institutiga oʻqishga kirdi. 1970-yilda institut taqsimot komissiyasi qarori bilan oʻzi tugʻilib-oʻsgan Mangʻit shahriga oliy maʼlumotli muhandis-mexanik diplomi bilan qaytib keldi. Mangʻit paxta tozalash zavodida ish meʼyorini belgilovchi mutaxassis, chilangar-ishchi, keyinchalik iqtisodchi vazifalarida ishladi. Oʻziga nisbatan oʻta talabchan, halol va fidoyi bu yigit nafaqat oʻzi mehnat qiladigan jamoasi, balki tuman rahbariyatining ham nazariga tushdi.

1974-1975-yillarda tuman firqa qoʻmitasi instruktori lavozimida ishlagan Yoʻldosh Sobirovning tashabbuskorligi, ishchanligi, bilimdonligi alohida eʼtirof etilib, 1975-yilda Amudaryo tuman yoshlar tashkilotining 1-kotibligiga tayinlandi. Yoʻldosh Sobirov vaqt oʻtgan sari hayotni mukammal oʻrganishga, ziddiyat va nuqsonlardan xulosalar chiqarib yashashga oʻrgandi. Qiyinchiliklar qarshisida tiz choʻkmadi, balki har qanday muammoga oʻz vaqtida yechim topishga intildi va buni hayoti davomida oʻz ish faoliyatida metin qoidaga aylantirdi.

Oʻtgan asrning 1978-1979-yillarida 44-avtokorxona direktori, 1979-81-yillarda Mangʻit shahar Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan Yoʻldosh Sobirov avtokorxona maʼmuriy binosi, korxona ishchilari uchun koʻpqavatli turar joy, bolalar bogʻchasi qurilishlarini besh yilliklar rejasiga kiritish uchun qalin ish papkasini qoʻltiqlab kirmagan idorasi, bosh suqmagan eshigi qolmagandi oʻshanda. Ming bir mashaqqat bilan bu muammolar yechimini topganida ish stolida Mangʻit shahridagi markaziy koʻchalardan birini asfaltlash, shaharda va shahar atrofi xalqa yoʻlida avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish masalalari koʻtarilgan xalq arizalari paydo boʻldi. Yana yelib-yugurish, bu muammolarni hal etish boʻyicha takliflar bilan yuqori tashkilotlarga asosli hujjatlar tayyorlash...

Shunday kunlarning birida unga yana bir ishonch bildirishdi. Tumandagi oqsayotgan sohalardan biri – maishiy xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlashdi.Yoshlar tashkilotida 1-kotib vazifasida ishlaganida katta-katta tashabbuslar bilan chiqib, paxtachilik va chorvachilik yoʻnalishlarida yoshlar brigadalarini tuzib, bu brigadalar tajribalarini butun tumanda ommalashtirgan, zamonaviy stadion, shahar markazida shinam sanʼat saroyi qurilishlariga bosh-qosh boʻlgan Yoʻldosh Sobirovning ishchanlik, talabchanlik va tashabbuskorlik xislatlari tuman maishiy xizmat koʻrsatish boshqarmasini qoloqlik botqogʻidan olib chiqishda qoʻl keldi. Sohada keskin burilishlar yasaldi. Boshqarma ixtiyorida tamoman yangi tarmoq – mebelsozlik rivojlandi, pullik xizmat koʻrsatish turlari koʻpaydi. Eng chekka qishloqlar markazlarida aholiga maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari tashkil etildi.

Oʻz mehnat faoliyatining asosiy qismini turli sohalarga rahbarlik qilish bilan oʻtkazgan Yoʻldosh ota Sobirov tuman Nazorat inspektsiyasi boshligʻi lavozimida ishlagan davrlarini “ish faoliyatimdagi eng beorom kechgan yillar” deb atadi. 6-yil davomida mazkur inspektsiyani boshqargan Yoʻldosh Sobirov inspektsiyaga kelib tushgan har bir ariza va shikoyat bilan jiddiy shugʻullandi, haqiqat uchun kurashdi, egildi, lekin sinmadi. Xalq manfaati va adolat gʻoyalarini himoya qilish yoʻlida aslo chekinmadi. Bu boradagi faoliyati kimlargadir yoqmadi, katta-katta minbarlardan turib Yoʻldosh Sobirovning nomiga tanqidlar, koyishlar aytildi.

– Toʻgʻrisini aytsam, Nazorat inspektsiyasi rahbari vazifasida ishlaganimda jurnalist Saʼdulla Xoʻjaniyozov menga katta yordam bergan, buni yashirmayman va hamisha undan minnatdorman – deydi Yoʻldosh ota oʻsha davrni eslab.

Halollik – haq koʻngillilarni birlashtiradi, deganlari naqadar rost. Yoʻldosh ota Sobirov oʻtgan 71 yillik umri davomida salkam 50-yil xalqqa halol va fidoyi xizmat qildi. Deyarli 30-yil turli rahbarlik lavozimlarida ishladi. Beminnat xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib baholanib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Sovetining faxriy yorligʻi hamda “Shavkatli mehnati uchun” medallari bilan mukofotlandi. Bolalikdan qadrdon doʻsti, sinfdoshi Niyozjon ona bilan qurgan ahil oila chamanida 6 nafar oʻgʻil-qizni tarbiyalab, elga qoʻshdi. Umr yoʻllariga, ortiga nazar tashlab, Niyozjon onaga mamnuniyat bilan:

– Yomon yashamabmiz, kampir! – deya shukrona keltirishlari, albatta, havasga loyiq.

Axir farzandlarining barchasi oʻqimishli. Qizlari Malikaxon, Mohiraxon, Nodiraxon, oʻgʻillari Otabek va Nurbekjonlar onasining kasbini tanlashdi – oʻqituvchi! Shoiraxon qizi tadbirkor. Intiluvchanlik va tashabbuskorlik, odamlarni ortidan ergashtira olish qobiliyatlari Yoʻldosh otadan oʻtgan chogʻi, katta oʻgʻil Otabek Yoʻldoshov tuman Xalq taʼlimi boʻlimi rahbari, Nurbekjon esa 5-sonli umumtaʼlim maktabi direktori.

Biri-biridan xushsurat, xushxulq kelinlari Shoiraxon bilan Nasibaxonlarning uy tutishlari, roʻzgʻorim, uyim-joyim, deb turishlari havasga munosib. Bu yogʻini soʻrasangiz, pir-u badavlat Yoʻldosh ota Sobirov va Niyozjon onalarning mehr-muhabbat chamanidan ildiz otgan Sobirovlar oilalarida 20 nafar bilagʻon, epchil, xushmuomala nevaralar, 2 nafar jajji chevaralar ulgʻayishmoqda.

– Keksalikning gashti ham, iftixori ham shuda, – deydi Niyozjon ona mehr bilan.

– Hayotning goʻzalligi de, kampir! – umr yoʻldoshiga samimiyat bilan boqadi Yoʻldosh ota.

– Ming-ming shukur, shunday dorilomon kunlarga, oʻgʻil-qizlar quvonchiga yetkazganiga shukur. Qani, otasi, bir duo qiling.

– Iloho omin, barchaga farzandlar kamolini koʻrib, ulugʻ yoshlarga yetish nasib qilsin. Yurtimiz tinch, xalqimiz xotirjam, hayotimiz goʻzal damlarga toʻliq boʻlsin!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
«Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi 20.10.2026 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda ▶ 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026