16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:47
Fan va taʼlim 👁 636

Fan oyligi davomida oʻquvchilarning tarix va huquq fanlari boʻyicha bilimlari mustahkamlandi

Fan oyligi davomida oʻquvchilarning tarix va huquq fanlari boʻyicha bilimlari mustahkamlandi

Yurtimiz tarixi, milliy qadriyatlarimiz, shuningdek, huquqiy bilimlarni yanada oshirish maqsadida taʼlim muassasalarida har yili tarix va huquq fani oyligi oʻtkaziladi. Fan oyligi davomida oʻquvchilarning tarix va huquq fanlari boʻyicha bilimlari mustahkamlanadi. Shuningdek, ularda vatanparvarlik tuygʻulari yanada yuksaltirilib, huquqiy madaniyat shakllantiriladi.

Yanvar oyi tarix va huquq fanlari oyligi etib belgilanganligi bois 64-sonli umumtaʼlim maktabda ham oylik doirasidagi tadbirlar yuqori saviyada oʻtkazildi.  
Maktabda tarix va huquq fani oyligi doirasida 12 ta namunaviy dars tashkil etildi. Fan oyligi doirasida har bir sinfda alohida krossvordlar tanlovi boʻlib oʻtdi. Maktabning chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash boʻyicha rahbari Shuhrat Otajonov tomonidan yoshlar qalbida Vatanga daxldorlik hislarini oshirish, vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirish maqsadida 9-11-sinflar oʻrtasida sport musobaqasi ham oʻtkazildi.

Undan tashqari, maktabning 10-sinf oʻquvchilari yangi barpo etilgan tuman Fuqarolik ishlar boʻyicha tuman sudi va Davlat xizmatlari markazi binolariga ekskuriyaga olib borildi. Taʼtil davrida 5-sinf oʻquvchilari Nukus shahridagi Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat amaliy-sanʼat muzeyiga  ekskursiyaga olib borildi.

Fan oyligi munosabati bilan maktabda tarixiy va huquqiy asarlar koʻrgazmasi ham tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tugʻilgan kunining 82 yilligi munosabati bilan maktab kutubxonachisi Gulchehra Allamova tomonidan “Buyuk yurtboshimiz hayoti barchamizga ibrat” mavzusida oʻtkazilgan adabiy-badiiy kechada esa oʻquvchilarga Birinchi Prezident tomonidan amalga oshirilgan islohotlar, ezgu ishlar haqida keng maʼlumot berildi.
Oylik davomida tarix fani oʻqituvchisi Goʻzal Qodirova tomonidan 6-“A”, 6-“B” sinf oʻquvchilari ishtirokida “Siz tarixni bilasizmi?” deb nomlangan bellashuv tashkillashtirildi. Bellashuvda ikkala sinf oʻquvchilari ham tarix fani boʻyicha oʻz bilimdonliklarini namoyish etdilar. Shartlarni aʼlo darajada uddalagan 6“A”-sinf jamoasi bellashuvda gʻolib deb topildi. Maktabning tarix fani oʻqituvchisi Oybek Qurbonov tomonidan ham 5-sinf oʻquvchilari oʻrtasida bellashuv tashkil etilib, oʻquvchilarning bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

Gʻolib deb topilgan jamoalar maktab maʼmuriyati tomonidan tayyorlangan faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Maktabda yanvar oyidan, yaʼni  uchinchi chorakdan boshlab, 10-11-sinf oʻquvchilari uchun ixtisoslashtirilgan ona tili va tarix fanlari chuqur oʻrgatiladigan variativ sinflari tajriba-sinov tariqasida tashkil etilganligi ham muhim yangiliklardan biri boʻldi.

Oybek QURBONOV, 64-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019