16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:21
Madaniyat 👁 579

“YaXShILIKLAR OLAMI” – YoSh TOMOShABINLARGA MANZUR BOʻLMOQDA

“YaXShILIKLAR OLAMI” – YoSh TOMOShABINLARGA MANZUR BOʻLMOQDA

Qilichboy madaniyat markazi xodimlari aholining madaniy dam olishlari, boʻsh vaqtlarini koʻngilli oʻtkazishlari uchun koʻpgina tadbirlar tashkil qilishib, tomoshabinlar eʼtiboriga havol etishayapti. Markazda uchta toʻgarak – ashula, drama va doira toʻgaraklari tashkil qilingan boʻlib, ovulning sanʼatsevar yoshlarini qamrab olgan. Toʻgaraklarga Oʻktam Bozorboyev, Mirsaid Qodirov va Doniyorbek Bobojonovlar rahbarlik qilishadi.

Yaqinda Mirsaid Qodirov yana bir ezgu ishga qoʻl urdi. Iqtidorli va sanʼatsevar yoshlarni jamlab, “Yosh tomoshabinlar teatr jamoasi” tashkil etdi va ulkan rejalar bilan ijodiy ishlarni boshlab yubordi.

Muhtaram Yurtboshimizning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida belgilab bergan beshta tashabbusi ijrosini taʼminlash maqsadida jamoa tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan oʻzbek xalq ertaklari asosida “Yaxshiliklar olami” deb nomlangan tomosha sahnalashtirishdi.

Asosan kichkintoy bolajonlarga moʻljallangan tomosha shu kungacha tumanimizning 12 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida namoyish etildi va tomoshabinlarga juda manzur boʻldi.

Tomoshalarda bolajonlar “Yosh tomoshabinlar teatr jamoasi” aʼzolari Qadamboy Matsafoyev ijro etgan yalmogʻiz, Diyorbek Xudoyberganov ijrosidagi masxaraboz, Ogʻabek Oʻrozmatov ijrosidagi qaroqchi, Damir Shuhratov ijrosidagi quyoncha, Oʻlmasbek Xudoyberganov ijrosidagi arslon obrozlari orqali gavdalantirilgan yaxshilikning yovuzlik ustidan gʻalaba qozonishini, buning uchun mardlik va olijanoblik kerakligini chuqur anglab yetdilar.

Tomoshaning “Yaxshiliklar olami” deb nomlanishi ham ramziy maʼnoga ega.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida namoyish etilgan bu tomoshaning iliq kutib olingani ijodkorlarni yangi-yangi ijodiy ishlarga ruhlantirmoqda.

Qilichboy Madaniyat markazida yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayramiga bagʻishlab tayyorlanayotgan ulkan musiqali dasturda ham “Yosh tomoshabinlar teatr jamoasi” chiqishlari joy olgan. Ilk mehnati mevasi - “Yaxshiliklar olami” tomoshasi kichkintoylargagina emas, ularning ota-onalariga ham manzur boʻlayotgani jamoa aʼzolarini yangi-yangi ijodiy ishlarga ruhlantirmoqda.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019