16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:07
Salomatlik 👁 2,857

El salomatligi yoʻlida

El salomatligi yoʻlida

Mamlakatimizda aholi salomatligini taʼminlash borasida olib borilayotgan izchil va keng koʻlamli ishlar samarasida bugun qishloqda ham shahardagi tibbiyot maskanlaridan qolishmaydigan zamonaviy tibbiy sharoitlarga ega, moddiy-texnik negizi mustahkam birlamchi shifo maskanlari faoliyat koʻrsatmoqda. Tumanimizdagi "Madaniyat” qishloq vrachlik punkti ham shu kabi tibbiyot muassasalari safiga kiradi.

Aytish joizki, mustaqillik yillarida barcha sohalarda boʻlgani kabi sogʻlikni saqlash tizimida ham tub islohotlar amalga oshirilib, bugun sogʻlikni saqlash muassasalari jahon andozalar talablari darajada faoliyat koʻrsatmoqda.

Ayniqsa qishloq aholisi tibbiy xizmat koʻrsatish tubdan yaxshilash machsadida qishloq vrachlik punktlari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, aholini sogʻligini saqlashga xizmat qilmoqda. Tibbiyot mutaxassislari mahallalar va taʼlim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldini olish boʻyicha targʻibot tadbirlarini muntazam oʻtkazib kelmoqdalar. Qishloq vrachlik punktlaridagi umumiy amaliyot, kunduzgi shifoxona, fizio, laboratoriya, ayollar koʻrigi, emlash, muolaja, sterilizatsiya xonalari hamda dorixonalar zamon talablari darajasida faoliyat yuritmoqda. Zamonaviy tibbiyot tahlil-tashhis apparatlari reproduktiv yoshdagi ayollar, bolalar va oʻsmirlar tibbiy koʻrigini yuqori saviyada tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Natijada aholining salomatligi kun sayin yaxshilanib, kasallik koʻrsatkichlari kamayib bormoqda. Tumanimizdagi "Madaniyat” qishloq vrachlik punkti xodimlari ham shu kabi maqsad va vazifalarni oldiga qoʻygan holda ish olib bormoqdalar. Mazkur tibbiyot muassasasi 2001-yilda ish boshlagan va tumanimizning Toʻlqin va Choykoʻl ovuli aholisi sifatli tibbiy xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Qishloq vrachlik punkti xizmat koʻrsatadigan ushbu hududlarda jami 5552 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan tugʻish yoshidagi ayollar soni 1573 nafar, bir yoshgacha boʻlgan bolalar 96 nafar, oʻsmirlar 290 nafar, 14 yoshgacha boʻlgan bolalar 1539 nafar, kattalar esa 3501 nafarni tashkil etadi. "Madaniyat” qishloq vrachlik punktida 3 ta umumiy amaliyot shifokorlari, 10 nafar hamshiralar xizmat qiladi. Qishloq vrachlik punkti Salomatlik-1 loyihasi doirasida tibbiy asbob-uskunalar bilan toʻliq jihozlangan.

Aytish joizki, muntazam ravishda oʻtkazib kelinayotgan "Salomatlik haftaligi" tadbirlari bugun oʻz samarasini berib, aholining tibbiy bilim darajasi oshishiga xizmat qilmoqda. Aholi salomatligini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan bunday profilaktika tadbirlari doirasida tumanimizda ham respublika tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari, "Ona va bola" skrining markazi, Respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti hududiy boʻlimi mutaxassislaridan iborat guruhlar joylarda boʻlib, xotin-qizlar, bolalar va oʻsmirlarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazmoqda.

Bu kabi xayrli ishlarda "Madaniyat” qishloq vrachlik punkti xodimlari ham faol ishtirok qilib, chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikka aholini jalb qilish va tekshiruv oʻtkazish ishlarida yaqindan yordam berib kelmoqda.

Bugungi kunda birlamchi tibbiyot muassasalari nafaqat tibbiy xizmat koʻrsatish oʻrni, balki hududda sogʻlom turmushni targʻib etish maskaniga ham aylanmoqda. Aholi salomatligini muhofaza qilish, qishloqlarda tibbiy-sanitariya xizmatini yangi sifat bosqichiga koʻtarish boʻyicha belgilangan dasturlarni amalga oshirishda "Madaniyat” qishloq vrachlik punkti xodimlari ham fidoyilik bilan ish olib bormoqdalar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019