16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:08
Siyosat 👁 552

TENGLIK, OShKORALIK, OChIQLIK VA ShAFFOFLIK TAʼMINLANADI

TENGLIK, OShKORALIK, OChIQLIK VA ShAFFOFLIK TAʼMINLANADI

Jahon hamjamiyatida oʻz mavqeini egallab, barcha sohalarda taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qoʻygan, dunyoda tom maʼnoda yangi qiyofada namoyon boʻlayotgan mustaqil Oʻzbekistonda muhim siyosiy voqelik – bugun, yaʼni 22-dekabr kuni vakillik organlariga saylovlar oʻtkazilmoqda.

Tumanimizda ham bu muhim siyosiy jarayonga puxta hozirlik koʻrildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov oʻtkazuvchi 4-Amudaryo okrug saylov komissiyasi tomonidan saylov kompaniyasiga start berilgan 2019-yil 20-sentyabr sanasidan boshlab ushbu muhim siyosiy jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etish va saylov kunini demokratik tarzda, oshkoralik ruhida oʻtkazish maqsadida yangi tahrirdagi saylov Kodeksida belgilangan yangi, ilgʻor amaliyotni joriy etgan holda ish olib borildi. Avvalo, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining 10-, 22-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi 4-Amudaryo okrug saylov komissiyasi qaroriga muvofiq Amudaryo va Beruniy tumanlari hokimlarining taqdimnomasi asosida 4-Amudaryo saylov okrugi hududida 42 ta Yagona saylov uchastkalari tuzilib, barcha saylov uchastkalarining saylovchilarni qamrov hududlari belgilandi.

Saylov uchastkalarining markazlari asosan taʼlim muassasalari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari binolarida joyshlashtirilib, barcha Yagona saylov uchastkalarining toʻliq elektr energiyasi, isitish tizimlari, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan taʼminishiga alohida eʼtibor berildi. Shuningdek, saylov uchastkalari Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat ramzlari, saylov qonunchiligiga oid huquqiy-normativ hujjatlar, adabiyotlar, matbuot nashrlari, saylov targʻibotiga oid rangli bannerlar, siyosiy partiyalardan koʻrsatilgan nomzodlar haqidagi maʼlumotlar hamda 5 ta siyosiy partiyaning saylovoldi harakat dasturlari bilan bezatildi.

Saylov kompaniyasining muvaffaqiyatli oʻtishini taʼminlash maqsadida  okrug hududidagi barcha uchastka saylov komissiyalari raislari, oʻrinbosarlari, kotib va aʼzolari uchun oʻquv-seminar mashgʻulotlari tashkil etilib, saylov qonunchiligidagi yangiliklar bilan oʻz vaqtida tanishtirildi. 5 ta siyosiy partiyadan koʻrsatilgan nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishda xolislik, oshkoralik va shaffoflik tamoyiliga amal qilindi. Saylovga tayyorgarlik jarayonida partiyalar tomonidan harakat dasturlari va nomzodlar targʻibotini amalga oshirishlari uchun teng sharoitlar yaratib berildi.

Yangi tahrirdagi Saylov Kodeksiga asosan ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgani uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida boʻlib turgan yoki vaqtincha hibsda saqlanayotgan shaxslarda ham saylov huquqi vujudga keldi. Tumanimizda ham vaqtincha yaʼni sudgacha hibsda saqlanayotgan shaxslarning ovoz berishlari uchun sharoit yaratilib, koʻchma saylov qutilari tashkil etildi.

4-Amudaryo okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovlarni tashkil etish, xalqimizning saylov huquqini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish boʻyicha olib borilgan ishlar koʻlami shuni koʻrsatadiki, joriy yilgi saylovlar mutlaqo yangi siyosiy sharoitda, partiyalararo kuchli raqobat asosida, gʻoyalar va dasturlar kurashiga boy  vaziyatda oʻtmoqda.

Buni saylovda shod-u xurramlik bilan ishtirok etayotgan saylovchilarning koʻtarinki kayfiyatlarida, saylovga oid huquqiy kafolatlarning amalda taʼminlanayotganida ham yaqqol koʻrish mumkin.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019